Ta’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirgan hamda jamiyatda o‘z munosib o‘rnini egallashga qodir bo‘lgan - komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir.
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etmoqda. Bu o‘z o‘rnida har bir tizim xodimi, ayniqsa, o‘qituvchilar zimmasiga yanada mas’uliyat yuklaydi. Bu esa farzandlarimizning chuqur bilim egallashlarida asosiy rol o‘ynaydigan sifatli darsda namoyon bo‘ladi.
Adabiyot darslarida BKM larni shakllantirish uchun nima qilmoq kerak?
INTERACTIV
ENG FAOL METOD:
BOLA SHAXSINI RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY METOD TURI
GURUHLAR BILAN ISHLASH
INTERACTIV METODIDAGI ENG OMMALASHGAN NUQSON:
ADABIYOT DARSLARIDA FAQAT OG`ZAKI SAVODXONLIKKA URG`U BERILADIMI?
ADABIYOT DARSLARIDAN KONSPEKT QILISH (KO`CHIRIB YOZISH) O`QUVCHIGA NIMALAR BERYAPTI?
“Adabiyot fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘tgan 2013-2014-o‘quv yilining 3-4-choragi, 2014-2015-o‘quv yilining 1-2-choragi hamda 2015-2016-o`quv yilining 1-2-choragi davomida Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va san’at akademik litseyi, Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi, Toshkent shahri Sergeli tumani 301-o‘rta ta’lim maktabi, Chilonzor tumani 195-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktablarida (belgilangan dars soatlariga xalaqit bermasdan ixtiyoriy tarzda) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.
“Adabiyot fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirib, adabiy tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish va badiiy asarni san’at darajasida his qilishga o‘rgatganligi, topshiriqlarning rang-barangligi esa o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga turtki bo‘lganligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari ushbu mashg‘ulot daftar o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda tuzilganligi va ularning yoshiga mos tarzda shakllantirilganligi uslubiy ishning ahamiyatini belgilaydi.