F- fikringizni bayon eting.
S- fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.
M- ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.
U- fikringizni umumlashtiring.
Tarqatma materialning taxminiy nusxasi. Har bir o‘quvchi yakka tartibda qog‘ozdagi FSMU-ning 4-bosqichini o‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘ldiradi.
3- bosqich
Har bir o‘quvchi o‘z qog‘ozlarini to‘ldirib bo‘lgach, trener ularni kichik guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turli guruhlarga bo‘lish usullaridan foydalangan holda o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi; trener har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4-bosqich yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi; trener kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4-bosqich bo‘yicha yozishlarini taklif etadi.
4- bosqich
-kichik guruhlarda avval xar bir o‘quvchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi.Guruh a’zolarining barcha fikrlari o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
- guruh a’zolari FSMU ning 4-bosqichini har biri bo‘yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar;
- Fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir o‘quvchi o‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlanishi mumkin.
5- bosqich
- kichik guruhlar umumlashtirilgan fiklarini himoyaqiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida o‘qiydi iloji boricha izoh bermagan holda. Ba’zi bo‘limlarni isbotlashi, ya’ni guruhlarning aynan nima uchun, shu fikrga kelganini aytib o‘tishi mumkin.
6- bosqich
- trener mashg‘ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi;
-quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojat qiladi:
-ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarga o‘rgandingiz?
-ushbu texnologiyani o‘quv jarayonida qo‘llanilishiqanday samara berdi?
FSMU texnologiyasining bosqichlarini monitor orqali nomoyon etilishi o’qituvchining so’zlashini lkamaytirib, o’quvchilarga ko’proq e’tibor berishi, ularning bilim darajasini to’g’ri bahoalshi uchun zamin yaratadi.
10-sinflarda Said Ahmadning «Qorako‘z majnun» hikoyasini o‘rganish darsining o‘tilgan mavzuni so‘rash bosqichida «Aqliy hujum» usulidan foydalanib o‘quvchilarga quyidagi namunada savollar bilan murojaat qilinadi yoki mazkur savollar proyektor orqali ko‘rsatiladi:
1. Said Ahmad qachon va qayerda tavallud topgan?
2. Said Ahmad o‘z ijodini qanday asarlar yozish bilan boshlagan?
3. Said Ahmadning qanday nomdagi hikoyalar to‘plami nashr etilgan?
4. Said Ahmad qalamiga mansub qanday qissa va romanlarni bilasiz?
5. Mustaqillik davrida S. Ahmadning qaysi to‘plam lari chop qilindi?
6. S. Ahmadning o‘z hayoti va adiblar haqidagi xotiralarini jamlab yozgan asari nomini ayting.
7. Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasi qaysi kitoblardan tashkil topgan?
8. S. Ahmadning «Ufq» asaridagi qaysi qahramonlar tasviri orqali xalqimizning yaqin o‘tmishdagi mashaqqatli hayoti, o‘y-kechinmalari tasvirlangan?
O‘quvchilarning savollarga bergan javoblari umumlashtirilgach, «Qorako‘z majnun» hikoyasini o‘rganishga kirishiladi.
Mazkur hikoyani o‘rganishda «Bumerang»usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun o‘quvchilar 4 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh a’zolari o‘zlariga tegishli bo‘lgan matnni o‘qib chiqadilar va hikoyadan olingan parcha mazmuni yuzasidan taassurotlarini tartib bilan gapirib beradilar. Bu usuldan foydalanish qisqa vaqt ichida katta bir hikoyani o‘rganish va hikoya haqidagi tasavvurlarni shakllantirish imkonini beradi. Hikoya yuzasidan guruhlarga tarqatiladigan matn namunalari slayd shaklida proyektor orqali ko‘rsatilishi ham mumkin. Bizningcha, tanlangan matnlar har bir guruhga alohida kompyuter monitori orqali ko‘rsatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Guruhlar matnlar bilan tanishib chiqqach, undagi voqelik hamda qahramonlarga baho beradilar. Shu tariqa hikoyada tasvirlangan voqelik barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilar hikoyaning syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarning suvrati va siyrati, bularni tasvirlashdagi yozuvchining mahorati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladilar. O‘qituvchi guruhlarning javoblarini umumlashtiradi, hikoya qahramonlarining har biriga xos individual xususiyatlarni ko‘rsatishda yozuvchi mahorati masalalarini ta’kidlab o‘tadi. Hikoya matnidan yozuvchi va qahramonlar nutqidagi eng muhim nuqtalarga o‘quvchilarning e’tiborini tortadi va ularning fikrlariga yakun yasaydi.
Darsning mustahkamlash qismida har bir guruh raqib guruhga hikoya yuza-sidan savol beradi.
Savollar uchtagacha bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun bittadan rag‘bat kartochkasi berib boriladi.
Savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Hikoyaning yetakchi qahramoni Saodat ayaning kechagi va bugungi kuni tasvirida qanday tafovutlar mavjud?
2. Hikoyaga nima sababdan «Qorako‘z majnun» deb nom berilgan?
3. Saodat ayaning baxti kulmagan qizi kim? U Qora ko‘zni nima uchun yoqtirmaydi?
4. Saodat aya o‘z farzandi Bo‘rixonni qanday holatda ko‘rdi va uning xayolidan nimalar o‘tdi?
5. Saodat ayaning Bo‘rixonga munosabati qanday bo‘lgan? Bo‘rixon murtad bo‘lgach, aya unga qanday munosabatda bo‘ldi?
6. Saodat aya nima uchun Bo‘rixonni kuzatgani bormadi? To‘g‘ri qildimi?
7. So‘nggi nafasini olayotgan kampir qanday xushxabarni eshitdi?
8. Saodat aya o‘limi oldidan qanday vasiyat qiladi?
9. Qorako‘z majnun kampir vafotidan so‘ng qanday holatga tushdi?
10. Ayaning farzandlari ham unga Qorako‘z (it)dek mehribon edimi?
11. Kampirning o‘limidan so‘ng Qorako‘z Kimyogarlar shaharchasida uning ovozini eshitganda qanday holatga tushdi?
14. Qorako‘zni kim o‘ldirdi? Nima uchun?
Do'stlaringiz bilan baham: |