O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
FARG’ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
BAG’DOD TUMANI XTB
11-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI RUSTAMOVA GULMIRANING
“ADABIYOT DARSLARIDA AKTDAN FOYDALANISH” MAVZUSIDAGI
MA’RUZASI
BAG’DOD 2018
Adabiyot darslaridan AKTdan foydalanish.
Barchamizga ayonki, XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma'naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko‘rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilarining ertangi kunini o‘ylab adabiyot darsi jarayonida ularni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka da'vat etib ta'lim-tarbiya ishlarini olib bormog‘i darkor. Bunday ma'naviy huquqqa ega bo‘lish uchun biz o‘qituvchilar, avvalo, katta bilim va hayotiy tajribaga, keng dunyoqarash, yuksak ijodiy mahoratga, zamonaviy innovatsion bilimlarga ega bo‘lishimiz kerakligini, eng muhimi, bu o‘ta og‘ir, kuchli irodani talab etadigan jabhada haqiqiy fidoiylik ko‘rsatish lozimligini yaxshi tushunamiz
Metod – ayni. “biror narsaga borish yo‘li” demakdir. Umumiy ma’noda maqsadga erishish usuli, muayyan tartibga solingan faoliyat demakdir. Didaktik ma’noda hamma fanlar uchun umumiy bo‘lgan o‘qitish usullari hamda vositalarini o‘z ichiga oladi. Ayrim fanlarni o‘qitish bilan aloqador masalalarni xususiy metodika o‘rganadi.
Ta’lim jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanish o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda yaxshi samara beradi. Mazkur metodlar tarbiyaviy xarakterdagi bir qator vazifalarni amalga oshirish imkonini ham beradi:
- o‘z faoliyati natijalariga mas’ullik
va qiziqish uyg`otadi;
- o‘zgalar fi kriga hurmat;
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- faollik;
- ishga ijodiy yondashish;
- imkoniyatlarini ko‘rsata bilish;
- «men»ligini ifodalay olish va hokazolar.
Adabiyot darslarida o‘quvchi ijodiy tafakkurini rivojlantirish o‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda interfaol usullardan foydalanilganda o‘quv chilarning mustaqil fi krlash, tahlil qilish, xulosa chiqarish, o‘z fi krini bayon qilish, sog‘lom muloqot, munozara, vaziyatni baholash ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Ijod bu – faoliyat. Lekin o‘quvchining barcha xatti-harakatini ijodiy faoliyat deb atay olmaymiz. Ijodning amaliyotdagi natijasi originallik va noyobligi bilan ajralib turadi. Muammoni eski usul, yondashuv bilan yechish imkoniyati bo‘lmaganda, oldin qo‘llanilmagan, innovatsion vositalardan foydalanib natijaga erishish ijod hisoblanadi. Ijod insonning qobiliyati, maqsadi, intilishi, ijtimoiy-psixologik muhiti kabi omillar bilan bog‘liq. O‘quvchi ijodiy tafakkurini o‘stirishda o‘qituvchining birinchi galdagi vazifasi ijodiy tafakkur rivojlanishi uchun munosib o‘quv muhiti yaratishdan iborat. O‘quvchi ehtiyojini anglab yetish, muammoni o‘rtaga qo‘yish va ifodalash – yechim axtarishning ilk bosqichi. Aleks Osborn ijodiy tafakkurni aniqlash maqsadida ta’limga “Breynstorming”– “Aqliy hujum” metodini kiritdi. Ushbu metodga ko‘ra individual urinishlar natijasida hal bo‘lmagan muammolar “breynstorming” vaqtida muvaffaqiyatli hal etiladi. Bu jarayonda quyidagi to‘rtta tamoyilga amal qilinganda, ijodiy faollikka erishiladi:
1) har qanday tanqidning mumkinligi, ya’ni istagan fikrni qo‘rqmasdan, uni yomon deyishsa ham ayta olish;
2) har qanday kutilmagan fikrni rag‘batlantirish; g‘oya qanchalik g‘ayritabiiy bo‘lsa, shuncha yaxshi;
3) imkon qadar ko‘proq g‘oya yig‘ish;
4) aytilgan fi krlarning muallifi yo‘q; fikr jamoaga tegishli ekanligini tan olish; hech kim uni o‘ziniki qilib olish ga haqqi yo‘q; har bir ishtirokchi uni boshqalarniki bilan qo‘shib yuborish, o‘zgartirish, yaxshilash va mukammallashtirish huquqiga ega.
Мa’lumki, so‘nggi paytlarda ta’lim tizimida interfaоl metоdlar va aхbоrоt-kоmmunikatsiya teхnоlоgiyalari (АKТ) integratsiyalashgan darslar keng оmmalashmоqda.
«Veb-kamera» – o‘quvchilar bilan taniqli ijоdkоrlar o‘rtasida masоfadan turib videо mulоqоt o‘rnatish metоdidir. Мazkur metоdning qulayligi va afzalligi shundaki, bunda o‘quvchilar o‘zlarining sevimli shоir yoki yozuvchilari bilan Internet tarmоg‘ida jоnli mulоqоt o‘rnatishga muvaffaq bo‘ladilar. Buning uchun Skype, Mail.ru Agent, Google Talk, ICQ kabi maхsus dasturlar bo‘lishi talab etiladi.
Dars va sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulоtlariga ushbu metоdni tatbiq etish kоmpyuter, multimedia vоsitalari bilan bir qatоrda Internetga tezkоr ulanish qurilmasi – USB mоdem va veb-kamera kabi qo‘shimcha uskunalardan ham fоydalanish zaruriyatini taqоzо etadi.Тaniqli adiblar bilan nоan’anaviy shaklda uchrashuvlar tashkil etish uchun fоydalanuvchilar glоbal tarmоqqa ulangan hamda ularning kоmpyuterida veb-kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Internet оrqali mulоqоt chоg‘ida fоydalanuvchilar kоmpyuter ekranlarida bir-birlarining harakatli tasvirlarini ko‘rib, оvоzlarini eshitish imkоniga ega bo‘ladi. Videоalоqa kоmpyuter vоsitasiga ulangan «Veb-kamera» deb ataluvchi maхsus qurilma yordamida amalga оshiriladi.Videо mulоqоt o‘tkazish rejalashtirilgan хоnaga ikkita kоmpyuter o‘rnatish zarur bo‘lib, ulardan biri
USB оrqali Internetga ulanish, ik kinchisi esa multimedia vоsitalaridan fоydalanish uchun tayyorlab qo‘yiladi. Yuqоri qismida veb-kamera uskunasi mav jud bo‘lgan mоnitоr o‘quvchilar ko‘rib turishi uchun qulay jоyga o‘rnatiladi.Uchrashuv kuni, vaqti ijоdkоr bilan o‘qituvchining ma’lum shaklda (elektrоn pоchta, uyali telefоn alоqasi yoki individual tarzda)gi suhbatidan so‘ng aniqlanadi va ma’lum tayyorgarlik ishlari оlib bоriladi.
Zamоnaviy teхnik vоsitalar yordamida uyushtiriladigan videо mulоqоt jarayoni uchun dastlab maqsad va vazifalar belgilanib, so‘ngra uni amalga оshirishning teхnоlоgik хaritasi, kutiladigan natijalar va istiqbоldagi rejalar lоyihalashtiriladi. O‘quvchilarga sinfdan tashqari o‘qish uchun zarur adabiyotlar tavsiya qilinadi.Аlbatta, mashg‘ulоtni qanday shaklda tashkil etish o‘qituvchining bilim saviyasi, ijоdiy salоhiyati, ilg‘оr pedagоgik va АKТ vоsitalarini o‘zlashtirganlik darajasiga bоg‘liq.
“FSMU” TEXNOLOGIYASI- munozarali masalalarni hal etishda, baxsmunozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv-seminari yakunida (o‘quvchilarning o‘quvseminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya o‘quvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda o‘quvchilarni o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishda, qay darajada egallaganliklari baholash va bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
Maqsad- Ushbu texnologiya o‘quvchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z
fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarini bayon etishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |