Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. G'afur G'ulomning bolalik va o'smirlik yillari qanday sharoitda kechgan? 
2. Adibning qaysi asarlarida bolalik davri voqealari yoritilganini eslang va 
hikoya qilib bering. 
3. «Sen yetim emassan» she'ridagi: 
«Yetimlik nimadir, bizlardan so'ra, O'ninchi yillarning sargardonligi, Isitma 
aralash qo'rqinch tush kabi Xayol ko'zgusidan o'chmaydi sira...» - kabi satrlarda 
shoir qanday armonlarini ifodalagan edi? 
4. Shoirning dastlabki she'riy to'plamlaridagi yutuq va kamchiliklar nimalardan 
iborat bo'lganini o'qituvchingizdan so'rab bilib oling. 
5. Insoniyat urushni nima uchun qoralashini mulohaza qilib ko'ring. Fikringizni 
misollar bilan asoslashga harakat qiling. 
6. G'afur G'ulomning urushga, fashizmga bo'lgan nafrati qaysi she'rlarida, 
ayniqsa, kuchli namoyon bo'lgandi? 
7. G'afur G'ulom asarlari asosida qanday spektakllar, kino va videofilmlar 
yaratilganini bilasizmi? 
8. Adib va uning zamondoshlari boshidan o'tkazgan davr sinovlarini qanday 
misollarda ko'rsatish mumkin? 
9. G'afur G'ulom xotirasi va adabiy merosiga bugungi munosabat to'g'risida 
sinfdoshlaringizga gapirib bering. 
10. Maktabingizda G'afur G'ulomga bag'ishlangan qanday tadbirlar 
o'tkazilgan? Bu tadbirlarda Siz ham ishtirok etganmisiz? Ularning yuqori saviyada 
o'tishiga nima bilan hissa qo'shgansiz? 


SOG'INISH 
Zo'r karvon yo'lida yetim bo'tadek, 
Intizor ko'zlarda halqa-halqa yosh. 
Eng kichik zarradan Yupitergacha 
O'zing murabbiysan, xabar ber, quyosh. 
Uzilgan bir kiprik abad yo'qolmas, 
Shunchalar mustahkam xonayi xurshid, 
Bugun sabza bo'ldi qishdagi nafas, 
Hozir qonda kezar ertagi umid. 
Xoki anjir tugab, qovun g'arq pishgan, 
Baxtli tongotar chog' uni kuzatdim, 
Bir mal'un gulshanga qadam qo'ymishkan, 
Joni bir jondoshlar qolarmidi jim. 
Unda yetuk edi meros mard g'urur, 
Ostonani o'pib, qasamyod qildi. 
Ukalarin erkalab o'zimday mag'rur, 
Ya'ni obod uyimni u dilshod qildi. 
Iblisning g'arazi bo'lgan bu urush 
Albatta, yetadi o'zin boshiga. 
O'g'lim omon keladi, g'olib, muzaffar, 
Gard ham qo'ndirmasdan qora qoshiga. 
Ne qilsa otaman, meros hissiyot... 
Jondan sog'inishga uning haqqi bor, 
Kutaman uzoqdan ko'rinsa bir ot, 
Kelayapti, deyman ko'rinsa g'ubor. 
...Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, 
Qo'msayman birovni - allakimimni. 
Doimo umidim bardam bo'lsa ham, 
Ba'zan vasvasalar bosar dilimni. 
Balki bir g'alat o'q yo xavf-u xatar 
Xazinai umrimdan yo'qotdi olmos... 


Yo'q, u o'lmas, qadami olam yaratar, 
Hayotiy bu olam siz-u bizga xos. 
Tong otar chog'ida juda sog'inib, 
Bedil o'qir edim, chiqdi oftob. 
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi, 
Pok-pokiza yurak bir qatra simob. 
O'rog'-u gulqaychi, istak ko'tarib, 
Hovrimni bosishga boqqa jo'nadim. 
Hasharchi qo'shni qiz - uning sevgani, 
Ma'yus bosar edi orqamdan odim. 
...Dur bo'lib taqilar yoring bo'yniga, 
Sadafday ko'zimda behuda bu yosh, 
Ikkoving ikki yosh, labing labiga 
Qo'yar. Vasvasamdan kuladi quyosh. 
...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni 
O'zing to'qib ketgan katta savatda 
To'latib shaftoli uzib chiqaman, 
G'alaba kunlari yaqin albatta. 
Yayov, ko'ksim ochiq, boshda shaftoli, 
Xuddi mo'ylovingdek mayin tuki bor. 
Har bitta shaftoli misoli kulgu, 
Shafaqday nimpushti, sarin, beg'ubor. 
Suyganing labida reza ter kabi, 
Unda titrab turar sabuhiy shabnam. 
Munchalik mazani topa olmaydi 
Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham. 
Ye, o'g'lim, jonginang salomat bo'lsin, 
O'z bog'ing, o'z mevang danagin saqla. 
Shu meros bog'ingni o'z qo'lingga ol, 
Menga topshirilgan merosiy haq-la. 
Bog'da tovus kabi xiromon bo'lib, 
Umid danagini birga ekingiz. 


G'olib kelajakni sayr qilaylik 
Mushfiq onaginang bilan ikkimiz. 
1942 
Siz «o'zbek onasi» degan ibora anglatadigan mazmun-mohi-
yatni, har qalay, yaxshi anglaysiz. Uni eshitganingizda farzandi 
uchun jonini berishga tayyor, butun fikr-zikri bolasining baxt-u 
iqboliga qaratilgan munis ayol qiyofasi ko'z oldingizda gavda-
lanadi. 
Yaxshi bilasizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashab-
busi bilan poytaxt Toshkentdagi Mustaqillik maydonida Ikkinchi 
jahon urushi qurbonlari xotirasiga so'lim xiyobon barpo etilgan. 
O'zbekona ayvonlar bilan o'ralgan Xotira xiyobonining to'rida 
urushga ketgan bolasini intizor kutayotgan ona siymosi gavda-
lantirilgan. «O'zbek onasi» tushunchasining ko'z o'ngimizda 
aniq reallashuvida bu siymo beqiyos rol o'ynaydi. 
Endi shunga yaqin boshqa bir tushuncha to'g'risida o'ylab 
ko'raylik. Bu - «o'zbek otasi» tushunchasidir. 
Albatta, bu iborani eshitishingiz bilan ko'z oldingizda o'z 
padari buzrukvoringiz siymosi gavdalanishi bor gap. Otangizning 
Sizga bo'lgan e'tibori, Sizni boqib katta qilish yo'lida qilayot-
gan mehnatlari, kun-u tun oila tashvishlari bilan band yurishi... 
bularning bari mana shu tushunchada jamuljamdir. 
Biroq «o'zbek otasi»ning bo'rtma, umumiy, hamma 
uchun tanish, yaxlit siymosini aynan G'afur G'ulom hozirgi-
na o'qiganimiz «Sog'inish» she'rida aks ettirgan desak, hech 
mubolag'a bo'lmaydi. 
Bu she'rda otalarimizga xos bo'lgan jamiki fazilatlar o'zining 
yorqin ifodasini topgan. Ularning samimiyligi, jonsarakligi, har 
doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhab-
bati, kuzatuvchanligi, tantiligi, andishasi... barcha-barchasi shu 
she'rda namoyon bo'ladi. 
Asar misralari ichra urushga ketgan o'g'lidan bir mujda -
nedir yaxshi xabar kutayotgan Otaning bezovta yuragi gupil-
lab urib turibdi. Uning ko'ngliga goh vahima-vasvasa ko'lanka 
soladi. Atrofga har kuni yuzlab «qoraxat» qo'nayotgan tahlikali 


kunlarda bu bezovtalikka, albatta, o'rin bor - «Ne qilsa ota-
man, meros hissiyot...» 
Ko'pchiligingizga sog'inch hissi hozircha bir qadar uzoqroq 
bo'lishi tabiiy. Negaki, hozir ota-onangiz, aka-ukalaringiz yoni-
dasiz - har kuni ularni ko'rish, diydoridan bahramand bo'lish 
imkoniyatingiz bor. Lekin harbiy xizmatdami, uzoqroq xizmat 
safaridami bo'lgan otangiz yoki boshqa qarindoshlaringiz suh-
batiga quloq solsangiz, ular uyni, yaqin qarindoshlarni, Vatanni 
qanchalar qo'msaganliklarini hikoya qilishadi. Ayniqsa, tunlari 
oyga qarab, «uyimdagi ota-onam ham uni ko'rishayotgandir, 
men ham qarab turibman, demak, bir-birimizni ko'rgandek 
bo'lyapmiz», - degan ilinj mana shu sog'inch taftini, biroz 
bo'lsa-da, bosadi... 
«Sog'inish» she'rining lirik qahramoni - Otaning sog'inchi 
shunchalar zo'rki, u har bir narsadan umidlanadi, najot so'rab 
to quyoshga qadar zorlanadi: 
degan bandiga e'tibor bering. Nima uchun Ota sog'inch o'rtagan 
paytlari aynan Bedilni o'qiydi? Nega uni o'qigach, «loyqa xayo-
lotlar chashmaday» tinadi? 
Gap shundaki, asli nasli turkiylardan bo'lgan fors shoiri 
Bedil she'riyati o'zining falsafiy chuqurligi, o'quvchini o'tkinchi 
dunyo g'am-tashvishlaridan yuqoriroq turib fikrlashga undashi 
bilan ajralib turadi. Bedil mutolaasi Otaga abadiy haqiqatlardan, 
o'lmas va yuksak tuyg'ulardan saboq beradi. Abdulqodir Bedil 
she'riyatida, jumladan, shunday misralarni uchratamiz: 
Eng kichik zarradan Yupitergacha 
O'zing murabbiysan, xabar ber, quyosh. 
She'ming: 
Tong otar chog'ida juda sog'inib, 
Bedil o'qir edim, chiqdi oftob. 
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi, 
Pok-pokiza yurak bir qatra simob. 


Maqomi zolim oxir bar zaifonast arzoniy, 
Agar otash fiiru aftad baxokistar dehad jaro. 
(Mazmuni: Zolimning maqomi - qudrati, zulmi oxir-oqibat 
zaiflashib, kuchdan qoladi. Lovullab yonayotgan olov ham bir 
kun kelib kulga aylanadi.) 
Endi bu fikrning G'afur G'ulom she'ridagi ifodasiga e'tibor 
beraylik: 
Bedilning Otaga - shoirga bergan daldasi, yupanchi, loyqa 
xayolotlarini chashmaday tindirishi shu emasmi? 
Aytadilarki, shoirlar yarim avliyodirlar. Bu qarashning naqa-
dar to'g'riligini G'afur G'ulomning «Sog'inish» she'ri ham to'la 
isbotlaydi. 
Qarang, bu she'r 1942-yilda yozilyapti. Urushning tugashiga 
hali uch yil bor. O'zbek otasi esa: 
deydi. Urush esa 1945-yilning mayida tugagan, unda tirik qol-
gan jangchilar ayni shaftoli pishig'ida uylariga qayta boshlagan-
Xulosa qilib aytganda, G'afur G'ulomning «Sog'inish» she'ri 
nafaqat urush davri va nafaqat o'zbek she'riyati, balki insoniyat 
badiiy tafakkurining eng yuksak cho'qqilarida turishga arzigulik, 
o'zida eng pokiza insoniy hislarni badiiy mukammal tarzda mu-
jassam etgan noyob badiiy asardir. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish