Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. Nega shoir «O'gut» she'rida o'z murojaatini aynan yigitlarga qaratganini 
izohlab bering. 
2. O'zbek she'riyatida chaqiriq, murojaat shaklida bitilgan yana qanday 
asarlarni bilasiz? O'sha she'rlar bilan Fitrat asarining o'xshash va farqli jihatlarini 
topishga harakat qiling. 
3. Sizningcha, she'riy chaqiriq, da'vatning odamga tez va samarali ta'sir 
ko'rsatishining asosiy sababi nimada? 
4. «O'gut» she'ri lirik qahramonini nimalar umidlantiradi? 
5. «Bu yurt uchun qutulishning borlig'in ko'rdim...» deganda ijodkor nimalarni 
nazarda tutadi? 
6. She'riy asarda «Yel yo'lini to'sib turgan eski bulutlar» shaklini olgan tarixiy 
hodisalar nimalar edi? («Mirrix yulduziga» she'ri tahlilida aytilgan faktlarni esga 
oling.) 
7. «Bulutlarni yondirish», «yirtib tashlash», «barchasin yo'q etish», aslida, 
nimaning «vazifasi»? Shundan kelib chiqib, shoir yigitlarni nimaga o'xshashlarini 
orzu qiladi? 
8. Lirik qahramon talab etgan ishlarni qilolmaslik yigit uchun nega xo'rlik 
bo'lishi kerak? Bu xo'rlikning ortida nimalar turishini mulohaza qilib ko'ring-chi. 
...Qilolmasang shu ishlarni, 
Sening uchun xo'rlikdir bu... 
Yiqil, yo'qol, ket! 


9. Ixtiyor Sizda bo'lganida, bu she'rga yana qanday sarlavhani taklif etgan 
bo'lardingiz? 
10. Awalgi sinflarda Fitratning yurtparvarlik ruhida yozilgan qanday asarlarini 
o'rganganingizni eslang. Bu asarlar bilan «Mirrix yulduziga», «O'gut» she'rlari 
orasidagi o'xshash jihatlarni izohlashga urining. 
11. «O'gut» she'ri bugungi yoshlar uchun ham da'vat bo'la oladimi? 
Fikringizni misollar bilan kengroq ifodalashga harakat qiling. 
12. Shoir zamondoshlari uning o'gutiga to'liq quloq solib, amal qildilarmi? 
Natijasi nima bo'ldi? 
«GO'ZALIM, BEVAFO GULISTONIM...» 
Go'zalim, bevafo gulistonim, 
Bog'i umrimda toza rayhonim, 
G'am-u qayg'ularim hujumindan 
Sen eding mehribon nigahbonim. 
Meni behuda tashlading-ketding, 
Nega o'ldirmading-da, tark etding. 
Kel, gulim, kel, ayoqingg'a yiqilay, 
Bir zamon qo'y: to'lib-toshib yig'lay. 
Qo'y, biroz qo'yki, xoki poyingni 
Surmadek yoshli ko'zuma suray. 
Ketma, tur, tingla arzi holimni, 
Arz etay holi purmalolimni. 
Qani ul damki, sen eding yorim, 
Munisim, hamdamim, madadkorim. 
Sening og'ushi iltifotingda 
Rohat etmishdi jismi bemorim. 
Meni behuda tashlading-ketding, 
Nega o'ldirmading-da, tark etding. 
Kel, ayoqingg'a qon bo'lub to'kulay, 
Bir nafas dardi hajrdan qutulay. 
Kel, go'zal dilbarim, kel, sochingni 
Bir taray, bir o'pay-da, so'ngra... 
Meni behuda tashlading-ketding, 
Nega o'ldirmading-da, tark etding. 
Abdurauf Fitratning ko'p qirrali ijodkor ekanini ta'kidlagan 
edik. Uning lirik merosi ham she'riyatning turli janrlaridan 
tashkil topgani va bu asarlar mavzusi rang-barang insoniy his-
larni o'zida mujassam etganini alohida ta'kidlamoq lozim. 


Awalgi darslarda Siz bilan shoirning ij'timoiy-siyosiy mav-
zusidagi she'rlariga to'xtalgan bo'lsak, bugun uning ishqiy liri-
kasiga oid ajoyib bir asar bilan tanishamiz. 
Bu she'rning yozilish tarixi alohida bir qissa bo'lib, hozir 
uni to'liq hikoya qilib berishning mavridi emas. Faqat bir nar-
sani aytamizki, shoir hayotida chuqur iz qoldirgan iztirobli sevgi 
tarixi bu she'rning yozilishiga turtki bergan. Unda ko'nglining 
suygan do'stidan ayrilgan lirik qahramon iztiroblari quyuq ba-
diiy bo'yoqlarda ta'sirli ifodalangan. Garchi, mazkur she'r bar-
moq vaznida bitilgan bo'lsa-da, unda mumtoz lirikamizga xos 
bo'lgan badiiy o'xshatishlar, jonlantirish, istiora, qochirim sin-
gari adabiy san'atlardan keng foydalanilgani diqqatni tortadi. 
Bu narsa shoir tarjimayi holida aytganimiz - Fitratning Sharq 
mumtoz adabiyotining katta bilimdoni bo'lgani ta'siridir. 
She'r lirik qahramoni uchun suyukli yor faqat ko'ngil quvon-
chi, dildorlik ramzi emas. Uning ruhiyatini tinimsiz qaqshatadi-
gan g'am-u qayg'ulardan panoh, qalbini yupatib taskin beruvchi 
mehribon ham u! 
U bilan o'tgan kunlar munis kunlar edi, dilga hamdam, ruh-
ga madadkor bor edi. Dunyo va tiriklik tashvishlaridan zada 
bo'lib ketgan jism-u jon faqat yor og'ushidagina orom topar, 
bir muhlat hayot og'riqlarini unutardi. 
Ayriliq iztiroblari oshiq ko'ngilni mutlaqo abgor - xor qildi: 
u bunday ko'rgilikdan o'limni - barcha azoblardan birdaniga 
qutulmoqni afzal biladi. Agar yor qaytsa, u yana bir dildorlik 
ko'rsatsa, oshiq uning oyoqlariga nafaqat o'tli yosh, balki qon 
bo'lib to'kilishga - uning amri-la qurbon bo'lmoqqa rozi... 
Fitratning bu she'ri uning ijodkor do'sti Cho'lponning ishqiy 
mavzudagi asarlariga hamohang ekanini ham e'tiborga olaylik. 
Go'yo ikki buyuk qalb va qalam egalari bu borada ham ijodiy 
raqobatga kirishib, yangi vazn - barmoqda o'zbek she'riyatining 
nodir namunalarini yaratgandilar... 
Xulosa qilib aytganda, o'zbek milliy she'riyati, prozasi, mao-
rifi, tilshunosligi, adabiyotshunosligi, jamiyatshunosligi singari 
o'nlab sohalar oyoqqa turishiga, rivojiga ulkan hissa qo'shgan 
Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiy yo'li barcha zamonlar 
uchun ibrat namunasi bo'lib qolishi shubhasizdir. 


Siz bilan biz bu alloma faoliyatidan Vatanni, Millatni, Xalq-
ni qanday sevmoq lozim, uning taqdiriga daxldor masalalarga 
qanday yondashib, ulami qay taxlit yechish to'g'ri bo'lishini 
o'rganishimiz ham qarz, ham farzdir! 
O'tgan ajdodlarimiz merosidan faxrlanish, albatta, kerak. Bi-
roq bu merosning mazmun-mohiyatini chuqur bilmay, his qil-
may, u bilan og'izdagina maqtanib yurish durust ish emas. Qa-
chonki, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy singari millatparvar 
bobolarimiz qalbida yongan yurt ishqi yuraklarimizga ko'chib 
o'tsa, biz bu olovni asrab-avaylab, u bilan kelgusi nasllar 
ko'nglini yoritsak, shundagina o'tmish ajdodlarimiz xotirasiga 
munosib avlod sanalamiz! 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish