Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi


«ХОН INON, XOH INONMA» RADIFLI G'AZAL



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

«ХОН INON, XOH INONMA» RADIFLI G'AZAL 
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, 
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. 
Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey Moh, 
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. 
Haqqoki, qilich kelsa boshimg'a, eshikingdin 
Yo'qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma. 
Usruk ко'zing ashkolina har gah nazar etsam, 
Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma. 
Yoqub bikin ko'p yig'idin qolmadi sensiz 
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. 
Oyyuzung'a ko'z solg'ali o'zga kishi birla, 
Yo'qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma. 
Ishq o'tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi, 
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma. 
Bu g'azal tamoman turkona ruhda bitilgan. Tilimizda kelib 
chiqishi jihatidan sof o'zbekcha bo'lgan so'zlardan tashqari, fors-
tojikcha hamda arabcha kalimalar ham ko'p uchraydi. «Turkona» 
degani shuki, she'rda o'zbekcha so'z va iboralar qo'llash asosiy 
o'rin tutadi. 
G'azal an'anaviy yetti baytdan iborat. U aruzning nisbatan 
murakkab turlaridan biri bo'lmish hazaji musammani axrabi 
makfufi mahzuf (yoki maqsur), ya'ni
 maf'uvlu - mafoiylu -
mafoiylu - faulun
(yoki
 mafoiyl)
vaznida bitilgan. Taqte'si: -
- V / V - - V / V - - V / V - - (yoki V -
G'azalda ishq mavzusi qalamga olingan. Lirik qahramon 
oshiq nomidan so'zlaydi. To'g'ridan-to'g'ri ma'shuqaga muro-
jaat qiladi. Biroq bu yerda zimdan ilohiy ishq ko'zda tutilgani-
ni unutmaslik kerak. 


Qofiyasi
 («sevarim - jigarim - saharim - gitzarim - xaba-
rim - basarim - nazarim - siymbarim»)
va radifi
 («xoh inon, 
xoh inonma») -
juda jarangdor. Asar qurilishida ularning alo-
hida o'rni bor. Xususan, radifning to'rt so'zdan tashkil top-
gani, amalda sakkiz misrada ularning qaytarilishi ohang ustu-
vorligini kuchaytirgan. Radifning o'zida tazod bor:
 «xoh inon» 
bilan
 «xoh inonma»
o'rtasidagi o'zaro zidlik asarga alohida ba-
diiy joziba baxsh etgan. 
«Inonma» -
hozirgi tilimizda mavjud
 «ishonma»
so'zining 
XV asrdagi shakli. Mamlakatimizning ayrim hududlarida (masa-
lan, Buxoro viloyatida), shuningdek, Afg'onistondagi o'zbek 
shevalarining ba'zilarida hozir ham
 «ishonma»
o'miga
 «inon-
ma»
shakli ishlatiladi. 
G'azalning tili - sodda, ravon. Murakkab, falsafiy-tasawufiy 
so'z va timsollar uchramaydi hisob. Shuning uchun g'azal maz-
muni - bugungi o'quvchi uchun ham tushunarli. Baytlar yengil 
kayfiyat, ayricha bir ishqiy zavq bilan o'qiladi. Hozirgacha 
hofizlarimiz bu g'azalni qo'shiq qilib kuylayotgani ham shun-
dan bo'lsa kerak. Bu g'azal ham mumtoz yo'lda, ham zamo-
naviy estrada usulida ashula qilingan. 
Matla'da, radif
 («xoh inon, xoh inonma »)dan
tashqari, 
to'rttagina
 («sensen», «sevarim», «qondur»
va
 «jigarim»)
so'z 
ishtirok etgan. Bu birinchi bayt amalda yorga oshiqlikni ang-
latadi, xolos. Lekin qo'shmisra mazmunidan uning to'g'ridan-
to'g'ri yorga murojaat ekani bilinib turibdi. 
Ikkinchi baytda ustalik bilan oshiqning hijron (ayriliq) ke-
chasida sahargacha oh chekkani, bu charxi falakka yetgani ayti-
ladi. Birinchi misra oxiridagi
 «Moh»
so'zi bilan ikkinchi misra 
boshidagi
 «oh»
o'zaro ohangdoshlik paydo qilganki, bu ham 
shoirning yuksak badiiy mahoratidan dalolat beradi. 
Uchinchi bayt alohida izoh talab qiladi. Buning uchun 
«guzar»
so'zining ayni matndagi xos ma'nosini tushunib 
olish kerak. Agar bu so'zni
 «o'tish»
deb anglasak:
 «Xoh ishon, 
xoh ishonma, Xudo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging 
oldidan o'tmayman», -
degan g'azaldagi umumiy mantiqqa zid 
ma'no-mazmun kelib chiqadi. Shuning uchun bu so'zni
 «ketish» 
ma'nosida tushunish lozim. Shunda:
 «Xoh ishon, xoh ishonma, 


Xitdo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging oldidan nari 
ketmayman», -
degan to'g'ri ma'no anglashiladi. 
Xuddi ikkinchi baytdagi kabi, to'rtinchi qo'shmisra birinchi 
satrida
 «nazar»
so'zi ham bekorga qo'llanmagan: uning g'azal 
qofiyasidagi so'zlarga (ular orasida
 «nazarim»
ham uchraydi) 
hamohangligi bor. 
Beshinchi baytda talmih san'ati ishlatilgan. Talmih san'ati 
deganda asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud af-
sonaviy qahramon nomini tilga olish tushuniladi. Dinimiz tari-
xidan yaxshi bilamizki, Yusuf degan o'g'lidan ayrilgani uchun 
yig'layverganidan Yoqub payg'ambarning oxiri ko'zlari butkul 
ko'r bo'lib qoladi. Bu mumtoz she'riyatimizda ko'p bor tilga 
olinadigan, ishora qilinadigan voqealardan biri hisoblanadi. Lirik 
qahramon yori ishqida yig'layverib, ko'zdan qolganini aytish 
uchun shu talmihdan foydalanadi. 
Oltinchi baytda shoir yorni
 «Oy yuzli»
deb ta'riflagani uchun 
ham shunga mutanosib ravishda maqta'da uni
 «siymbarim»
dey-
di. Oyning oqligi bilan siym, ya'ni kumushning oqligi o'rtasida 
vobastalik bor. Bu ikki qo'shmisra aro yana bir mutanosiblikni 
sezmaslik mumkin emas. Oltinchi baytda yor yuzi tilga olingan 
edi. Maqta'da lirik qahramon g'azaldagi maqsad-muddaosidan 
kelib chiqib, o'z yuzi haqida ham unga eslatib qo'у ishni unut-
maydi: Lutfiyning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan 
sarg'ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya'ni shun-
chalik sarg'aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa 
bo'lmay qoldi! 
Lutfiy g'azallari bunday go'zal badiiy topilmalarga boyligi 
bilan ajralib turadi. 
Adabiyotimizda mashhur g'azallarga naziralar bitish, ya'ni 
uning qofiya va radifidan foydalanib, o'xshatmalar yozish 
an'anasi shakllangan. Lutfiyning bu g'azali ta'sirida Boborahim 
Mashrab (1640 - 1711) ham bir g'azal yaratgan. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish