Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1.0'qituvchingiz yordamida G'afur G'ulomning «Sog'inish» she'ri yozilishiga 
sabab bo'lgan hayotiy faktni bilib oling. 
Iblisning g'arazi bo'lgan bu urush 
Albatta, yetadi o'zin boshiga... 
...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni 
O'zing to'qib ketgan katta savatda 
To'latib shaftoli uzib chiqaman, 
G'alaba kunlari yaqin albatta. -
lar... 


2. Nima deb o'ylaysiz: agar shoirning o'z farzandi urushga ketmaganida bu 
she'r yozilmasligi mumkinmidi? 
3. «Zo'r karvon yo'lida yetim bo'tadek, Intizor ko'zlarda halqa-halqa 
yosh», - misralarida tasvirlangan manzarani ko'z oldingizga keltirib, sinfdosh-
laringizga aytib bering. 
4. Ota o'g'lini yilning qaysi faslida urushga kuzatganini aniqlash mumkinmi? 
5. «Hasharchi - qo'shni qiz»ning holatini izohlab bering-chi. Nega u «ma'yus 
odim bosadi?» 
6. Nima deysiz, «Yayov, ko'ksim ochiq, boshda shaftoli» satrlarida ifoda etilgan 
ota siymosini «o'zbek otasi» siymosi sifatida qabul qilish mumkinmi? 
7. She'rning qaysi bandlarida avlodlararo azaliy davomiylik o'z ifodasini 
topgan? 
8. «Sog'inish» she'rining umidbaxshligi, shoirning kelajakka bo'lgan sobit 
ishonchi to'g'risida mulohaza yuriting. 
9. «G'afur G'ulom she'riyatida milliy ruh ifodasi» mavzusida uy inshosi 
yozing. O'qituvchingiz yordamida insholar muhokamasini uyushtiring. 
G'uncha ochilguncha o'tgan fiirsatni 
Kapalak umriga qiyos etgulik, 
Ba'zida bir nafas olgulik muddat 
Ming yulduz so'nishi uchun yetgulik. 
Yashash soatining oltin kapgiri 
Har borib kelishi bir olam zamon. 
Koinot shu damda o'z kurrasidan 
Yasab chiqa olur yangidan jahon. 
Yarim soat ichida tug'ilib, o'sib, 
Yashab, umr ко'rib o'tguvchilar bor. 
Ko'z ochib-yumguncha o'tgan dam - qimmat, 
Bir lahza mazmuni bir butun bahor. 
Bir onning bahosin o'lchamoq uchun 
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz. 
Nurlar qadami-la chopgan sekundning 
Barini tutolmas ayhannos ovoz. 
Yigit termiladi qizning ко'ziga, 
Kiprik suzilishi, mayin tabassum... 
VAQT 


Qo'sha qarimoqqa muhr bo'ladi 
Hayotda ikki lab qovushgan bir zum. 
Yashash darbozasi ostonasidan 
Zarhal kitob kabi ochilur olam, 
Tiriklik ko'rkidir mehnat, muhabbat, 
Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram. 
...Reyxstag ustiga g'alaba tug'in 
Qadashda otilgan jangchining o'qi 
Yalt etgan umri-la barqaror qildi 
Basharning muqaddas, oliy huquqin. 
G'alaba amri-la mag'lub nemisning 
Generali qo'l qo'ydi. Uch sekund faqat... 
Shu mal'un imzoda odamlar o'qir 
Million yil fashistning umriga la'nat. 
Aziz asrimizning aziz onlari 
Aziz odamlardan so'raydi qadrin. 
Fursat g'animatdir, shoh satrlar-la 
Bezamoq onidir umr daftarin. 
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek 
Diana ma'budin yoqmoq shart emas. 
Ko'plarning baxtiga o'znikin jamlab 
Shu ulug' binoga bir g'isht qo'ysak, bas. 
Har lahza zamonlar umridek uzun, 
Asrlar taqdiri lahzalarda hal. 
Umrdan o'tajak har lahza uchun 
Qudratli qo'l bilan qo'yaylik haykal. 
Hayot sharobidan bir qultum yutay, 
Damlar g'animatdir, umrzoq soqiy. 
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, 
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy. 


Urushda qozonilgan g'alaba to'g'risida har kim har xil yozi-
shi tabiiy hoi. Kimdir bu g'alabani ko'tarinki ohang, ko'tarinki 
so'z bilan ifoda qiladi. Kimningdir ichiga sig'magan quvonchi 
g'alabani olqishlash shaklida qog'ozga to'kiladi. 
G'afur G'ulom ijodiy tafakkuriga faylasufona mulohazakor-
lik, kichik tuyulgan hayotiy detallardan katta umumlashmalar 
yasay olish xos edi. Bu noyob fazilatlar shoirning 1945-yilda 
fashizm ustidan qozonilgan g'alaba munosabati bilan yozgan 
«Vaqt» she'rida yaqqol ifodasini topdi. 
Shoir mazkur she'rda lahza(sekund)ning mohiyatiga nazar 
tashlaydi. 
Darhaqiqat, yuzaki qaraganda, lahza nima? Ko'z ochib yum-
guncha o'tadigan fursat. Go'yo e'tiborga, diqqatga arzimaydi. 
O'z umrini poyonsiz deb o'ylaydigan aksariyat odamlar uchun 
lahzaning sariq chaqalik qimmati bo'lmasligi ham mumkin. Bi-
roq... 
Biroq shoir ijodiy tafakkuri butun insoniyat hayoti - uning 
quvonch-u tashvishlari, hatto qismati ham mana shu lahzalarga 
jo ekanini favqulodda misollar bilan isbotlab beradi: 
Bir onning bahosin o'lchamoq uchun 
Oltindan taroz-u, olmosdan tosh oz. 
Hayotning abadiy qonuniyatlarini anglagan, his qilgan odam 
uchun behuda lahzaning o'zi yo'q va bo'lishi ham mumkin 
emas. Zero, inson necha yil umr ko'rishidan qat'i nazar, bu 
umrning asosini mana shu lahzalar tashkil qiladi. Buyuk qah-
ramonliklar ham, isnodli sharmandaliklar ham ayni lahzalar 
oralig'ida ro'y beradi. O'zini, o'zligini unutgan odam bir lahza-
da yo'l qo'ygan xatosi, qo'rqoqligi, shijoatsizligi tufayli umrbod 
yuzi qora bo'lib qolishi hech gap emas. Va aksincha, Amir 
Temurdek, Jaloliddin Manguberdidek, Bobur Mirzodek bobola-
rimizning shon-shavkati aynan bir lahzada qabul qilgan qat'iy 
qarorlari, biror lahza unutmaganlari - yurtga sadoqatlari tufayli 
abadiyatga daxldor bo'ldi. 
Endi ayting-chi, ular kabi jo'mard insonlarning umri, faoliyati, 
millat taraqqiyotiga qo'shgan hissalarini oltindan yasalgan tarozi-yu 
olmosdan qilingan tosh bilan o'lchab bo'ladimi?! 


G'alaba amri-la mag'lub nemisning 
Generali qo'l qo'ydi. Uch sekund faqat... 
Shu mal'un imzoda odamlar o'qir 
Million yil fashistning umriga la'nat. 
Yanagi o'quv yilida Siz Ikkinchi jahon urushining barcha 
tafsilotlari, u keltirgan kulfatlar to'g'risida batafsil ma'lumot olasiz. 
Hozir esa shuni eslatib o'tamizki, insoniyat tarixidagi eng dahshatli 
hodisa bo'lgan bu urush 70 milliondan ortiq kishining umriga 
zavol bo'ldi. Minglab shahar va qishloqlar, Yevropa, Afrika, Osiyo 
qit'asining eng noyob madaniy yodgorliklari shu urush olovida kuyib 
kulga aylandi. Qanchadan-qancha bolalar o'z ota-onalaridan, ota-
onalar esa farzandlaridan ajrab, hayotlari sarson-sargardonlikda o'tdi. 
Bu urush yetkazgan jarohatlar o'rni hali-hamon bitgani yo'q. Hali-
hamon Yaponiyaga tashlangan atom bombalarining zahri avlodlar 
tan-ujoniga, atrof-muhitga ozor bermoqda... 
Holbuki... 
Holbuki, fashizmning o'z mag'lubiyatini tan olib, german 
armiyasining so'zsiz taslim bo'lishi to'g'risidagi hujjatga imzo 
chekishi uchun uch sekund vaqt talab qilindi, xolos. Biroq shu 
uch sekundga yetib kelish insoniyatga qanchalar qimmatga tush-
ganini bir tasawur qilib ko'ring-a. 
Darvoqe, 1939-yil 1-sentabrda Ikkinchi jahon urushini bosh-
lash - Polshaga hujum qilish to'g'risidagi qarorni qabul qilishga 
ham, balki uch sekund kifoya qilgandir. 
Shoir dunyoda shuhrat qozonmoqning yo'llari ko'p ekani, bi-
roq bu yo'llarning biri odamni sharmandali shuhratga olib kelsa, 
boshqasi abadiyatga olib borishini quyma satrlarda eslatadi: 
Darhaqiqat, o'z davrining buyuk mutafakkirlari goh ilm-fan, 
goh san'at, goh falsafada ulkan natijalarga erishayotganidan ichi 
kuygan Gerostrat degan kimsa odamlar uni ham doimiy yodlab-
yo'qlab turishlarini xohlab qoladi. Bunga arzirli biror ish qo'lidan 
kelishiga ko'zi yetmay, ulkan buzg'unchilik, vahshiylikka qo'l 
uradi. Dunyo arxitekturasining noyob namunalaridan biri bo'lgan 
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek 
Diana ma'budin yoqmoq shart emas. 


Diana ma'badi - ibodatxonasiga o't qo'yadi. Qarabsizki, hali-
hamon Gerostratning nomini ham insoniyat eslashga majbur. 
Lekin bu eslov-yo'qlovning qimmati va ahamiyati qanchalik? 
Hamma gap mana shunda! 
Shukrki, insoniyatga xotira degan ulkan saboq - xazina ato etil-
gan. U o'zining baxt-u iqboli yo'lida kurashgan ulug'lar bilan birga, 
odamzod tirikligiga xavf-u qo'rqinch solgan yovuz kimsalarni ham 
unutmaydi. Ularning qilmishlari takrorlanishidan ogoh turadi. 
Faylasuf shoir G'afur G'ulom o'zining mo'jazgina asari -
«Vaqt» she'ri bilan lahzaga abadiy haykal qo'ydi, deb bemalol 
aytsak bo'ladi! Bu she'r bag'riga jo bo'lgan mantiq va ma'no, 
san'at va sayqal ko'lamini anglamoq uchun, qarangki, asrlar tal-
ab qilinmoqda. Chinakam she'riyatning, adabiyotning mo'jizaviy 
qudrati, balki mana shundadir. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish