Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti



Download 0,62 Mb.
bet77/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   148
Bog'liq
3-qism

«O‘ZBЕKISTОN» QАSIDАSI HАQIDА
Qаsidа hаjmаn sаlmоqli, hаr biri 10 sаtrlik 14 bаnddаn ibоrаt. Jаmi – 140 sаtr. Bаnddаgi tоq vа juft sаtrlаr o‘zаrо qоfiyalаnib kеlgan. Hаr bаndning so‘nggi bаyti bir-biri bilаn qоfiyalаnаdi.


«MUNOJOT»NI TINGLAB

Qani ayt, maqsading nimadir sening,
Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang.
Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim,
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am!
Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy,
Qaylardan kelmoqda bu oh-u faryod.
Kim u yig‘layotgan, Navoiymikin,
Va yo may kuychisi Xayyommikin, dod!
Bas, yetar, cholg‘uchi, bas qil sozingni,
Bas, yetar, ko‘ksimga urmagil xanjar,
Nahotki dunyoda shuncha g‘am bordir...
Agar shu «Munojot» rost bo‘lsa agar.

Agar aldamasa shu sovuq simlar,


Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo.
Sen beshik emassan, dorsan, tabiat,
Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!

Eshilib, to‘lg‘anib ingranadi kuy,


Asrlar g‘amini so‘ylar «Munojot».
Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga
Qanday chiday olgan ekan odamzod!



«MUNOJOT»NI TINGLAB» SHE’RI HAQIDA
Munojot – g‘amli kuy. «Munojot» so‘zi arabcha bo‘lib, yordam so‘rash, yolvorish, yalinish, najot so‘rash ma’nolarini anglatadi. Kuy shoirga kimlarningdir yig‘isi, oh-u faryodi bo‘lib eshitiladi. Shunda Navoiy, Xayyom bejiz eslanmaydi.
YURTIM SHAMOLI

Yo‘llarda yildirim misoli yeldim,
Ellar vodiysiga boshladi havas.
Elvagay Hisorning boshiga keldim,
Sen esding – taraldi siym tanda atlas,
Sen esding – ochildi yorning jamoli,
O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.

Men-ku, bu dunyoda bir zori visol,


Karbalo dashtida Majnun sifatman.
Shamollar ichida men ham bir shamol,
Chechaklar atridan men ham sarmastman.
Lekin sen ruhimning mangu xayoli,
O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.

Qancha shamollarga yuzimni burdim,


Ulardan esdilar turfa xil nafas.
Ularda goh qayg‘u, goh shodlik ko‘rdim,
To‘xtamay o‘tdilar bari ham birpas.
Faqat qayg‘ulardan sen o‘zing xoli,
O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.

Shamollar esgandir ushbu dunyoda,


Shamollar goh quyun, gohida dovul.
Ular goh oshkora, goho ro‘yoda
Qancha bo‘stonlarni sovurgan butkul.
Lekin sen bo‘lmagin bog‘lar zavoli,
O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.

Esgin-ey bog‘larning jamoli kulsin,


Moviy nafas bilan to‘lsin etaklar.
Uchqur qo‘shiqlarga bu olam to‘lsin,
Sha’ningga shoirlar aytsin ertaklar.
Esgin, Vatanimning taralsin boli,
O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.

Meni chorlayotir oliy bir jamol,


Bilmasman, oh, unga qachon yeturman.
Bu gulshan vodiyda men ham bir shamol,
Shamol kabi keldim, shunday keturman.
Lekin Abdullaning boqiy kamoli –
O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish