Adabiyot 8-sinf



Download 127,94 Kb.
bet5/19
Sana16.09.2022
Hajmi127,94 Kb.
#849101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Adabiyot 8-sinf

NODIRA (17921842)
1. Nodiraning asl ismi kim? J: Mohlar oyim
2. Nodira o‘zbekcha sheYlariga qaysi taxalluslarni qo‘ygan? J: Nodira, Komila
3. Nodira forscha she’rlarida qaysi taxallusni qo’llagan?
J: Maknuna
4. Nodiraning onasi va otasi ismini toping.
J: Rahmonqul otaliq va Oyshabegim
5. Nodira qachon Umarxonga turmushga chiqqan?
J: 1807yilda
6. Qaysi shoiralaming elga tanilishida Nodiraning xizmati beqiyos? J: Uahonotin Uvaysiy 2.Mahzuna 3.Dilshod Bamo
7. 0‘g‘illarining ismi? J: Muhammad Alixon, Sulton Mahmudxon
8. Nodira haqidagi ushbu ta’rif kimniki: «Aqlu donish va yaxshi fazilatlari bilan nodirai davron»? J: Hotif
9. Nodiraga bag‘ishlangan asar? J: Nodir (Uzlat)ning «Haft gulshan» (Yetti gulshan) asari
10. Nodiraning bizgacha nechta devoni yetib kelgan?
J: 2 ta
11. Nodira devonida nechta g‘azal mavjud? J: 189 ta
12. Fors tilidagi devoni qanday nomlanadi?
J: «Devoni Maknuna»
13. Uvaysiy qaysi asarida Nodiraning ijoddagi salohi yati, turkcha va forscha she’riyatining shuhrati haqida ma’lumot beradi? J: «Voqeoti Muhammad Alixon»
14. She’rlaridan namunalar:
- Jilva ko’rsatdi chu ul sarvi diloro bog‘ aro,
Chashmi qumri bo’ldi bir chashmi tamosho bog‘ aro.
- Kel sanga, ey shahi jahon, mamlakati jahon fido,
Diydalarimga qo’y qadam har qadaminingga jon fido.
- Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.
- Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen,
Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni.
15. Ushbu she’rdagi murojaat kimga yoki nimaga qa ratilganligini toping. «Fig‘onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin, G’amim ko’p, ... , sen bexabarsen holi zorimdin». J: Ey ko‘ngul
16. Qaysi shoiralarning taqdiri o‘xshash?
J: Nodira va Zulfiya
17. Nodiraning ayrim she’rlariga naziralar bitgan ijod korni toping. J: Furqat
18. Nodiraning firoqnomalarini shartli ravishda necha turga bo’lish mumkin? J: 1) Firoqnoma ruhidagi turli lirik asarlar. 2) Maxsus «Firoqnoma» muashshari
19. Nodira firoqnomalarining boshqa ijodkorlarnikidan farqi nimada? J: Ularda bevosita Umarxondan ayri liq kabi dunyoviy dardalam bilan tasavvufiy hijron uyg‘unlashib ketgan
20. Nodiraning muashshar shaklida yozilgan firoqno masi nimaga bag‘ishlangan?
J: Turmush o‘rtog‘i Umarxon vafotiga
21. «Firoqnoma» qanday boshlanadi?
J: Oh kim, behad menga javru jafo aylar falak, Fur qat ichra qismatim dardu balo aylar falak
22. «Firoqnoma» she’rining naqoratini toping.
J: Hech kim, yo rab, jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrulmasun
23. «Firoqnoma» muashshari necha banddan iborat?
J: 10 band, jami 100 misra
24. «Firoqnoma»ning nechanchi bandlarida radif qo‘llangan, nechanchi bandlarida qollanmagan?
J: 1, 2, 5, 7, 8bandlarda radif qo‘llangan, qolgan besh band radifsiz qofiyalar bilan tugaydi
25. «Firoqnoma» muashsharining 1bandida shoira taqdirini nimaga bog‘lab tushuntiradi? J: Falakka
26. «Falak» so‘zi she’riyatda qanday ma’noni ang latadi? J: Falak osmon, koinot, taqdir, dunyo, tarix, zamon, keng ma’noda Alloh
27. «Firoqnoma» muashsharining nechanchi bandida shoira yori bilan o‘tkazgan damlarini eslaydi?
J: 3bandida
28. «Firoqnoma» muashsharining nechanchi bandida hijron nuqson emas, qaytanga kamolot belgisi sifatida tu shuntirilgan? J: 3bandda
29. «Firoqnoma» muashsharining nechanchi bandi «qaydasen, yorim», deya yorga murojaat bilan boshlana di? J: 4bandi
30. Qaysi band «Bir kelib holimni sultonim tamosho qilmadi» misrasi bilan boshlanib, keyingi misralarda talmih sarVati asosida Sharq adabiyotida hijron azobini chekkan oshiqma’shuq!ar birbir tilga olinadi? J: 5bandda
31. Nechanchi bandlarda hasbi hol bilan bog‘liq jihatlar kuchliroq? J: 7va 8bandlarda
32. Nechanchi bandda yordan shikoyat kuchayib, u va’da berib, so’zida turmaganlikda ayblanadi? J: 8bandda
33. «Menga sensiz dard uzra dardu alam uzra alam, Dard yoru, g‘ussa hamdam, g‘am farovon, aysh kam» misralari nechanchi banddan olingan? J: 6banddan
34. Ohnola chekish tasavvuf adabiyotida nimaga ishora hisoblanadi? J: Ishqning komil boMganiga ishora
35. Nodira «Firoqnoma» muashsharida qaysi taxallusi ni qo‘llaydi? J: Komila
36. Nechanchi bandda mug‘anniyga murojaat qilinadi?
J: 10bandda
37. «Firoqnoma» muashsharida qaysi g‘oya kuchli targ‘ib qilinadi? J: Sadoqat, vafo g‘oyasi
38. «Firoqnoma» muashshariga hamohang sheYni toping. J: Abdulla Oripovning «Ayol» she’ri
39. «So‘ngra qilg‘on va’dalarni barcha yolg‘on ayladi, Yo magar ul ahdu paymondin pushaymon ayladi» misralari «Firoqnoma»ning qaysi bandidan olingan? J: 8banddan
40. «Firoqnoma»ning qaysi bandi «Sen qilib azmi sa far, men dard ila mahjurman», degan misra bilan boshla nadi? J: 9band
41. Nodiraning mustaqil o‘qish uchun berilgan g‘azal laridan parchalar:
- Qilmag‘il zinhor izhor ehtiyoj,
Kim azizi elni qilur xor ehtiyoj.
- Fig‘onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorim din,
G‘amim cho’x, ey ko’ngil, sen bexabarsan holi zorim din.
- Bo‘ldi ul fursatki, tarki suhbati olam tutay,
Qon to’kib kuz mardumidin, shevayi motam tutay.
42. Uchtadan taxallusga ega shoirlar nomini toping.
J: Nodira, Hamza
43. «Firoqnoma» muashsharining nechanchi bandlari radifli qofiyalar bilan tugaydi? J: 1, 2, 5, 7, 8bandlari
44. «Firoqnoma»riing nechanchi bandida «nuqson» va «kamol» tushunchalari birbiriga tazod qilingan?
J: 3bandda
45. «Firoqnoma»ning nechanchi bandi «Birkelib holim ni sultonim tamosho qilmadi» misralari bilan boshlanadi?
J: 5band
46. «Firoqnoma»ning nechanchi bandida Nodira biroh cheksam, charxning boriimorati kuyib kul boladi deb yoza di? J: 10bandda
47. «Firoqnoma»ning nechanchi bandida lirik qahra monning boshiga tushgan kulfatlar aybdorini «charxning qari kampiri» deb shikoyat qiladi? J: 4bandda
48. Qaysi so‘z «charxning qari kampiri» ma’nosini bildi radi? J: Pirazoli charx
49. «Firoqnoma»ning nechanchi bandida shoira «rah bar», «baxt», «davlat», «iqbol» so’zlarini shunday ustalik bilan ishlatadiki, bir qarashda, baxt toleimga, vaslimga rahbarlik qilmadi deyilgan, zimdan esa menga davlatga rahbarlik qilish nasib etdiyu, bu visol o’rnini bosmaydiku degan o’kinch ifodalangan? J: 7band
50. «Firoqnoma»ning nechanchi bandlarida mutlaq qofiya qollangan? J: 4, 9, 10bandlarida
51. Nechanchi bandlarida «falak» haqida so‘z boradi?
J: 1 2bandlarida
52. Nechanchi bandda «Hijron nuqson emas, kamol dir» deyiladi? J: 3bandda
53. Kulfat yuzni kahrabodek qilgani, ya’ni sarg‘aytirgani nechanchi bandda ifodalangan? J: 1bandda
54. Ayriliq gul bilan bulbulni «bebargu navo» qilganini aytib nechanchi bandda fig‘on chekadi? J: 1bandda
55. 2bandda qo‘llangan «kasbi xush etsam» iborasi ning ma nosi nima? J: Aqlimni yig‘ib olay desam
56. Nechanchi bandda yor bilan hasratlashadi?
J: 4bandda
57. Nechanchi bandda yoriga «sultonim» deb murojaat qiladi? J: 4bandda
58. Nechanchi bandda yoriga «ey shahriyori muh taram» deb murojaat etadi? J: 5bandda
59. Elulus esa shoirani shu davlat bilan masrur, ya’ni xursand deb hisoblaydi. Holbuki, yorsiz kechayotgan sal tanat saltanat deb hisoblamasligi nechanchi bandda o‘z aksini topgan? J: 9bandda



Download 127,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish