ROBINDRANATH THOKUR
1. Robindranath Thokur qachon va qayerda tug‘ilgan?
J: 1861yilda Hindistonning Kalkutta shahrida
tug‘ilgan
2. Robindranath Thokur ijodini nimalar yozishdan boshlagan? J: She’r yozishdan .
3. Robindranath Thokurning 1881yilda nashr etilgan va yosh shoirning nomini kitobxonlar orasida mashhur qil gan she’riy to‘plamini toping. J: «Oqshom qo‘shiqlari»
4. Robindranath Thokur qaysi she’riy to‘plamini o‘zi in glizchaga tarjima qilgan? J: «Gitanjali»
5. Robindranath Thokur qaysi unvon bilan taqdirlan gan? J: Nobel mukofoti bilan
6. Robindranath Thokurni hind xalqi qanday atagan?
J: Hindistonning vijdoni
7. Robindranath Thokurning qaysi she’ri Hindiston res publikasining madhiyasi bo‘lgan? J: «Janganamana»
8. Robindranath Thokurning asarlari 0‘zbekistonda ne cha jildda chop etilgan? J: 8 jildda
9. Robindranath Thokur necha yoshidan she’rlar yoza boshlagan? J: 8 yoshidan
10. Robindranath Thokurning pok va ihsoniy muhabbat ni ulug‘lagan romanlarini toping. J: «Tonggi qo‘shiqlar», «Suratlar va qo‘shiqlar»
11. Robindranath Thokurning mustamlakachilik zulmi va ijtimoiy adolatsizlik qoralangan romanlarini toping.
J: «Bibha sohili», «Donishmand Roja»
12. Robindranath Thokur qaysi tilda ijod qilgan?
J: Bengal tilida
13. Robindranath Thokurning hind xalqining mustam lakachilarga qarshi milliy ozodlik harakati haqidagi asar larini toping. J: «Chitra», «Lahza» she’riy to‘plamlari, «Roja va Rani», «Qurbonlik», «Chitrangoda», «Mali ni» falsafiy dramalari, «Hisobkitob», «Jazo», «Nur va soyalar» hikoyalari
14. Robindranath Thokurning 1911 yilda yaratilgan qay si qo‘shg‘i Hindiston respublikasining milliy madhiyasiga aylangan? J: «Xalq qalbi»
15. Robindranath Thokurning 1913yilda yaratilgan qaysi qo‘shig‘i Bangladesh Xalq Respublikasining milliy madhiyasiga aylangan? J: «Mening oltin Bengaliyam»
16. Robindranath Thokurning 0‘zbekistonda nashr etil gan kitoblari qaysilar?
J: «Nur va soyalar», «Ko‘zga tushgan cho‘p»
17. Robindranath Thokurning qaysi pyesalari o‘zbek teatrlarda o’ynalgan?
J: «Pochta», «Halokat» romani asosida tayyorlan gan «Gang daryosining qizi» pyesasi
18. Robindranath Thokurning qaysi qahramoni «... osoyishtalik, tinchlikni yaxshi ko‘radi, shuning uchun uyla nishni ham xohlamasdi».
J: «Nur va soyalar» hikoyasidagi Shoshibushon
19. «Nur va soyalar» hikoyasida kim okrug sudyasiga qarshi bergan daVosidan osongina voz kecha qoladi?
J: Xorkumar
20. «Nur va soyalar» hikoyasida Robindranath Thokur qanday g‘oyani ilgari suradi?
J: Bittayarimta insonning yurak yutib gytgan so‘zi yoki qilgan ishi shamolga sovuriladi
21. Robindranath Thokurning qaysi asari jafokash hind xalqini qullikda ushlab turishga intilgan ajnabiy mustamla kachilar va ularga zulm pichog‘ini qayrab bergan mahalliy amaldorlar haqida bitilgan aybnoma kabi o’qiladi?
J: «Nur va soyalar» hikoyasi
22. «Nur va soyalar» hikoyasida Shoshibushonning ziyrak shogirdi kim edi? J: Gribala
23. «Nur va soyalar» hikoyasi Gribala Shoshibushon bilan tanishganida necha yosh edi? J: 8 yosh edi
24. «Nur va soyalar» hikoyasining qaysi qahramoni «Yaxshi, men turmaga borishim kerak. Temir zanjirlar yolg‘on so’zlamaydi, «ozodlik» esa turma devoridan tash qarida meni aldab, musibatga giriftor qildi. Agar turma haqi da so‘z borar ekan, shuni aytish kerakki, turma tor bo’lgani dan u yerda yolg‘onchilar, qalloblar, himmatsiz va nomard kishilar ozodligiga nisbatan ancha oz» deydi?
J: Shoshibushon
25. «Nur va soyalar» hikoyasi qanday yakunlanadi?
J: Gribala bilan turmadan chiqqan Shoshibushon uchrashadi
26. «Ko‘rga ishirig tushsa, o‘z qadru g‘ururingni saqlab qolish qiyinb> Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J: «Nur va soyalar» hikoyasidan
27. «Gitanjali» she’riy to‘plami haqidagi to’g‘ri hukm ni toping.
J: R.Tagor 1912yilda o‘zining «Gitanjali» she’rlar to‘plamini ingliz tiliga tarjima qiladi. Mazkur asari uchun 1913yilda Nobel mukofotiga sazovor boladi. Mukofot puliga esa Hindiston bolalariga bepul mak tab ochadi. Bu maktab Birinchi jahon urushidan ke yin bepul o‘qitiladigan universitetga aylantiriladi
28. Qaysi adib ijodida muhabbat haqidagi kichik lirik she’rdan to yirik epik dostongacha, purmazmun hikoya, qissadan to yirik romangacha, kichik sahna asaridan to saimoqli dramalargacha, kishini chuqur o‘yga toldiradigan badialargacha mavjud? J: R.Tagor
29. «Osmonda quyosh bilan bulutlarning o‘yini tabiiy bir hol bo‘lganidek, bu ikki mavjudotning yerdagi o‘yini ham tabiiy bir narsadir». «Nur va soyalar» hikoyasidagi bu ikki mavjudot kimlar? J: Shoshibushon va Gribala
30. «Nur va soyalar» hikoyasida Shoshibushon Griba laga necha yil ustozlik qildi? J: 2 yil
31. «Men xafa bolganim yo‘q. Ma’lumki, otaonalar ham jahllari chiqqanda bolalariga jazo beradilar, ammo keyincha ularni tizzalariga o‘tqizib erkalatadilar». Ushbu fikr qaysi asardan olingan va kimga tegishli?
J: «Nur va soyalar» hikoyasida Xorkumar
32. «Osmon sahnasida faqat ikki aktyor o‘ynamoqda bulut va quyosh, ularning har biri o‘z rolini bajaradi, ammo yer sahnasida ayni bir vaqtda necha joyda, qancha pyesa lar o’ynalayotganini hisoblash mumkin emas». Ushbu par cha qaysi asardan olingan?
J: «Nur va soyalar» hikoyasidan
33. «Beparvolik bilan abadiylikni abadiylikka ulashtir adigan qadimiy, ulug‘ va ko‘zga ko‘rinmas Tangri sahar va oqshomning kulgisiyu ko‘z yoshlariga hayotdagi hamma baxt va badbaxtliklar urug‘ini sochib yuborgan». Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J: «Nur va soyalar» hikoyasidan
34. Shoshibushon qaysi sohalar bo‘yicha mutaxassis edi? J: San’at magistri va huquq bakalavri unvonini olgandi
35. Gribalaning otasi Xorkumar xo‘jayininga noib bolmasdan oldin nima ish bilan shug‘ullanardi?
J: Ijaraga yer olib dehqonchilik qilardi
36. Noib Xorkumar qishloqqa mehmonga kelgan okrug sudyasini nimalar bilan ta’minlab turardi?
J: Tovuq, tuxum, yog‘, sut
37. «Babu, mening eshitishimcha, nima uchundir sen Kaikuttaga ketishga qaror qiiibsan? Bu fikringdan qayt. Qishioqda senday bir odamning bo’lishi bizlarni ruhlantira di». Ushbu fikrni Shoshibushonga kim aytgan?
J: Xorkumar
38. «Nur va soyalar» hikoyasida Xorkumar shikoyat arizasini qaytib olgandan so‘ng qanday amalga erishdi?
J: 0‘z rayoniga faxriy sudya qilib tayinlandi
39. Shoshibushon necha yil qamoqqa hukm qilindi?
J: Besh yil
40. Mashhur bengal yozuvchisi Kashiram Dasning asarlari norm qaysi qatorda berilgan?
J: «Darapat», «Kotxomala» va «Maxabxarata»
41. RThokur «Nur va soyalar» asarida Shoshubushon haqida: «Bularni ko‘rib u o‘zini turmadan ikkinchi daf’a ozod bo‘lganday his etdi», deb yozadi. Shoshubushon ko‘rgan «bular», aslida, nima edi?
J: Kitoblar
Do'stlaringiz bilan baham: |