ASQAD MUXTOR (1920 1997)
1. 1920yilning 23dekabrida Farg‘ona shahrida Mas’ud temiryo’lchi oilasida tug‘ildi
2. 0‘zbekistondagi birinchi haftalik gazeta «0‘zbe kiston adabiyoti va san’ati» gazetasiga asos soldi
3. «Sharq yulduzi», «Guliston» jurnallarida bosh mu harrir bo’lib ishladi
4. Badiiy ijodga she’rlar yozish bilan kirib keldi
5. Katta matbuotda 1938yili «o’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida «Yangi avlod» she’ri bilan paydo bo‘ldi
6. 1947yilda bosilgan «Po‘lat chavandoz» poemasi orqali ijodkorlar nazariga tushdi
7. She’riy to’plamlari: «Hamshaharlarim», «Rah mat, mehribonlarim», «Chin yurakdan», «99 miniatura», «Karvon qo‘ng‘irog‘i», «She’rlar», «Quyosh belanchagi», «Sizga aytar so‘zim»
8. Asqad Muxtorning nazmini o’z davrida «falsafiy xarakterdagi she’riyat», deb baholashgan
9.1950yilda «Daryolartutashgan joyda» nomli birinchi qissasi bosilib chiqdi
10. 1955yilda nashretilgan «Opasingillar» romani bi lan o’sha paytda adabiy jamoatchilik va kitobxonlar e’tibori ni qozondi
11. Qissalari: «Daryolar tutashgan joyda», «Qoraqal poq qissasi», «Buxoroning jin ko‘chalari», «Jar yoqasidagi chaqmoq», «Kumush tola»
12. Romanlari: «Opasingillar», «Tug‘ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu»
13. Pesalari: «Mardlik cho’qqisi», «Yaxshilikka yaxshi lik», «Samandar»
14. Tarjimalari: Sofoklning «Shoh Edip» fojiasini, Shekspir va Shiller tragediyalari, Pushkin, Lermontov, Blok, Maya kovskiy asarlari
15. Asqad Muxtorning asarlari rus, hind, urdu, vetnam, xitoy, rumin, ingliz va boshqa tillarga o’girilgan
16. 1994yili «lnsonga qulluq qiladurmen» deb nomlan gan to‘plamdagi hikoyalari kitobxonlar e’tiborini tortdi
17. Eng so’nggi «Uyqu qochganda» (1997) kitobi ho zirgi hayot, ma’naviyat, madaniyat va badiiy ijod borasidagi mulohazalarini aks ettiradi
18. Parcha: «Men ko’p yillar yurdim, Ko‘p narsani ko‘rdim, Goh sog‘inib, Goho Shodlikdan jo’shib; Qano ti chiqqan qushday Uyasiga sig‘may, Yuragimda talpinar qo’shiq»
19. «Yulduzim» she’ridan parcha: «Bu she’rda shoir bolaligida kechqurun Somon yo’lidan yulduz uchganini, uni uzoq izlab, tikanlarni bosib so‘qmoqlarda tentirab topa olmaganini afsuslanib yozadi: «Topmadim o‘shanda bola baxtimni, Sirli mojizaga to’ymadi ko’zim. Hali ham izlay man. Bilaman: Yerda, Shu cho’llarda mening yulduzimh
20. «Yo‘l» she’ri: Bu she’rda yo’llar quyosh nurlariga o‘xshatiladi. Bir kun uyda o’tirib qolsam, xuddi hayot meni chetlab o‘tganday tuyuladi, deydi shoir. Ochilmagan qo‘riq, noma’lum yulduz, baribari mening ulushim. «ljod dardi yo‘l azobidir, Mayli, bo‘lsin tumanlar quyuq. Ruhim bilan yo‘lda ekanman, Umrimning ham nihoyasi yo‘q»
21. «Tug‘ilish» she’ri: Tong oldidan yomg‘ir sevalab o‘tdi, keyin osmon ochilib, yulduzlar yog‘di. Yerdan xuddi zimdan ildizlar ko‘tarilganday hovur ko‘tariladi. Yer yosh bo‘lgani uchun etini jimirlatadi, maysalarda yurgan yashil shabada panjaradan oshib chiqib ketadi. Eshikdan eshik ka yugurib yurgan yel hammadan suyunchi so’raydi, u go‘yo taqdirni oldindan bilganday dunyoning g‘amidan kuyinadi. Ota bir qo‘li mayib, iymanib poygakda tura di, ichkarida esa jahonning umidi, ya’ni bolakay oppoq choyshabda yotibdi
22. «0‘zimniki emas bu umrf To‘la menikimas, sezib turibman. Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. Yengilyelpi o‘tsa umr dan birdam, Rizorizo bo‘lmas egasi»
23. «Bir tup o‘rik yakka o‘sar edi. Unga faqat ko‘lanka sisoyasi do‘st ekan. Bir kuni soya yo‘qolib qolibdi. Chunki shu kuni bulutli bo’lib, soya ko’rinmas ekan. Eh, o‘rik! Soya ham do‘st boladimi? Laqqa tushibsanda lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday obhavoda Yoningda tursa...»
Do'stlaringiz bilan baham: |