JAHON OTIN UVAYSIY (XVIII asrning 80yillari XIX asr o‘rtalari)
1. Uvays so‘zining tasavvufiy ma’nosini toping.
J: Payg‘ambarimizning g‘oyibona nigohiga sazovor bo‘lish ilinjidagi uvayslik yo‘li
2. Uvaysiy qaysi tillarda ijod qilgan? J: 0‘zbek va tojik
3. Uvaysiyning farzandlari ismi?
J: Quyoshxon, Muhammadxon
4. Uvaysiy qaysi shoh davrida xon saroyida xizmatda bolgan? J: Amir Umarxon davrida
5. Uvaysiy qaysi hukmdor davrida moddiy qiyinchiliklar da yashadi? J: Muhammad Alixon davrida
6. Uvaysiy qaysi janrlarda ijod qilgan?
J: G‘azal, muxammas, musaddas, murabba’, chis ton, doston
7. Uvaysiyning hasbi hol tarzida yozilgan asarlari?
J: «Uvaysiyman», «Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi», «Sog‘in dim» g‘azallari
8. Uvaysiyning «Sog‘indim» g‘azali qanday munosabat bilan yozilgan? J: 0‘g‘li Muhammadxonning sarbozlikka yuborilishi munosabati bilan farzandidan judo onaning iztiroblari
9. Oddiygina askar o‘g‘lini «davlati sultonim» deya e’zozlagan shoira kim? J: Uvaysiy
10. Topishmoqning javobini toping. «UI nadurkim, sabz to‘nlik, yoz yog‘ochning boshida, Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida. Barcha qushlarning so’ngoki ichi da, Ulna qushdirkim, so‘ngoki toshida» J: Yong‘oq
11. Topishmoqning javobini toping. «lkki mahbubni ko’rdim, birbirisin ko‘rmagan, ikkisining o‘rtasiga, do‘stlar, qii sig‘magan». J: Kun va tun
12. «Vujudim dardga to’ldi, emdi darmonimni sog‘in dim» misrasidan anglashiladigan ma’no qaysi?
J: Dard soglnch, darmon diydor
13. Uvaysiyning kechayu kunduz o‘g‘lining nomini takrorlab, uni o’ylab yurishi qaysi ifodada aks etgan?
J: Uyimning ziynati, ko‘z ravshani
14. Uvaysiyning otasi xalq orasida qanday nom bilan tanilgan? J: Hofiz unvoni bilan tanilgan bolib, ismi Ohunjon, ashula aytar va musiqadan yaxshigina xa bardor bo’lgan
15. Uvaysiyning turmush ortog‘i kim bolgan?
J: Hojixon, erta vafot etgan
16. o’zi hali ko’rmagan, daragini faqat ilohiy kitoblar dan eshitgan Muhammad (a.s.)ga g‘oyibona muhabbat qo‘ygan zot kim? J: Uvays Qaraniy
17. Islom olamida paydo bo‘lgan «uvaysiylik» yo’li qan day yo‘l? J: Payg‘ambarning g‘oyibona nazari nigohi ga sazovor bolish ilinjida yashash
18. Maxmur so‘zining tasavvufiy ma’nosi nima?
J: llohiy ishqdan mast bolgan darvesh
19. Foniy taxallusining tasavvufiy ma’nosini toping.
J: 0‘tkinchi, ya’ni o‘zining bu dunyoda vaqtinchalik mehmon ekanligini anglab, faqat ezgu ishlarni ko‘zlovchi
20. 0‘g‘li Muhammadxon kim tomonidan Qashqarda bo‘layotgan urushga sarbozlikka jo‘natildi?
J: Muhammad Alixon tomonidan
21. Uvaysiyning qaysi g‘azalida oshiq bilan zohid tar ki dunyo qilgan kishi o’rtasida bahs bo‘lib o‘tadi?
J: «Uvaysiyman» g‘azalida
22. Ilohiy ishqda o‘rtanayotgan oshiqning ohu zorlari dan yulduzlarning ham xabardor bolishi, fig‘oni yeru ko’kni larzaga solishi qaysi g‘azalda tasvirlangan?
J: «Uvaysiyman» g‘azalida
23. Uvaysiy qaysi g‘azalida dunyodan ko‘ngil uzishni maqsad qilib olganini ta’kidlaydi?
J: «Uvaysiyman» g(azalida
24. Uvaysiyning qaysi g‘azalida orif, zohid, faqr, xaro bot kabi tasavvufiy atamalar uchraydi?
J: «Uvaysiyman» g(azalida
CHISTON HAQIDA
1. Nomi yashirilgan narsa yoki tushunchani belgi, ishoralarga qarab topiladigan topshiriqlar nima deyiladi?
J: Topishmoq
2. Chiston so‘zining ma’nosi? J: Tojikcha nima u
3. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar nechanchi asrda kim tomonidan yaratilgan?
J: XV asrda Aiisher Navoiy tomonidan
4. Topishmoqqa asoslanuvchi janrlar?
J: Chiston va lug(z
5. «Anor» chistoni nimaga ishora qiladi?
J: ijtimoy hayotdagi voqeaga
6. Uvaysiyning qaysi chistonida bu janrga xos xususi yatlar yaqqol namoyon bo’lgan? J: «Anor»
7. «Anor» chistonida tashqi shakliy ko’rinish qaysi?
J: Gumbazsimon, tuynugi yo‘q
8. «Anor» chistonida ichki tuzilish qaysi?
J: Gulgunpo‘sh qizlar hamda parda borligi
9. «Anor» chistonida unga munosabat shakli?
J: Sindirish kerakligi
10. She’riy topishmoqlar qanday turlarga bolinadi?
J: 2 ta: oddiy va majoziy
11. Uvaysiyning qaysi chistoni majoziy chiston?
J: «Anor» chistoni
Do'stlaringiz bilan baham: |