Adabiyot 2020 indd



Download 8,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/128
Sana16.04.2022
Hajmi8,6 Mb.
#555939
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128
Bog'liq
adabiyot 5 uzb

E’tibor bering!
Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va 
shahzodalar emas, balki kambag‘al, beva-bechoralarning 
o‘g‘il-qizlari, cho‘pon yoki askarlar bo‘ldi. Ular o‘zlarining 
ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot 
qoldiradi.
http://eduportal.uz


79
grimmlarning dunyoga mashhur «Zolushka», «Qor qiz» ertaklarining 
qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so‘kish eshitadigan va eng 
qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo‘lib, ertak davomida o‘zlarining 
halol mehnati, yoqimli so‘z va odoblari bilan baxtiyor bo‘ladilar.
ulardan tashqari, «Botir tikuvchi», «Yosh pahlavon», «Bremen 
musiqachilari» kabi ertaklar o‘zbek bolalarining ham sevimli asarlariga 
aylanib qolgan.
E’tibor bering!
Aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hamma-
sida ham, eng avvalo, yaxshi niyat egasi bo‘lish, mehnatga 
muhabbat, samimiylik targ‘ib etiladi. Ikkinchidan, har 
qanday holda ham, har qanday mushkul ish boshiga 
tushganda ham qahramonlar chora qidiradi, tadbirkorlik, 
ishbilarmonlik yo‘lidan boradi va ofatlardan qutuladi. 
Aka-uka grimmlarning ertaklari hamon olam kezib, ularning 
nomlarini jahonga yoyib yuribdi.
BoTIR TIKUVChI
(Ertak)
Bir nemis shahrida gans ismli tikuvchi yashagan ekan. u uzzukun 
deraza yonidagi stolda oyoqlarini qimtib o‘tirib, tikkani-tikkan ekan. 
u kamzullar, ishtonlar, nimchalar tikar ekan.
Bir kuni gans stolda ish tikib o‘tirib, ko‘chada:
– Murabbo! Olxo‘ri murabbosi! Kimga murabbo, deb baqi-
rishayotganini eshitib qolibdi. «Murabbo!» deb o‘ylabdi tikuvchi, – yana 
olxo‘riniki! Juda ajoyib-ku!
u shunday deb o‘ylabdi-yu, derazadan qichqiribdi:
– Xola, xola, bu yoqqa keling! Menga murabbodan bering. 
u murabbodan yarim banka sotib olibdi, bir burda non kesib, 
unga murabbodan surtibdi va nimchaning ozgina qolgan chokini tika 
boshlabdi.
«Hozir, – deb o‘ylabdi u, – nimchani tikib bo‘laman-u, murabbo 
yeyman.
http://eduportal.uz


80
gansning xonasida pashsha juda ko‘p ekan. ularni sanab, sanog‘iga 
yetib ham bo‘lmas ekan. Mingta, balki ikki mingta ham bo‘lgandir. 
Pashshalar murabboning hidini sezib qolishibdi-yu, nonga yopirilishibdi. 
– Pashshalar, pashshalar, – debdi ularga tikuvchi, – sizlarni bu yerga 
kim chaqirdi? Nega murabboyimga yopishib oldilaring?
Pashshalar bo‘lsa uning gapiga quloq solmay, murabboni 
yeyaverishibdi. Shunda tikuvchining jahli chiqib ketibdi-yu, latta olib, 
pashshalarni bir urgan ekan, bir yo‘la yettitasini o‘ldiribdi.
– Men qanday kuchli va botir ekanman-a! – debdi tikuvchi gans. – 
Buni butun shahar bilib qo‘yishi kerak. Shahar nima bo‘pti! Butun dunyo 
bilib qo‘ysin! Men o‘zimga yangi kamar bichib, katta-katta harflar bilan 
unga: «Chiqqanda jahlim yomon, yettisin etgum gumdon!» deb tikib 
olaman.
u shunday qilibdi ham. Keyin yangi kamarni taqibdi-da, bir bo‘lak 
pishloqni yoniga solib, uydan chiqibdi. Darvozaning yonginasida 
butalarga o‘ralashib qolgan qushchani ko‘rib qolibdi. Qushcha tipirchilab, 
chiyillarmish-u, chiqishning ilojini qilolmas emish. gans qushchani tutib 
olib, uni o‘sha pishloq turgan cho‘ntakka solib qo‘yibdi. u yo‘l yuribdi, 
yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi, nihoyat baland tog‘ning etagiga borib 
qolibdi. u cho‘qqiga chiqib qarasa, tog‘da bahaybat bir odam atrofni 
tomosha qilib o‘tirganmish.
– Salom, og‘ayni, – debdi unga tikuvchi gans. – Yur, birga dunyoni 
kezamiz.
– Qanaqasiga menga og‘ayni bo‘la qolding! – deb javob beribdi 
ulkan odam. – Sen nimjon va kichkina bo‘lsang, men esa katta va kuchli 
bo‘lsam. Sog‘ligingda tuyog‘ingni shiqillatib qol.
– Mana buni ko‘rganmisan? – debdi tikuvchi gans va ulkan odamga 
kamarini ko‘rsatibdi. gansning kamarida esa yirik harflar bilan quyi-
dagilar yozilgan ekan: «Chiqqanda jahlim yomon, yettisin etgum gum don!».
ulkan odam o‘qib bo‘lib, o‘ylanib qolibdi: «Kim biladi, balki rostdan 
ham kuchlidir. uni sinab ko‘rish kerak».
ulkan odam qo‘liga tosh olib, uni shunday qattiq qisibdiki, toshdan 
suv chiqib ketibdi.
– endi sen shunday qilib ko‘r, – debdi ulkan odam.
– Bor-yo‘g‘i shumi? – debdi tikuvchi. – e, bu hech ham qiyin emas. 
http://eduportal.uz


81
u cho‘ntagidan astagina pishloqni olib, uni mushtumida qisibdi. 
uning mushtumidan suv oqibdi.
ulkan odam uning kuchiga hayron qolibdi, lekin gansni yana bir 
marta sinab ko‘rishga qaror qilibdi. u yerdan tosh olib osmonga otibdi. 
Shunchalik balandga otibdiki, tosh ko‘zga ham ko‘rinmay ketibdi.
– Qani, – debdi u tikuvchiga, – sen ham shunday qilib ko‘r-chi.
– Balandga otar ekansan, – debdi tikuvchi. – Lekin baribir sening 
toshing yerga qaytib tushdi. Mana men otsam, to‘ppa-to‘g‘ri osmonning 
o‘ziga borib tushadi.
u qo‘lini cho‘ntagiga astagina solibdi-da, qushchani olib yuqoriga 
uloqtiribdi. Qush juda balandga ko‘tarilibdi-yu, uchib ketibdi.
– Xo‘sh, og‘ayni, qalay? – deb so‘rabdi tikuvchi gans.
– Chakki emas, – debdi ulkan odam. – Mana endi ko‘raylik-chi, sen 
daraxtni yelkangga ortib keta olasanmi-yo‘qmi?
u tikuvchini kesilgan kattakon daraxtning yoniga boshlab boribdi-
da:
– Qani, agar shunday kuchli bo‘lsang, mana shu daraxtni o‘rmondan 
olib chiqishimga yordamlashib yubor-chi, – debdi.
– Xo‘p, – deb javob beribdi tikuvchi. O‘zicha esa: «Men kuchsiz-
man-u, aqlliman, sen bo‘lsang ahmoqsan-u, kuching ko‘p. Men seni har 
vaqt aldab keta olaman», – deb o‘ylabdi.
u ulkan odamga:
– Sen yelkangga faqat tanasini o‘ngarib ol, men shox-shabbalarining 
hammasini ko‘tarib boraman. 
ulkan odam yelkasiga tanasini ortib, ko‘tarib ketaveribdi. Tikuvchi 
bo‘lsa sakrab shoxga chiqibdi-yu, unga minib olibdi. ulkan odam butun 
daraxtni, yana tikuvchini ham qo‘shib sudrab ketaveribdi. Orqasiga esa 
o‘girilib qaray olmabdi – unga shoxlar xalal beribdi.
gans shoxga minib, ashula aytib ketaveribdi:
– 

Download 8,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish