Adabiyot 2020 indd



Download 8,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/128
Sana16.04.2022
Hajmi8,6 Mb.
#555939
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128
Bog'liq
adabiyot 5 uzb

YALG‘oN Do‘ST
Bir vaqt iki kishi do‘st bo‘lub, safarga chiqmishlar edi. Bir tog‘ 
ichindan ketub borgonlarinda uzog‘dan bir yo‘lbarsni ko‘rmishlar. 
Do‘stlarning biri darhol yugurub bir daraxt ustiga chiqmish. 
Ikinchisi shoshilub qolub, nima qilishin bilmay, yerga cho‘zulub, 
o‘lukg‘a o‘xshab yotmish. Yo‘lbars kelub iskab-iskab o‘luk gumon 
qilub qaytub ketmish. O‘rtog‘i daraxtdan tushub: «Birodar, yo‘lbars 
qulog‘inga nima deb so‘zlab ketdi», – deb so‘ramish. Yo‘ldoshi: 
«Oh, do‘stim! Shodlig‘ingda o‘rtog‘ bo‘lub, g‘am vaqtingda tashlab 
qochadurg‘on nomard kishilar ila yo‘ldosh bo‘lma!» – deb so‘zlab 
ketdi, deb javob bermish.
http://eduportal.uz


201
* * *
Ko‘ryapsizki, yuqoridagi hikoyalar hajmi kichkinagina. Bir 
nafasda o‘qish mumkin. Biroq ularda ifodalangan mazmun haqida 
aslo bunday deb bo‘lmaydi. Muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr sizni 
uzoq o‘yga toldirib qo‘yishi aniq. Chunki ularning mag‘zida «bir 
doston»chalik ma’no-mazmun mujassam. 
Avval birinchi hikoyadagi manzarani yana qayta ko‘z oldingizga 
keltiring. O‘zi suvga g‘arq bo‘layotganiga qaramay, o‘zining emas, 
do‘stining taqdirini o‘ylash uchun odam bolasi qanchalar mard, 
fidoyi bo‘lishi kerak!? Hayotda bunday odamlar ko‘pmi yoki oz? 
Shunday inson bo‘lmoq uchun nimalar qilish kerak, nimalarni bilish 
kerak?.. Bunday savollarga javob topish har bir odamning vazifasi, 
burchi bo‘lmog‘i lozim.
Bu kichik she’riy hikoyadagi manzaralarni ramziy tushunish, 
tushuntirish ham mumkin. Ikki do‘stning safarini – umrga, yo‘lda 
uchragan daryoni – hayot sinovlariga, bexosdan kelgan to‘lqinni – 
kutilmagan baxtsizliklarga o‘xshatsak bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi. 
Mana shu sinovlar payti kim o‘zini qanday tutadi – hamma gap 
shunda!
Ikkinchi hikoya birinchisining ham mantiqiy davomi, ham 
teskarisi bo‘lib, ayni shu savolga javob beradi. Tinch-osuda, yaxshi 
kunlaringda senga sherik bo‘lib yurib, xavf-xatar kelganda tashlab 
qochadigan odamlar ham o‘zini go‘yo do‘stdek tutadilar.

Download 8,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish