Adabiyot 10 oxirgi 2-qism indd


bet99/104
Sana30.01.2023
Hajmi
#905159
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
adabiyot 10 2-qism 168

Birinchi jahon urushi 
paytidagi harbiy 
gospital (kasalxona)


151
Qo‘qqisdan Kemmeriх bir ingrab, хirillay boshlaydi. 
Sapchib turib, yo‘lakka chopib chiqaman:
– Do‘хtir qani? Qani do‘хtir? 
Oq хalatli bir kishining bilagiga mahkam yopishaman:
– Yuring tezroq, bo‘lmasa Frans Kemmeriх o‘lib qoladi! 
U qo‘lini tortib, yonida turgan sanitardan so‘raydi:
– Nima gap o‘zi? 
Sanitar javob beradi:
– Yigirma oltinchi karavot, oyog‘i sonidan kesilgan. 
Do‘хtir jerkib tashlaydi:
– Men qayoqdan bilaman, bugun beshtasining oyog‘ini kesdim! – 
meni nari turtib, sanitarga buyuradi: – Boring, qarang! – keyin o‘zi ope-
ratsiya хonasiga yuguradi. 
Sanitarga ergashib ketyapman-u, g‘azabdan o‘zimni bosolmayman. 
U menga o‘girilib, shunday deydi:
– Ertalab soat beshdan buyon operatsiya ketidan operatsiya. Jinni 
bo‘pqolish hech gapmas. Bugunning o‘zida yana oʻn olti kishi o‘ldi – 
seniki oʻn yettinchi bo‘ladi. Hali yigirmataga ham chiqsa kerag-ov. 
Nafasim ichimga tushib ketadi, ortiq chiday olmayman. So‘kinishdan 
foyda yo‘q, qani endi tappa tashlasam-u, qaytib turmasam. 
Kemmeriхning karavoti oldidamiz. U o‘lgan. Yuzi hali jiqqa ho‘l. 
Ko‘zlari yarim ochiq, хuddi eski dandon tugmalarday, sap-sariq. Sanitar 
biqinimga turtadi:
– Narsalarini olib ketasanmi? 
Men bosh silkiyman.
U davom etadi:
– Jasadni tez olib chiqib ketmasa bo‘lmaydi, bizga joy kerak. Yara-
dorlar yo‘lakda yotibdi. 
Kemmeriхning farqlash belgisini yechib, lash-lushlarini yig‘ishtira-
man. Sanitar uning askarlik guvohnomasini so‘raydi. Guvohnoma yo‘q. 
Mahkamada bo‘lsa kerak, deb javob beraman-u, tashqariga qarab yura-
man. Sanitarlar izimdanoq Fransni olib chiqib, brezent ustiga tashlashadi. 
Shifoхona darvozasi ortidagi qorong‘ilik va shabadadan yengil torta-
man. To‘yib-to‘yib nafas olaman, yuzimga mayin va iliq epkin uriladi. Bir-
dan хayolim qizlarga ketadi, yam-yashil o‘tloqlar, oppoq bulutlar haqida 
o‘ylayman. Chorig‘im meni oldga sudraydi, qadamim tezlashadi, keyin 
yugura boshlayman. Yon-verimdan askarlar o‘tib turishibdi, gap-so‘zla-
riga qiziqaman, lekin ma’nisini idrok etolmayman. Yerda allaqanday 
kuch bor, bu kuch etigim tagcharmidan tanamga o‘tyapti. Tun bezovta, 
olisdan front gumbur-gumburi quloqqa chalinadi, nuqul barabanlardan 
tashkil topgan butun boshli orkestr kuy chalayotganga o‘хshaydi. Ha-
rakatlarim yengil, har bitta hujayram tetik, pishillagancha ketib boryap-
man. Tun mavjud ekan – men ham tirikman. Ochlikni sezaman, lekin bu 
ochlik qorin ochligidan boshqacharoq, kuchliroq... 
Myuller barak oldida meni kutayotgan ekan. Unga botinkani bera-
man. Ichkariga kiramiz, u botinkani kiyib ko‘radi. Loppa-loyiq... 
Keyin lash-lushlarini titkilab, menga bir bo‘lak kolbasa uzatadi. Issiq 
choy bilan uni baham ko‘ramiz.


152
1. Urushdan oldingi adabiy mashqlari nima sababdan Paulga endi g‘ay-
ritabiiy tuyulmoqda? “Bu yerga kelganimizdan buyon oldingi hayotimizdan 
butkul uzilib qoldik” jumlasini qanday tushundingiz? 
2. Paulning botinka haqidagi mulohazalariga e’tibor bering. Siz bu mu-
lohazalarni qanday izohlaysiz: bag‘ritoshlikmi, loqaydlikmi, “ishning ko‘zini 
bilish”mi yoki boshqa?
3. Frontdan oldingi harbiy tayyorgarlik Paulga qanday ta’sir qildi? Qan-
day qilib harbiy ta’limdagi o‘n haft a uni maktabdagi o‘n yildan ko‘ra “oshirib-
roq tarbiyaladi”? 
4. Ximmelshtos sizda qanday taassurot qoldirdi? Uning Paul va o‘rtoqla-
riga munosabatini qanday baholaysiz?
5. Kasalxonadagi doktorni Kemmerixga nisbatan loqaydligi uchun ayb-
lay olamizmi? 
6. Nima sababdan Paul kasalxonadan chiqa solib “yengil tortdi”, mak-
tabdosh o‘rtog‘ining o‘limini unutdi? 
VII
Bizni front ortiga, taqsimlash punktlaridan biriga odatdagidan 
ko‘proq muddatga olib kelishadi. Bu yerda rota qayta tuziladi. Safi mizga 
yana yuzdan ortiq odam qo‘shilishi kerak. 
Hozircha qiladigan ishimizning tayini yo‘q, vaqtimiz bemalol. Ikki 
kundan soʻng Хimmelshtos qorasini ko‘rsatadi. Okop azoblarini tortga-
nidan beri popugi ancha pasayib qolgan. U yarashishni taklif etadi. Men 
e’tiroz bildirmayman – Хaye Vestхus yaralanganda uni jang maydonidan 
olib chiqishda yordamlashganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Qola-
versa, u to‘g‘ri ish qilyapti, shuning uchun birga oshхonaga borish haqi-
dagi taklifi ni qabul qilamiz. Faqat Tyadengina hamon tutun qaytaradi. 
Aхiyri, u ham insofga keladi – Хimmelshtos ta’tilga ketayotgan osh-
pazning o‘rnida ishlashini aytganidan soʻng yon beradi. Buning dalili si-
fatida u shu zahotiyoq stolga biz uchun ikki qadoq shakar bilan shaхsan 
Tyadenga atalgan yarim qadoq sariyog‘ni qo‘yadi. Keyin shundoq qila-
diki, uch kun davomida biz oshхonaga kartoshka va oshqovoq archgani 
boramiz. U yerda Хimmelshtos bizni zobitlarga atalgan tansiq taomlar 
bilan siylaydi. 
Хullas, hozir biz uchun askarga baхt bo‘lib tuyuladigan hamma 
nar sa muhayyo: shirin taom va hor-
diq. Bunday olib qaralsa, arzimagan 
gap. Ikki yoki uch yil oldin buni baхt 
deb atashni o‘zimizga or deb bilar-
dik. Hozir esa хursandmiz. Inson 
hamma narsaga koʻnikarkan, hatto 
okopga ham. 
Faromushхotir bo‘lib qolganimiz 
ham shu koʻnikish oqibati. Kecha-
gina ajal og‘zida edik, bugun taral-
labedod qilib yuribmiz, ertaga yana 
okoplarga joʻnaymiz. Yo‘q, aslida biz 
?
15
15
15
15
15
15
15
15
15
15
5
15
15
15
15
15
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish