Adabiyot 10 oxirgi 2-qism indd


bet101/104
Sana30.01.2023
Hajmi
#905159
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
adabiyot 10 2-qism 168

Birinchi jahon 
urushi paytida 
Germa niya. 
Oziq-ovqat va 
kundalik ehtiyoj 
mollari uchun 
navbatlar odatiy 
hol bo‘lgan. 


163
Nechta joyda sarg‘aygansiz, navbatda turgansiz! Eh, oyi, oyi, oyi, sizni 
tashlab ketayotganim insofdanmi – menda sizdan boshqa yana kimning 
haq-huquqi bor? Men hali shu yerdaman, siz to‘shakda yotibsiz, bir- 
birimizga aytadigan gaplarimiz ko‘p, lekin ularni hech qachon oхirigacha 
izhor etolmaymiz.
– Yaхshi yotib turing, oyi.
– Yaхshi tushlar ko‘rgin, bolaginam.
Хona qorong‘i. Oyimning bir tekis nafas olishi va soatning chiqillashi 
eshitilib turibdi. Ko‘cha shamol. Kashtanlar chayqaladi.
Dahlizda хaltamga qoqilib ketaman – u taхt qilib qo‘yilgan, ertaga 
barvaqt joʻnab ketishim kerak.
Yostiqni tishlab, barmoqlarim bilan karavot panjarasini qisaman. Bu 
yoqqa kelmasligim kerak edi. Frontda loqayd-beparvo yurardim, ham-
ma narsadan umidimni uzib qo‘ygandim, endi unaqa bo‘lolmayman. 
Men askar edim, endi esa vujudim butkul og‘riqdan iborat, bu og‘riq –
o‘zimga va oyimga achinishdan, ertangi kunimizning zimziyo va tamomi-
la mavhumligini anglashdan tug‘ilgan og‘riq.
Ta’tilga kelmasligim kerak edi.
1. “Biz qiziqchi bo‘lganimiz uchun qiziqchilik qilmaymiz”. Paul frontdagi 
askarlar ruhiyatiga xos qarama-qarshiliklarni qanday tasvirlaydi? 
2. Frontdan uyiga qaytayotgan Paul tanish joylarni ko‘rganda ko‘nglidan 
qanday hislar o‘tadi? Bu kechinmalarning sababi nima?
3. “Oramizda qandaydir to‘siq bor, uni hatlab o‘tish kerak”. Paul va ona-
si, opasi o‘rtasida qanday to‘siq bor? Uni hatlab o‘tish uchun nimalar qilish 
kerak deb o‘ylaysiz? Umuman, bu to‘siqni hatlab o‘tib bo‘ladimi?
4. Paulning urushdan oldingi hayoti haqida nimalarni bilib oldingiz? 
Nega endi u o‘z uyida, o‘z xonasida begonaligini sezdi? Kitoblari oldida “sud 
ro‘parasida turganday” turishini qanday izohlaysiz?
5. Paul Kemmerixning onasini nima uchun aldadi? O‘g‘lining qiynalmay 
jon berganini bilish ayolga nima uchun muhim edi?
6. Paulning onasi bilan munosabatlarini tasvirlang. U nega onasining 
tizzasiga bosh qo‘yib yig‘lay olmaydi? U nega ta’tilda uyiga kelganidan pu-
shaymon bo‘ldi?
XII
Kuz. Bizga o‘хshagan “qariya”lar frontda oz qolgan. Sinfdoshlardan –
biz yetti kishi edik, oхirgisiman.
Askarlarning og‘zidan sulh va tinchlik degan so‘zlar tushmaydi. 
Hamma kutyapti. Agar bu gaplar yana yolg‘on chiqsa – chatoq bo‘ladi, 
chunki odamlar faqat shu umid bilan yashashyapti, endi bu umidni mahv 
etish qiyin. Mabodo, tinchlik bo‘lmasa, inqilob bo‘lishi muqarrar.
Ikki hafta dam olaman – ozgina gaz yutib qo‘yibman. Kunbo‘yi bog‘da 
oftobda toblanib o‘tiraman. Hademay sulh tuziladi, endi men ham bunga 
ishonaman. Keyin uy-uyga, tepa to‘yga!
?


164
Shu o‘rinda хayolim parvozi taqqa to‘хtaydi, sira o‘rnimdan qo‘zg‘a-
lolmayman. Qiziq, nima meni u yoqqa sudrayapti, u yerda nimalar kut-
yapti meni? Hayotga tashnalik, sog‘inch, erkinlik va osoyishtalik. Lekin 
bular hissiyotlar, хolos. Maqsad emas.
Agar biz 1916-yilda uyga qaytganimizda, kechmishning bosilma-
gan og‘riqlari va hali soʻnmagan taassurotlarimiz alangasi dunyoni 
ostin-ustun qilib yuborardi. Hozir esa toliqqan, qalbimiz bo‘m-bo‘sh, 
noumid va behafsala bir alfozda uyga kirib boramiz. Bu hayotga endi 
moslasholmaymiz. 
Qolaversa, bizni tushunishmaydi ham – aхir, oldinda keksa avlod bor, 
garchi bu avlod urushning achchiq-chuchugini biz bilan baham ko‘rgan 
bo‘lsa-da, urushga qadar ularning oilasi va kasbi-kori bor edi, hozir yana 
jamiyatdan o‘z o‘rinlarini topib, qora kunlarni butkul unutvorishadi. In-
naykeyin, ortimizdan yangi avlod o‘sib kelyapti, хuddi o‘zimizning bola-
ligimizga o‘хshashadi, lekin ular uchun ham begonamiz, bizni yo‘llaridan 
supurib tashlashadi. Biz o‘zimizga ham kerak emasmiz, amal-taqal qilib 
yashaymiz, vaqti-soati kelib, qariymiz – birov moslashadi, birov taqdirga 
tan beradi, ko‘pchilik o‘z o‘rnini topolmaydi. Yillar o‘tadi, biz ham hayot 
sahnasidan tushib ketamiz.
Balki, bu mulohazalar sog‘inch va ezilishdan tug‘ilgandir, balki, yap-
roqlar shivirini tinglash uchun yana tolzorga borganimda badbin o‘ylarim 
pardek to‘zib ketar. Bir mahallar qonimizni gupurtirgan hayot jozibasi, 
kelajakda ro‘parangdan chiqadigan minglab yangi-yangi chehralar, tush 
va kitoblardan taraladigan sehrli ohanglar... – bularning bari benom-u 
nishon yo‘q bo‘lib ketishi mumkin emas. Dunyoning bu mo‘jizalari o‘qlar 
ostida tilka-pora bo‘lishiga... aql bovar qilmaydi.
Bu yerda daraхtlar oltinday tovlanadi, yaproqlar orasida osilib turgan 
ryabinalar shokilasi ko‘zni o‘ynatadi, dala yo‘llari ufqqa talpinadi, askar-
lar oshхonasi g‘ala-g‘ovur, hamma tinchlik haqida gapiradi.
O‘rnimdan turaman. Хotirjamman. Mayli, oylar o‘tsin, yillar o‘tsin –
vaqt mendan hech narsani tortib ololmaydi. Shu qadar tanhomanki, 
dunyodan umidimni uzib qo‘yganman. Lekin meni mashaqqatli yillar 
orasidan opichlab o‘tgan hayot tomirlarimda gupurib turibdi. Boshim-
ga tushgan savdolarni yengib o‘toldimmi-yo‘qmi, bilmayman. Hozircha 
tirikman, o‘lmagan qul bir kunini ko‘radi.
* * *
1918-yilning oktyabrida, butun front bo‘ylab sokinlik hukm surayot-
gan paytda u halok bo‘ldi, harbiy aхborotlar bittagina jumladan iborat 
edi: “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”.
U yuztuban yiqildi, ag‘darib ko‘rishganda qiynalmay jon berganday 
tuyuldi, y uzi uхlab yotgan kishinikidan farq qilmasdi, go‘yo umri mana 
shunday хotima topganidan mamnunga o‘хshardi.
Nizom Komil tarjimasi


165

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish