96
U l f a t. Mir Vafo qulingiz o‘tdilar.
Xon boshini qimirlatur. O‘yunchilar taxta boshindan turub, uyning
eski yoqasindag‘i ko‘rpalarga o‘turalar. Xizmatchi kirib,
taxtani hamda
kursicha bilan shamdonni olib chiqar.
X o n (Qozi Nizomga). Farhod otaliqni ko‘rdingizmi?
Q o z i N i z o m. Hazratimning buyruqlari bilan borib ko‘rgan edim.
X o n. Nima qildingiz?
Q o z i N i z o m. Otaliq qulingiz bilan uzun so‘ylashdim, hazratim
buyursalar, hammasini arz qilayin.
X o n. Aytingiz.
Q o z i N i z o m. Bordim, ko‘rushdim, so‘yladim: “Siz xoqonimizning
eng ishonchli qullari bo‘lasiz. Xoqonimizning muborak mijozlarig‘a yoq-
mayturg‘an ishlar qilar ekansiz. Eron qo‘shuni Qarshidan qaytqondan
soʻngra, sizning yurush-turushingiz boshqacha bo‘lg‘an ekan”, dedim.
X o n. “Eron qo‘shunini Qarshidan qaytarg‘an yolg‘uz sen emassan”,
demadingizmi?!
Q o z i N i z o m. Uni ham aytdim. “Nodir shoh tomonidan yubo-
rilg‘an qo‘shunning Qarshidan
qaytishi uchun sizgina emas, Hakimbiy
inoq ham ko‘b tirishdilar”, dedim.
X o n. Nima dedi?!
Q o z i N i z o m. Otaliq qulingiz bu so‘zimga kulubgina qaradilar.
“Eron qo‘shuni ikki-uch bekninggina tirishmagi bilan yurtimizdan chiq-
madi”, dedilar.
M i r V a f o. Xoqonimiz juda yaxshi biladilarkim, Nodir shoh qo‘shu-
nining tuprog‘imizdan chekilishiga Hakimbiy inoq qullari ko‘b tirishdilar.
Otaliq shuni ko‘rmak istamaylar chog‘i!
Q o z i N i z o m. Otaliq deylarkim, Eron qo‘shunini tuprog‘imizdan
biz chiqarmadiq, o‘zi chiqdi.
X o n. Nima... O‘zimi chiqdi?!
Q o z i N i z om. Otaliq qulingiz shunday deylar: “Eronning, – deylar, –
yangi to‘p, miltiqlar bilan yaroqlang‘an qo‘shuni bizning qo‘shunimizni
buza olg‘an bo‘lsa ham, o‘zbakning boturlig‘ini bilg‘ani uchun, hurkub
tura edi. Bizga yordam uchun Xiva qo‘shunining ham Buxorog‘acha kel-
ganini eshitg‘ach, butun qo‘rqdi, ustaliq
bilan urushni yotquzdi-da, qay-
tib ketdi. Bu ishda menim-da, Hakimbiy inoqning-da ayricha xizmatimiz
Xiva qo‘shuni Buxorog‘a kelgancha urushni uzatib turmoq bo‘ldi. Men
Eron qo‘shunini qaytardim deb, kattalik qilmag‘anim kabi, xonimizdan
yoshirung‘ina Nodir shohg‘a
elchilar yuborib, xabarlashibda turmadim”.
X o n. Kim Nodirg‘a elchi yuborg‘an ekan?!
Q o z i N i z o m. Otaliq qulingizning so‘zlariga ko‘ra, Hakimbiy inoq
shunday qilg‘an bo‘lsalar kerak.
X o n. Ul menga do‘st bo‘lsa, nega bukungacha qizini yubormaydir?!
97
?
Q o z i N i z o m. Uni ham so‘radim.
X o n. Nima dedingiz?!
Q o z i N i z o m. “Molimizni, jonimizni xoqoni olamning muborak
oyoqlarinda qurbon qilmoq hammamizg‘a lozimdir. Shuni qilmag‘an-
da, sultonimizning chin qullari bo‘la olmaymiz. Siz shuncha kundan
beri bittagina qizingizni tortuq qilmay turasiz”, dedim. Otaliq bu so‘zni
eshitg‘ach, yomon qizidilar. “Xong‘a yaxshi ko‘runmak uchun qiz qurbon
qilg‘uchilar ko‘b, shunlarning qizlarini oldira beringiz”, dedilar.
X o n. O‘zi yubormaydir. Yuborg‘anlarg‘a so‘z ham otadir.
U l f a t. Yomonning bir qilig‘i ortuq!
Q o z i N i z o m. “Biz xon hazratlarig‘a o‘zimizni
qurbon qildik, emdi
nomusumizni ham istamasunlar”, dedilar. Men aytdimki...
X o n (so‘zini kesib). Bas!.. Yegan tuzlar ko‘r etsun uni... Kimni
tuproqdan ko‘tarib, kursiga chiqarsaq, tezgina boshimizg‘a chiqmoqchi
bo‘ladir.
Farhod otaliq: “Nomusimizni ham istamasinlar...” – deganda nimani
nazarda tutgan?
U l f a t. Xoqoni olam! Unlarni yana tuproqg‘a
qaytarmoq sizning
qo‘ling‘izdadir.
X o n. Yaxshikim, bunlarning o‘limi qo‘limizdadir. Yo‘qsa, oz zamon-
da bizni eshak qilib minmak istaylar!!!
U l f a t. Xoqonimizg‘a ma’lumdirkim, podshohliq qon bilan sug‘ori-
laturg‘an bir og‘ochdir. Qon oqib turmag‘an yerda bu og‘ochning qurub
qolishi aniqdir.
X o n (Ulfatg‘a). Tur joyingdan. Tez ket. Besh daqiqadan keyin Farhod
otaliq boshini kelturasan.
Qanday istasang, shunday ishla! (Ulfat qulluq-
lab chiqar.) Men tinchg‘ina turayin deb, akamni o‘ldirdim. Emdi bir-ikki
buzuqbosh chiqib, menim tinchlig‘imni buzmoq istaylar! Qo‘yaman sizni!
Q o z i N i z o m. Xoqoni olam! Otaliq eski bir qulingizdir. Kichkinagi-
na bir erkalik qilg‘ani uchun uni o‘ldirmak nechuk bo‘lar ekan?
X o n (Qozining so‘zini eshitmagandek biroz o‘ylag‘andan soʻng).
Farhod
otaliqni eski bir qulimmi, dedingiz?!
Qozi N i z o m. Hazratim karomat qildilar.
X o n. Farhod otaliq xitoy qipchoqning boshlig‘idir, bilmaysizmi?!
Q o z i N i z o m. Hazratim yaxshi biladirlar.
X o n. El boshlig‘i bo‘lg‘an beklarim menga qul bo‘lmaylar, unlar o‘z
ellarig‘a toyanib, tutash menga yomonliq qilmoqchi bo‘lalar.
Q o z i N i z o m. Tavba qildim!
X o n. Buxoroda el boshliqlari bo‘lmaganda, men tinchg‘ina xon-
liq sura olar edim. Menim butun qayg‘ularim shunlardandir. Otam sotib
olg‘an qullar mana Ulfat bilan Davlat. Ko‘ringiz-chi, men chizg‘an chi-
ziqdan chiqardirlarmi?
Download
Do'stlaringiz bilan baham: