Adabiyot - 5
1. “Daniyaning Odens shahrida tug’ilgan Kopengagen universitetida o’qigan Gyugo, Balzak, Dyumo, Dikkens, Geyne kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda bo’lgan”. Ushbu tarjimai hol qaysi ijodkorga tegishli?
A)H.K.Andersen B)Ekzyuperi C)J.Svift D)N.Dumbadze
2.Hamid Olimjon ijodi jami necha jildni tashkil qiladi?
A)besh B)o’n C)o’n besh D)yigirma
3.”Zamon torlari” to’plamining muallifi kim?
A)Hamid Olimjon B)Mirtemir C)Maqsud Shayxzoda D)Xurshid Davron
4. ”…podshoh , asosan, o’z mulkidan kelgan daromadlar hisobiga yashaydi, faqat do’ppi tor kelib qolgan paytlardagina yordam so’rab fuqarolariga murojaat qiladi…” Ushbu jumlalar qaysi asardan olingan? A)”Uch og’ayni botirlar”B)”Oygul bilan Baxtiyor” C)”Guliverning sayohatlari” D)”Bulbul”
5.”Uloqda” hikoyasida ishlatilgan “g’irdig’umdan kelgan” iborasining ma’nosi qaysi qatorda to’g’ri keltirilgan? A)qorachadan kelgan B)oq-sariqdan kelgan C)to’ladan kelgan D)qirraburunli
6.Abdulla Qodiriy 1913-1916-yillar oralig’ida yozilgan asarlarida qaysi taxallusini qo’llagan?
A)Qodiriy B)Julqunboy C)Toshpo’lat tajang D)Kalvak Mahzum
7.”Zulmat ichra nur” qissasining “Yazd cho’li” qismida dasturxon ustida Mirsaid Kobuliy pochchasiga nimani hikoya qilib berdi?
A) Temurning o’g’li podshoh Shohruhning o’limi to’g’risida
B) Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari to’g’risida
C)Podshohlarning ov mashg’ulotlari xususida D) Mamlakatdagi siyosiy ahvol to’g’risida
8.”Uloqda” hikoyasida kimning oti “qozoqi ot, qamchi ko’tarmaydur, “hayt” desa bas” deb ta’riflanadi? A)Turg’unning B)Salimning C)Murodning D)Mahkamning
9.”Shams ul-urfon” nomli boshlang’ich maktabda tahsil olgan adib?
A)Abdulla Qodiriy B)G’afur G’ulom C)Mirkarim Osim D)Abdulla Avloniy
10.”Mening o’g’rigina bolam” hikoyasidagi voqealar nechanchi yillarga to’g’ri keladi?
A)1914-yillar B)1942-yillar C)1945-yillar D)1917-yillar
11. ”Mening o’g’rigina bolam” hikoyasida o’g’ri kimning g’ulomgardishida gorodovoy turadi deb aytadi?
A) Odilxo’jaboynikida B)Rahmonxo’janikida C) Karimxo’janikida D)Matyoqubnikida
12.G’afur G’ulom kimlar bilan birga O’zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan? A)Oybek va Maqsud Shayxzoda B)Hamid Olimjon va Mirtemir C)Oybek va Hamid Olimjon D)Mirkarim Osim va Maqsud Shayxzoda
13. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida kimga ”Zamon podshosi Shohruhga qarshi isyon qilgani sababli qatl ettirilgan”, - deb ta’rif berilgan?
A) Mansur binni Boyqaro B) Mirza Boyqaro C) Shohrux mirzo D) Abusaid mirzo
14.”Zulmat ichra nur” asarida “Kambag’alman desang ko’chib boq” degan maqolni kim qo’llagan?
A)Alisher B)Muhammad Ali C)Mirsayid D)G’iyosiddin
15.Quyidagi adiblardan qaysi biri o’tgan asrning 50-yillarida sobiq sho’ro davlatining qatag’on siyosatidan chesksiz azob-uqubatlar tortdi? A)G’afur G’ulom B)Abdulla Qodiriy C)Mirkarim Osim D)Mirtemir
16.”Zulmat ichranur” qissasida “Yaxshi niyat – yorti mol” maqoli kimning tilidan ishlatilgan?
A)Mirsayid B)Muhammad Ali C)G’iyosiddin D)Mansur
17.”Mening o’g’rigina bolam” hikoyasidagi chitfurush kim?
A) Karim qori B) Matyoqub C)Odilxo’ja D)Rahmonqul
18.”Bulbul” ertagida imperator betob bo’lib yotganda kim(lar) bo’sh vaqtlarida choyxo’rlik qilishar edi? A)oshpazlar B)askarlar C)qarollar D)cho’rilar
19.”Mening o’g’rigina bolam” hikoyasida kim(lar) “rangi pano” deb ta’riflangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |