Adabiyot – 2020/2 (Yangi)
1. ”Uch og’a-ini botirlar”ertagida qaysi qahramon “Podshohlik – qonxo’rlik demakdir” degan fikrni aytgan?
A) vazir B) to’ng’ich botir C)o’rtancha botir D)kenja botir
2.”Uch og’a-ini botirlar” ertagida aka-ukalar necha yilda otalari yoniga qaytadilar?
A)4 B)3 C)1 D)2 yil
3.”Haykal”, “O’rik gullar” kabi she’rlar kimning qalamiga mansub?
A)H.Olimjon B)Zulfiya C)S.Zununiva D)Mirtemir
4.Hamid Olimjon ijodiy merosi necha jildni tashkil qiladi?
A)besh B)o’n C)o’n besh D)yigirma
5.Hamid Olimjonning ilk she’riy mashqlari qaysi gazetada chop etilardi?
A)”Tong yulduzi” B)”Zarafshon” C)”Uchqun” D)”O’zbekiston ovozi”
6.Qaysi qatorda Aka-ika Grimmlar hayoti va ijodiga oid noto’g’ri ma’lumot berilgan?
A)”Bolalar va oilaviy ertaklar” nomli uch jildlik kitobi 1812-1822-yillar oralig’ida yozilgan.
B)Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo’lishgan.
C)Aka-uka Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas.
D)”Yosh pahlavon” ertagining bosh qahramoni Gans boshidan ko’p sarguzashtlarni o’tkazadi.
7.”Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidagi zolim xonni qayerda qo’lga oladilar?
A)taxtda o’tirganida B)og’ilda C)xazinada D)qochib ketayotganida o’rmonda
8.Quyidagi adiblardan qaysi biri o’ttiz yoshga yetar-yetmas O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqargan, o’ttiz uch yoshida akademik unvonini olgan?
A)M.Shayxzoda B)H.Olimjon C)Oybek D)G’.G’ulom
9.Podshoh vazirini ham o’ldirib yuboribdi. Bechora to’tining begunoh o’lganiga qayg’uribdi, lekin ish o’tgan ekan.
Ushbu parchaga mos keladigan maqol berilgan javobni aniqlang.
A)Boshingga qilich kelsa ham rost gapir. B)So’nggi pushaymon – o’zingga dushman.
C)Aql bo’y bilan o’lchanmas. D)Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar.
10.Buxoroning ba’zi qishloqlarida ertak atamasini qanday nomlashadi?
A) varsaki B) cho’pchak C)ushuk D)mаtal
11.Ertaklar boshlanmasida yasovul ekan deb nima aytiladi?
A)bo’ri B) tulki C) chumchuq D) g’oz
12.”Oygul bilan Baxtiyor” ertagidagi Oygulning otasining ismi?
A) Tarxon B) Darxon C) Tarlon D)Do’rmon
13.”Uch og’a-ini botirlar” ertagida o’rtancha botir navbatchiligida nima bilan (kim bilan) olishadi?
A)sher bilan B)ajdar bilan C) dev bilan D)qaroqchilar bilan
14.”Zolushka”, “Qor qizi” ertaklarining m uallifi qaysi qatorda berilgan?
A)H.Olimjon B)Oybek C)Aka-uka Grimmlar D)Zulfiya
15.”Botir tikuvchi” ertagi qahramoni Gans sotuvchi ayoldan nima sotib oladi?
A)asalli kulcha B)turli shirinliklar C)olxo’ri murabbosi D)olmali tort
16.Albatta, yolg’on so’zlamaymiz, - debdi O’rtancha botir. – bu voqeaga aralashgan bo’lsak, aytmoq lozim.
“Uch og’a-ini botirlar” ertagidan olingan ushbu parchaga qaysi o’zbek xalq maqoli mos keladi?
A)Boshingga qilich kelsa ham rost gapir. B)So’nggi pushaymon – o’zingga dushman.
C) Achchig’ing chiqsa ham, aqling qochmasin. D)Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar.
17.Hamid Olimjon qalamiga mansub “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni haqida berilgan noto’g’ri hukmni aniqlang?
A)Ertak-doston yeti bo’g’inli she’riy yo’lda yozilgan.
B)Asarda yovuz xonning qo’lga olinishi hayvon saqlanadigan joyda “amalga oshiriladi”.
C)Oygul Jurjon yurtining podshosi xazinasidan olingan gavharni cholga sotib kelish uchun beradi.
D)Jambil yurtiga qul Tarlon podshoh etib tayinlanadi, Oygul Baxtiyor bilan birga Susambilga qaytadi.
18.Bolalar yo’l oldi chopishib, chaqqon,
Darvozadan to’g’ri polizga tomon. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A)”Oygul bilan Baxtiyor” B)”Uch og’a-ini botirlar”
C)”Roksananing ko’z yoshlari” D)”Botir tikuvchi”
19.H.Olimjonning zamonaviy mavzudagi dramasi qanday nomlanadi?
A) “Muqanna” B)”Jaloliddin Manguberdi”C) “Jinoyat” D) “Olma gullaganda”
20.”Va’da – ulug’ narsa, uni buzish yaramaydi” Ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
A)”Qor malikasi” B)”Uch og’ayni botirlar” C)”Oygul bilan Baxtiyor” D)”Bulbul
21. Qadimda ishlatilgan “bitik” so’zining hozirgi kundagi ma’nodoshi?
A) kitob B) ochiq C) dunyo D) zamin
22.”Semurg’”, “Zaynab va Omon” kabi ballada va dostonlar kimning qalamiga mansub?
A)Zulfiya B)Aka-uka Grimmlar C)Oybek D)Hamid Olimjon
Do'stlaringiz bilan baham: |