Adabiyot – 2020/6 (E.Vohidov, A.Oripov, A.Obidjon)
1.”Baloga qolgan futbolchi”, “Ajinasi bor yo’llar” kabi asarlar qaysi ijodkor qalamiga mansub?
A)H.Olimjon B)A.Oripov C)A.Obidjon D)E.Vohidov
2.E.Vohidovning qaysi asarida xalqlar,millatlar, dinlar o’rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi tasvirlangan? A)”Ishq savdosi” B)”Ruhlar isyoni” C)”Nido” D)”Istanbul fojiasi”
3.A.Oripovning O’zbekiston qasidasida mamlakatimizdagi qaysi viloyat tilga olinadi?
A)Sirdaryo B)Toshkent C)Farg’ona D)Andijon
4.A.Oripov “O’zbekiston” qasidasida kimni ” ko’klamingdan olib sururni,dovrug’ soldi” deya ta’riflaydi?
A) Oybek B)Habib Abdulla C) H.Olimjon D) G.G’ulom.
5.”Tong lavhasi” she’rining muallifi kim?
A)Usmon Nosir B)Mirtemir C)Erkin Vohidov D)Abdulla Oripov
6.E.Vohidovning 1-to’plami qanday nomlanadi?
A)”Tong nafasi” B)”Mitti yulduz ” C)”Qo’shiqlarim sizga” D)”Nido”
7.Quyidagi asarlardan qaysi birini E.Vohidov o’zbekchaga tarjima qilgan?
A)”Faust” B)”Ilohiy komediya” C)”Kukaracha” D)”Hayot bo’stoni”
8.”Ona tuproq”, “Buloq”, “Sevgi” kabi she’rlarning muallifi kim?
A)Usmon Nosir B)Mirtemir C)Erkin Vohidov D)Abdulla Oripov
9.”Nido” dostonidagi qaysi qahramon urushdan uyga qo’lsiz qaytib keladi?
A) Rustamning akasi B) Tal’atning dadasi C) Xol aka D) Hoshim aka
10.A.Oripovning 1-she’riy to’plami qanday nomlanadi?
A)”Mitti yulduz” B)”Ko’klam” C)”Tanish teraklar” D)”O’zbekiston”
11.Anvar Obidjon hayoti va ijodiga oid bo’lmagan ma’lumot berilgan qatorni aniqlang.
A)Farg’ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog’ida tug’ilgan.
B)Chili shoiri Pablo Nerudaga bag’ishlab she’r yozgan.
C)Shoir dastlabki she’riy mashqlarini 14 – 15 yoshida boshlagan.
D)”Yoshlik devoni”, “Charog’bon” nomli bolalarga bag’ishlangan kitoblari o’quvchilar tomonidan iliq kutib olindi.
12.E.Vohidovning dostonlari qaysi qatorda berilgan?
A)”Mening yulduzim”,”Yurak va aql”,”Muhabbat” B)”Lirika”,”Yoshlik devoni”,”Oltin devor”
C)”Hozirgi yoshlar”,”Orzu chashmasi”,”Charog’bon” D)”Quyosh maskani”,”Orzu chashmasi”,”Ruhlar isyoni”
13.Qaysi qatorda E.Vohidov yaratgan dramalar berilgan?
A) “Ruhlar isyoni”,”Nido” B)”Oltin devor”,”Istanbul fojiasi”
C)”Hozirgi yoshlar”,”Muhabbat” D)”Oltin devor”,”Charog’bon”
14.Anvar Obidjonning ilk kitobi qanday nomlangan?
A)”Ona yer” B)”Tuyg’ular” B)”Masxaraboz bola” D)”Mitti yulduz”
15.Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid bo’lmagan ma’lumot berilgan qatorni aniqlang.
A)Italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya” asarini mahorat bilan o’zbekchaga o’girgan.
B)Abdulla Qahhor e’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan.
C)”Yoshlik” jurnalining bosh muharriri sifatida yoshlarning adabiyotga kirib kelishida katta jonbozlik ko’rsatgan.
D)Onasi Turdi Karvon qizi xotirasiga ”Onajon” nomli butun bir kitob ham yozgan.
16.Anvar Obidjon ssenariylari asosida suratga olingan filmlar berilgan qatorni aniqlang.
A)”Navro’z va Boychechak”, “Meshpolvon” B)”Tilsimoy – g’aroyib qizaloq”, “Dahshatli Meshpolvon”
C)”Ajinasi bor yo’llar”, “Masxaraboz bola” D)”To’tiqul”, “Topsang – hay-hay”
17.A.Oripov “O’zbekiston” qasidasida kimda alamim bor deydi?
A) Abdulatifda B) X.Kolumbda C)Beruniyda D)Chingizxonda
18.A.Oripov “O’zbekiston” qasidasining 2-bandida qaysi shoirlarni tilga olgan?
A)Hamid Olimjon va G’.G’ulom B)Oybek va Maqsud Shayxzodalarni
C)Usmon Nosir va Fitratni D)Cho’lpon va Qodiriy
19. A.Oripovning “O’zbekiston “ qasidasi jami necha satrdan iborat?
A) 100 satr B) 120 satr C) 140 satr D) 160 satr
21.A.Oripov “O’zbekiston” qasidasida kimni “She’r ahli aro jahongir” deya ta’riflaydi?
A)Ulug’bekni B)Temurni C)Navoiyni D) Boburni
22.Erkin Vohidov hayoti va ijodiga oid bo’lmagan ma’lumot berilgan qatorni aniqlang.
A)Rus shoiri Sergey Yesenin she’rlarini mahorat bilan o’zbekchaga o’girgan.
B)Yozuvchilar orasida birinchi bo’lib “O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
C)”Nido” dostonida insoniyatga og’ir judoliklar keltirgan urush qattiq qoralangan.
D)”Qo’shiqlarim sizga”, “Yurak va aql” kabi kitoblari nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |