Adabiyot – 2020/5 (Muqimiy, Sheroziy, A.Avloniy)
1.Ijodkor biroz muddat gazetchilik bilan shug‘ullandi. «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida ishladi, ular yopilgach,
«Shuhrat» gazetasini chiqarishga bosh-qosh bo‘ldi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Abdurauf Fitrat B) Hamza Hakimzoda Niyoziy C) Abdulla Avloniy D) Abdulhamid Cho‘lpon
2.Qaysi javobda nomi keltirilgan asar Oybek qalamiga mansub emas?
A) «Mahmud Torobiy» B) «Nur qidirib» C) «Oltin vodiydan shabadalar» D) «Tirilgan murda»
3.”Sayohatnoma” adabiy janr haqidagi qaysi hukm noto’g’ri?
A)nasriy va she’riy usulda yoziladi B)sayohatga chiqish ehtiyoji, sabablari aytiladi
C)yo’l xotiralari batafsil bayon etiladi D)sayohatlardan muayyan xulosa chiqarish shart emas
4.Sa’diyning “Bo’ston” asarida “Odobsiz boladan yo’g’I yaxshiroq” degan gap kimlarda borligi aytilgan? A)arablarda B)forslarda C)xalqimizda D)turklarda
5.A.Navoiy o’zining qaysi asarida Sa’diyning “Guliston” va”Bo’ston” asarlarinin sevib o’qiganini alohida ta’kidlgan? A)”Majolis un-nafois” B)”Lison ut-tayr” C)”Xamsa” D)”Hayrat ul-abror”
6.Sa’diy Sheroziy “Guliton”asarida nimani “Chashmayi ravon va davlati bepoyondur” deb ataydi?
A) ilmni B) boylikni C) hunarni D) aqlni
7.Qo’qonda Furqat, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, G’aribiy, Nasimiy, Mavlaviy va boshqa shoirlardan tashkil topgan yirik adabiy guruhga qaysi adib boshchilik qiladi?
A)A.Avloniy B)A.Qodiriy C)Muqimiy D)Usmon Nosir
8.Eshitdim, adolatli bir podsho
Kiyarkan astar-u avra bo’z qabo.Juda oddiy kiyinadigan shoh haqidagi ushbu misralar qaysi asardan olingan? A)”Guliston” B)”Bo’ston” C)”Sayohatnoma” D)”Hayrat-ul abror”
9.Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga oid quyidagi ma’lumotlarning nechtasi to’g’ri?
1)Toshkentning Mergancha mahallasida hunarmand-to’quvchi oilasida tug’ilgan
2)”Xurshid”gazetasining chiqarilishida bosh-qosh bo’ldi 3)1909-yilda “Jamiyati xayriya” tashkilotini ochdi
4)5ta pyesani ozarbayjon tilidan o’zbekchaga tarjima qildi, 5ta yangi pyesa yozib, ularni sahnalashtirdi 5)”Turon” nomli teatr tashkil qildi A)5 B)4 C)2 D)3
10.Muqimiy o’z sayohati davomida qayerni “xush havo” deb ta’riflaydi?
A)Nursux B)Yaypan C)Qudash D)Yakkatut
11.Sa’diyning “Bo’ston” asarida Buloq boshiga :
Ko’plar ham bu chashma boshiga yetdi, Suv ichdi, dunyodan ko’z yumib ketdi.
Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go’rga o’zi ketdi, olgani qoldi” Degan so’zlarni kim yozdirgan deydi?
A)Sulaymon B)Iskandar C)Jamshid D)Dovud
12.Sa’diyning “Bo’ston” asarida aytilishicha, payg’ambar nima uchun bir musofirning gunohini qozidan so’rab oldi? A)tashnalikda qolgan itga suv bergani uchun B)hunarli bo’lgani uchun
C)doim ilm o’rgangani uchun D)podshohni o’z donoligi bilan lol qoldirgani uchun
13………… din o’tdim , boylari – Oliy imorat joylari,
Mehmonsiz o’tkay oylari, Kelsa birov nochor ekan.
“Sayohatnoma” dan olingan ushbu parchada qaysi joy ta’riflanmoqda?
A)Roshidon B)Oltiariq C)Oq yer D)Nursux
14.Sa’diyning “Bo’ston” asaridan olingan ushbu she’rning janrini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |