Adabiy til



Download 74,5 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2022
Hajmi74,5 Kb.
#570005
1   2   3
Bog'liq
Adabiy til. Jonli so`zlashuv tili

JONLI SO`ZLASHUV TILI


Jonli so`zlashuv tili umumxalq til ko`rinishlaridan biri bo`lib, bir tomonlama adabiy so`zlashuv tili, ikkinchi tomonlama esa hududiy dialеktlar xaraktеriga ega bo`lgan til ko`rinishidir. Uning o`z xaraktеri va tеrminlari mavjudligi masalasida Е. Polivanov to`xtalib, jonli so`zlashuv tilining uch xil nomlanishi xususida fikr yuritadi. Bular: a) dialеkt xaraktеridagi so`zlashuv tili; b) oddiy so`zlashuv tili; s) adabiy so`zlashuv tili, - dеgan xulosaga kеladi. To`g`ri, bular turli xil ma'nolar ifodalaydi, biroq, har bir ifodaning anglatgan ma'nosi bir-biriga yaqin bo`ladi. Aytaylik, XIX asr oxiri XX asr boshlari o`zbеk adabiy til xususiyatarini o`rganmoqchi bo`lsak, unda oddiy so`zlashuv tili hamda xududiy dialеktlar o`rtasidagi munosabatlar farqlangan. Jonli so`zlashuv tili ifodasi boshqacha, ya'ni ko`p qirrali tushuncha hisoblanadi.
Birinchidan, jonli so`zlashuv umumxalq til ko`rinishlaridan biri bo`lib, xalq so`zlashuv tili va adabiy til imkoniyatlari asosida shakllanib boradi.
Ikkinchidan, jonli so`zlashuv tili imkoniyatlari chеgaralangan bo`lib, adabiy til normalariga mos kеlmaydi. Ko`rinadiki, jonli so`zlashuv tili adabiy til va uning normalariga mos kеlishi va kеlmasligi mumkin. Shunga ko`ra jonli so`zlashuv tili va adabiy til o`rtasidagi tafovutlarni aniq ko`rsatib o`tish lozim bo`ladi. O`z navbatida jonli so`zlashuv tilining quyidagi bеlgilari mavjud ekanligini aytib o`tish lozim.
1) ishlanmaganlik (nеytral ma'no);
2) uslubiy bo`yoqqa ega emas, ya'ni uslubiy ma'no ifoda
etmaslik;
3) ma'lum bir tilda so`zlashuvchi jamoaning hammasi uchun
umumiylik va majburiylikka ega emaslik;
4) yozma shaklga ega emaslik;
ko`p ma'nolilik vazifasini bajarmaslik, sinonim va
variant usullariga ega emaslik.
Shu xususiyatlarning mavjud emasligiga qaramay, jonli so`zlashuv tili adabiy til taraqqiyotiga muhim xizmat qiluvchi til ko`rinishlaridan biridir. Xususan, badiiy asar tilida oddiy so`zlashuv til elеmеntlari badiiy asarning muhim jihatlarini ochib bеruvchi xususiyatlarga egadir.
Shunday qilib, oddiy so`zlashuv tili til normalariga amal qilgan holda milliy til tizimi taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etib boradi. Xulosa qilib aytganda, adabiy til va jonli so`zlashuv tili umumxalq til tizimidagi muhim ko`rinishlardan biri bo`lib, har qanday milliy til va uning ravnaqi hamda taraqqiyotida muhim o`rin tutadi. Xususan, adabiy til o`z til ichki imkoniyatlarini zamon ruhi asosida boyib, rivojlanib, takomillashib borishi uchun xizmat qilsa, jonli so`zlashuv tili mavjud tilning xalqchilligini, soddaligi va xalq uchun tushunarli bo`lishini ta'minlaydi. Bu, shubhasiz, ijtimoiy ma'no va mazmun kasb etadi. Yozuvchi tomonidan adabiy til va jonli so`zlashuv tilida tanlab olingan barcha til vositalari majmui yozuvchi tilini tashkil qiladi. Yozuvchi tilini o`rganishda asosiy diqqat muallifning adabiy tildan nimalarni o`z asari uchun tanlab olganligiga jalb qilinadi.
Yozuvchi ushbu yozish uslubi, muallif tomonidan tanlab olingan til vositalarini ishlatish, undan foydalanish usulidir. Yozuvchi uslubini o`rganish uning eng yaxshi individual, ta`sirchan va obrazli ifodalar yaratishda tanlab olingan umumtil vositalaridan qanday foydalanishga ko`proq diqqat qilinadi. Demak, yozuvchining uslubi, uning dunyoqarashi, adabiy - badiiy oqim, asarning mavzui, janri, g`oyaviy yo`nalishi va muallifning individual badiiy g`oyasiga asoslangan yozish uslubidir.
SShuni qayt etish kerakki, adabiy til tarixiga nisbatan til uslublari masalasi tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan qaralish zarur. Chunki, til uslublari tarixiy kategoriyadir.
O`zbek adabiy tili tarixida yozuvchilarning tili o`rganiladi. Muallif yashagan davr adabiy tili xususiyatlarining aks etishi aniqlanadi. Shuningdek, o`zbek adabiy tili tarixida yozuvchining o`z davri adabiy tilida qanday yangiliklar kiritganligi, uning o`zbek adabiy tilining keyingi taraqqiyotiga qanday ta`sir ko`rsatganligi aniqlanadi. Chunki, tildan foydalanish davomida yozuvchi adabiy til, milliy tilning shakllanishi va taraqqiyot bilan mos ravishda adabiy tilning rivojiga katta hissa qo`shadi. Umumxalq milliy tilini yanada takomillashtirishga ko`maklashadi.
Adabiy til ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida o`zgarib turadi. Adabiy tilning ijtimoiy funksiyasi til tarixining eng muhim masalalaridan biridir. Bu masala adabiy til tarixining madaniyat va ijtimoiy tafakkur tarixi bilan, adabiyot va adabiy yo`nalishlar tarixi bilan bog`liqliginigina emas,balki turli davrlarda adabiy til tarixining ijtimoiy-g`oyaviy kurash bilan aloqadorligini ham taqozo etadi. M: o`zbek adabiy tilining XIV-XV asrlardagi taraqqiyotining, ayniqsa Alisher Navoiyning adabiy tilga xos faoliyatining asosiy manbalarini u asos solgan eski o`zbek adabiy tili sohasida erishilgan yuksak muvaffaqiyatlari, shu davrda yashagan yirik ijtimoiy fikr va adabiyot namoyondalarining g`oyaviy-siyosiy nuqtai nazaridan, fikrlarini hisobga olmay turib to`g`ri tushuni b bo`lmaydi. Ana shuni ng o`ziyoq o`zbek adabiy tili tarixida ekstarlingvistik omillarning naqadar muhim rol o`ynashini ochiq ko`rsatadi.
Yozma yodgorliklarning janr xususiyati va nutq vositalarini tanlab ishlatish bilan bog`liq ravishda adabiy til uslublari bir qancha guruhga bo`linadi. O`zbek adabiy tilida quyidagi uslub turlarini ko`rsatish mumkin:
a) Adabiy-badiiy uslub. Bu tur tarkibida nazm uslubi va nasriy uslubning xususiyati bilan bog`liq ravishda bir qancha guruhlar ajratiladi;
b) Ilmiy bayon uslubi. Turlicha fan sohalarining xususiyatlari bilan bog`liq ravishda bu tur ham bir qancha guruhlarga (iqtisodiy fanlar uslubi kabi) bo`linadi;
v) Ijtimoiy-publisistik uslub. Ya`ni turli ijtimoiy-siyosiy mavzularda yozilgan asarlar (maqolalar, ocherklar kabi) uslubi;
g) Ishlab chiqarish texnik uslub. Bunga turli kasblar va texnikaga doir asarlar uslubi kiradi;
d) Rasmiy hujjatlar, maxsus ish yuritish uslubi. Bu o`z navbatida, qonunlar, har xil buyruqlar va farmonlar, ish yuritish hujjatlari kabilar kiradi;
e) Adabiy tilning alohida uslub turi sifatida yozishmalar, nomalar va xatlarga doir uslubini ko`rsatish mumkin.
Adabiy til tarixining turli davrlarida uning uslublari, ularning xizmat doiralari ham o`zgarib turadi. Ammo barcha uslublar uchun o`zbek adabiy tilining grammatik qurilishi va keng iste`molda bo`lgan «betaraf» so`zlar umumiy bo`lib qoladi.
Badiiy adabiyot tili adabiy tilning o`ziga xos xususiyalariga ega bo`lgan ko`rinishlaridan biridir. Badiiy adabiyot tili ham til taraqqiyotining umumiy qonuniyatlariga bo`ysunadi. Tilning aloqavositasi bo`lishdek asosiy vazifasi, tabiiyki, badiiy adabiyot tili uchun ham zaruriy bo`lib qoladi.
Badiiy adabiyot tilining murakkab va o`ziga xosligi shundaki, u tilning adabiy bo`lmagan xilma-xil ko`rinishlarini, qatlamlarini ham keng ravishda o`ziga singdirib boradi. Shuningdek, badiiy adabiyot tilida adabiy tilning turli-tuman uslublari keng qo`llanishi mumkin. Ma`lumki, umumxalq tilining lug`aviy-iboraviy va grammatik xususiyatlarini hisobga olmay turib, badiiy adabiyot tilining o`ziga xosligini aniqlab bo`lmaydi. hu bilan birga badiiy asar tilida umuman uning obrazlari tizimi asar mazmuniga, janri va uslubiy jihatlariga asoslangan bo`ladi. Badiiy adabiyot tilining eng muhim xususiyati – kishi xarakterining juda ko`p qirralarini to`liq aks etirish, jonli individual nutqning rang-barangligi, bo`yoqdorligi va nozikliklarini mukammal ifodalashdir.
Yozuvchi jonli individual nutqning barcha boyiklariga katta e`tibor beradi. Nutqiy amaliyot malakalarini umumlashtirish asosida uning eng muhim, eng yaxshi, xarakterli xususiyatlarini tanlab oladi. ulardan turlicha foydalanish, obrazlar yaratish, aks ettirishda keng foydalanadi.
Badiiy his-hayajonlik, obrazlilik, ta`sirchanlik kabilar bevosita badiiy adabiyot tiliga xos xususiyatlardir. Badiiy asarning badiiyligi, birinchi navbatda, uning tilida namoyon bo`ladi. Adabiyot asaridan olingan zavq, kishida yuzaga keladigan his-hayajon, har xil tuyg`ular ham uning tili bilan bog`langan. Badiiy asar tilining hayajonliligi esa uning ifodaliligi, ta`sirchanligi bilan, obrazliligi bilan bog`langan. hu jihatdan badiiy adabiyot asarlari til jihatdan tadqiq etilganda, uning ikki tomoniga – yozuvchining tiliga va uning uslubiga ko`proq e`tibor beriladi.
Yozuvchining tili adabiy tildan va jonli so`zlashuv tilidan tanlab olingan til vositalari yig`indisidir. U tasodifiy va begona til unsurlaridan holi bo`ladi. Unda jonli xalq tilining juda ko`p qirralari ifodalanadi. Kuchli badiiylikka erishiladi. Shuni ng uchun yozuvchi tilini o`rganishda asosiy diqqat uning adabiy tildan nimalarni olganligiga va nimalarni olmaganligiga jalb qilinadi.
Yozuvchining uslubi esa muallifning, yozish, tasvirlash tarzi, usuli, saralab olingan til vositalaridan foydalanish usullaridir. Bunda yozuvchi tanlab olingan til vositalaridan qanday va nima uchun foydalanganligiga e`tibor beriladi. Demak, yozuvchi uslubi – muallifning g`oyaviy dunyoqarashi, adabiy oqimlar, janr, mavzu, asarning g`oyaviy yo`nalishi, muallifning asosiy g`oyasi kabilar bilan o`zaro bog`liq bo`lgan badiiy tasvirlash usulidir.
Badiiy til va uning adabiy bo`lmagan ko`rinishlarining o`zaro bir-biriga ta`siri badiiy adabiyot tilida ochiq ko`rinadi. Bularning hammasi yozuvchining o`z davri tiliga, uning rivojlanishiga katta ta`sir qilishini ko`rsatadi. Xalq tilining boyligini, uning rang-barangligini, qudratini namoyish qiladi. Uni qadrlashga, yana ham e`zozlashga da`vat etadi.
Adabiy til ma`lum ijtimoiy vazifani bajaradi. Uning bu vazifalari davrlar o`tishi bilan o`zgarib turadi. Adabiy til tarixining bosh masalalaridan biri tilning ijtimoiy vazifalarini aniqlash masalasidir. Bu masala adabiy til tarixining xalq madaniyati tarixi bilan, ijtimoiy tafakkur, adabiyot va adabiy yo`nalishlar, oqimlar tarixi bilan bog`liqligi masalalarini ham qamrab oladi.

Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish