Adabiy til janrlari
Jargonlar Dialektlari
Oddiy so`zlashuv tili
Og`zaki tur Yozma tur
O`zbek adabiy tilining barcha shakllariga xos aniq faktlarni turli davrlarda yashagan yirik yozuvchilarning badiiy asarlarida uchratish mumkin. chunki badiiy asar matnlarida har bir rivojlangan tilning ikki asosiy funksional ko`rinishi – adabiy til va jonli xalq tilining dialektik birligi o`zaro uzviy bog`liqligi ochiq namoyon bo`ldi.
Rus olimlari A.M.hcherbak va V.V.Vinogradovning ko`rsatishicha, til taraqqiyotining ma`lum davrlariga xos adabiy til me`yorlarini badiiy asarlarning matnlarini tahlil qilish orqali belgilash mumkin. Darhaqiqat, XIII-XYI asrlarda eski o`zbek tili uchun Xorazmiy, Durbek, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy kabi shoirlarning asarlari tilini o`rganish, lingvistik tahlil qilish asosida aniqlanadi. O`sha davrlarda yaratilgan yodgoriklarning tili o`z davri xalq tiliga, tushuni shning engilligi jihatdan hozirgi o`zbek adabiy tiliga hamda jonli xalq tiliga ancha yaqin turadi.
Tilning xilma-xil birliklarini badiiy adabiyot asarlarida ishlatish hamma vaqt uslub jihatdan asoslangan bo`ladi. Jumladan, yuqorida tilga olingan shoirlarning, ayniqsa Alisher Navoiyning asarlari XIY-XY asrlarda eski o`zbek adabiy tilining xususiyatlari, uning og`zaki va yozma shakllari, shuni ngdek jonli xalq tili hamda adabiy tilning og`zaki shakli qanday ekanligi to`g`risida aniq tasavvur bera oladi.
Yozuvchi o`z asarlarida turli darajadagi til birliklarining ma`lum qolipga solingan, takomillashgan namunalarini, shakllarini ishlatadi. Shuni ng uchun til ifoda vositalarining normativligi, tartib-qoidalari badiiy asarlarda ko`proq va aniqroq namoyon bo`ladi. Demak, tegishli turli davrlarda tegishli badiiy asarlarning til xususiyatlarini o`rganish o`sha davr til tizimini tushuni b olish imkonini beradi. Badiiy asar tilini o`rganish bir xil lingvistik tekshirishlarning ikki jihatini bir-biri bilan bog`laydi uning ikki tomonini belgilash imkonini beradi, ya`ni badiiy asar matnlarida adabiy til me`yorlari hamda ma`lum darajada jonli xalq tilining xususiyatlari aks etganligi aniqlanadi.
Til xodisalarini to`g`ri va chuqur tushungan holda keng ilmiy tahlil qilish, hozirgi jonli xalqq tili, so`zlashuv nutqi xususiyatlari bilan adabiy tilning og`zaki va yozma shakllari faktlarini qiyoslab o`rganish natijalari o`tmishdagi jonli xalq tilining ayrim xususiyatlarini bilib olishda ma`lum asos bo`lishi mumkin.
Yozma manbalar asosida o`tgan asrlardagi jonli xalq tili, so`zlashuv nutqi xususiyatlarini o`rganishda tarixiy obidalarni, badiiy asarlarning matnlarini ayniqsa, o`z davriga xos nutq amaliyotini aks ettiruvchi asarlarni tanla juda muhim ahamiyat kasb etadi. M: V.O`rinboevning o`zbek so`zlashuv nutqini o`rganishga bag`ishlangan ishlarida bunday xulosalar asosan badiiy asar matnlariga asoslanadi.
Odatda bunday asar matnlarining uch turi ko`proq qo`llanadi: muallif hikoyasi (xabar matni): asar qahramonlarining tili va muallifning qahramonlarga bergan xarakteristikasi. Muallif hikoyasiga asoslangan matnlar adabiy tilning eng yaxshi namunasi hisoblanadi. Bu xil matnlarda uslub va ta`sirchanlik jihatidan betaraf bo`lgan til vositalari ko`proq ishlatiladi, shular asosida adabiy tilning og`zaki va yozma unsurlari qo`llanadi. Navoiy, Bobur, Abdulqozixon kabi yozuvchilarning prozaik asarlarida Hamza, A.Qodiriy, Oybek, G`ofur G`ulom asarlarida ana sShunday matnlar juda ko`p bo`lib, ularda badiiy hikoya me`yori, adabiy tilning betaraf kitobiy va so`zlashuv unsurlarini qo`llash me`riy ochiq namoyon bo`ladi. Asar qahramonlarining tilida ularning ijtimoiy ahvoliga bog`liq ravishda so`zlashuv nutqiga xos barcha vositalarni – adabiy til va adabiy tilga xos bo`lmagan barcha unsurlarni qo`llash mumkin. Qahramonlarning til xarakteristikasiga bag`ishlangan matnlarda esa yozuvchi adabiy tilga xos bo`lmagan so`zlashuv nutqining barcha vositalarini – adabiy til va adabiy tilga xos bo`lmagan barcha unsurlarni qo`llash mumkin. Qahramonlarning til xarakteristikasiga bag`ishlangan matnlarda esa yozuvchi adabiy tilga xos bo`lmagan so`zlashuv nutqining unsurlarini – oddiy so`z va iboralarni ham, sheva va jargonlarga xos so`zlarni ham ishlatadi. Demak, o`zbek adabiy tili tilning turli davrlardagi taraqqiyot xususiyatlarini belgilashda eng asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Unda tilning tabiati o`z ifodasini topadi.
Adabiy til uslublari haqida umumiy ma`lumot.
Adabiy til uslublarining urlari.
Adabiy til uslublarini o`rganishda o`zbek adabiy tili tarixi fanidan tutgan o`rni.
Adabiy til taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`ziga xos uslublari mavjud bo`ladi, chunki adabiy til uslublari tizmida tashkil topgan. hunga ko`ra adabiy til tarixi, asosan uning uslublari tarixini o`rganishni qamrab oladi. Jamiyatning rivojlanishi bilan bog`liq ravishda har bir davr adabiy til uslublarining miqdori, uning xarakterli xususiyatlari va ular orasidagi o`zaro munosabat o`zgarib turadi. Adabiy til tarixi matnlar tili tarixidan iborat bo`lib, har bir davrga oid bu matnlarning til xususiyatlari bilan ajralib turadigan matnlar guruhini belgilaydi. Ma`lum guruhga kirgan yodgorliklaning til xususiyatlari yig`indisi, umumlashmasi haqida hamda adabiy tilning turlicha uslublari haqida ma`lumot beradi.
Uslub tilning tarixan takib topgan bir ko`rinishi bo`lib, o`ziga xos tarkibi birikish xususiyati va nutq vositalani va qo`llash qonuniyatlari bilan ajoalib turadi. Adabiy til uslubi - bu ma`lum darajada adabiy til matnlarida o`zining aniq ifodasini topgpn uslubiy bo`yoqdor hamda uslub jihatdan betaraf til unsurlarni ongli ravishda tanlash asosida tashkil topgan ma`lum tizimdir. Adabiy til uslublari faqat uning tizimini tashkil etish xususiyatlari jihatidangina emas, balki u yoki bu uslub tizimining yuzaga kelishi uchun asos bo`lgan omillar nuqtai nazaridan ham ajralib turadi. hu jihatdan dastlab funksional uslublarni ko`rsatish mumkin. bu uslublar tizimining xususiyati uning ishlatilishi doirasi, bu uslublarning ijtimoiy qo`llanish sohalari bilan bog`liq. Jumladan, hozirgi o`zbek adabiy tilining publisistik yoki professional- texnik uslblaridan, boshqa funksional uslublarda bo`lganidek, til vositalarini tanlash va tartibga keltirish shu matnlarning mazmuni, mohiyatini hamda ishlatilish sohasining o`ziga xos xususiyati bilan bog`langan.
Funksional uslublar bilan bir qatorda individual uslublar ham bor. Bu usullar tizimining xususiyati shundan iboratki, unda muallif o`z individual nuqtai nazari va didiga mos ravishda tilning sinonimik ifoda vositalaoini tanlab oladi. Individual uslublar asosan badiiy asarlar tilida qo`llanadi, unda qayta uslubiy bo`yoq oladi. Turli janrlarga va adabiy - badiiy yo`nalishlarga xos uslublar bilan birga ishlatiladi. Bu o`z navbatida badiiy asarlarda yozuvchi tili va yozuvchi uslubini farqlash zarurligini ham keltirib chiqaradi.
Yozuvchi tomonidan adabiy til va jonli so`zlashuv tilida tanlab olingan barcha til vositalari majmui yozuvchi tilini tashkil qiladi. Yozuvchi tilini o`rganishda asosiy diqqat muallifning adabiy tildan nimalarni o`z asari uchun tanlab olganligiga jalb qilinadi.
Yozuvchi ushbu yozish uslubi, muallif tomonidan tanlab olingan til vositalarini ishlatish, undan foydalanish usulidir. Yozuvchi uslubini o`rganish uning eng yaxshi individual, ta`sirchan va obrazli ifodalar yaratishda tanlab olingan umumtil vositalaridan qanday foydalanishga ko`proq diqqat qilinadi. Demak, yozuvchining uslubi, uning dunyoqarashi, adabiy - badiiy oqim, asarning mavzui, janri, g`oyaviy yo`nalishi va muallifning individual badiiy g`oyasiga asoslangan yozish uslubidir.
SShuni qayt etish kerakki, adabiy til tarixiga nisbatan til uslublari masalasi tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan qaralish zarur. Chunki, til uslublari tarixiy kategoriyadir.
O`zbek adabiy tili tarixida yozuvchilarning tili o`rganiladi. Muallif yashagan davr adabiy tili xususiyatlarining aks etishi aniqlanadi. Shuningdek, o`zbek adabiy tili tarixida yozuvchining o`z davri adabiy tilida qanday yangiliklar kiritganligi, uning o`zbek adabiy tilining keyingi taraqqiyotiga qanday ta`sir ko`rsatganligi aniqlanadi. Chunki, tildan foydalanish davomida yozuvchi adabiy til, milliy tilning shakllanishi va taraqqiyot bilan mos ravishda adabiy tilning rivojiga katta hissa qo`shadi. Umumxalq milliy tilini yanada takomillashtirishga ko`maklashadi.
Adabiy til ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida o`zgarib turadi. Adabiy tilning ijtimoiy funksiyasi til tarixining eng muhim masalalaridan biridir. Bu masala adabiy til tarixining madaniyat va ijtimoiy tafakkur tarixi bilan, adabiyot va adabiy yo`nalishlar tarixi bilan bog`liqliginigina emas,balki turli davrlarda adabiy til tarixining ijtimoiy-g`oyaviy kurash bilan aloqadorligini ham taqozo etadi. M: o`zbek adabiy tilining XIV-XV asrlardagi taraqqiyotining, ayniqsa Alisher Navoiyning adabiy tilga xos faoliyatining asosiy manbalarini u asos solgan eski o`zbek adabiy tili sohasida erishilgan yuksak muvaffaqiyatlari, shu davrda yashagan yirik ijtimoiy fikr va adabiyot namoyondalarining g`oyaviy-siyosiy nuqtai nazaridan, fikrlarini hisobga olmay turib to`g`ri tushuni b bo`lmaydi. Ana shuni ng o`ziyoq o`zbek adabiy tili tarixida ekstarlingvistik omillarning naqadar muhim rol o`ynashini ochiq ko`rsatadi.
Yozma yodgorliklarning janr xususiyati va nutq vositalarini tanlab ishlatish bilan bog`liq ravishda adabiy til uslublari bir qancha guruhga bo`linadi. O`zbek adabiy tilida quyidagi uslub turlarini ko`rsatish mumkin:
a) Adabiy-badiiy uslub. Bu tur tarkibida nazm uslubi va nasriy uslubning xususiyati bilan bog`liq ravishda bir qancha guruhlar ajratiladi;
b) Ilmiy bayon uslubi. Turlicha fan sohalarining xususiyatlari bilan bog`liq ravishda bu tur ham bir qancha guruhlarga (iqtisodiy fanlar uslubi kabi) bo`linadi;
v) Ijtimoiy-publisistik uslub. Ya`ni turli ijtimoiy-siyosiy mavzularda yozilgan asarlar (maqolalar, ocherklar kabi) uslubi;
g) Ishlab chiqarish texnik uslub. Bunga turli kasblar va texnikaga doir asarlar uslubi kiradi;
d) Rasmiy hujjatlar, maxsus ish yuritish uslubi. Bu o`z navbatida, qonunlar, har xil buyruqlar va farmonlar, ish yuritish hujjatlari kabilar kiradi;
e) Adabiy tilning alohida uslub turi sifatida yozishmalar, nomalar va xatlarga doir uslubini ko`rsatish mumkin.
Adabiy til tarixining turli davrlarida uning uslublari, ularning xizmat doiralari ham o`zgarib turadi. Ammo barcha uslublar uchun o`zbek adabiy tilining grammatik qurilishi va keng iste`molda bo`lgan «betaraf» so`zlar umumiy bo`lib qoladi.
Badiiy adabiyot tili adabiy tilning o`ziga xos xususiyalariga ega bo`lgan ko`rinishlaridan biridir. Badiiy adabiyot tili ham til taraqqiyotining umumiy qonuniyatlariga bo`ysunadi. Tilning aloqavositasi bo`lishdek asosiy vazifasi, tabiiyki, badiiy adabiyot tili uchun ham zaruriy bo`lib qoladi.
Badiiy adabiyot tilining murakkab va o`ziga xosligi shundaki, u tilning adabiy bo`lmagan xilma-xil ko`rinishlarini, qatlamlarini ham keng ravishda o`ziga singdirib boradi. Shuningdek, badiiy adabiyot tilida adabiy tilning turli-tuman uslublari keng qo`llanishi mumkin. Ma`lumki, umumxalq tilining lug`aviy-iboraviy va grammatik xususiyatlarini hisobga olmay turib, badiiy adabiyot tilining o`ziga xosligini aniqlab bo`lmaydi. hu bilan birga badiiy asar tilida umuman uning obrazlari tizimi asar mazmuniga, janri va uslubiy jihatlariga asoslangan bo`ladi. Badiiy adabiyot tilining eng muhim xususiyati – kishi xarakterining juda ko`p qirralarini to`liq aks etirish, jonli individual nutqning rang-barangligi, bo`yoqdorligi va nozikliklarini mukammal ifodalashdir.
Yozuvchi jonli individual nutqning barcha boyiklariga katta e`tibor beradi. Nutqiy amaliyot malakalarini umumlashtirish asosida uning eng muhim, eng yaxshi, xarakterli xususiyatlarini tanlab oladi. ulardan turlicha foydalanish, obrazlar yaratish, aks ettirishda keng foydalanadi.
Badiiy his-hayajonlik, obrazlilik, ta`sirchanlik kabilar bevosita badiiy adabiyot tiliga xos xususiyatlardir. Badiiy asarning badiiyligi, birinchi navbatda, uning tilida namoyon bo`ladi. Adabiyot asaridan olingan zavq, kishida yuzaga keladigan his-hayajon, har xil tuyg`ular ham uning tili bilan bog`langan. Badiiy asar tilining hayajonliligi esa uning ifodaliligi, ta`sirchanligi bilan, obrazliligi bilan bog`langan. hu jihatdan badiiy adabiyot asarlari til jihatdan tadqiq etilganda, uning ikki tomoniga – yozuvchining tiliga va uning uslubiga ko`proq e`tibor beriladi.
Yozuvchining tili adabiy tildan va jonli so`zlashuv tilidan tanlab olingan til vositalari yig`indisidir. U tasodifiy va begona til unsurlaridan holi bo`ladi. Unda jonli xalq tilining juda ko`p qirralari ifodalanadi. Kuchli badiiylikka erishiladi. Shuni ng uchun yozuvchi tilini o`rganishda asosiy diqqat uning adabiy tildan nimalarni olganligiga va nimalarni olmaganligiga jalb qilinadi.
Yozuvchining uslubi esa muallifning, yozish, tasvirlash tarzi, usuli, saralab olingan til vositalaridan foydalanish usullaridir. Bunda yozuvchi tanlab olingan til vositalaridan qanday va nima uchun foydalanganligiga e`tibor beriladi. Demak, yozuvchi uslubi – muallifning g`oyaviy dunyoqarashi, adabiy oqimlar, janr, mavzu, asarning g`oyaviy yo`nalishi, muallifning asosiy g`oyasi kabilar bilan o`zaro bog`liq bo`lgan badiiy tasvirlash usulidir.
Badiiy til va uning adabiy bo`lmagan ko`rinishlarining o`zaro bir-biriga ta`siri badiiy adabiyot tilida ochiq ko`rinadi. Bularning hammasi yozuvchining o`z davri tiliga, uning rivojlanishiga katta ta`sir qilishini ko`rsatadi. Xalq tilining boyligini, uning rang-barangligini, qudratini namoyish qiladi. Uni qadrlashga, yana ham e`zozlashga da`vat etadi.
Adabiy til ma`lum ijtimoiy vazifani bajaradi. Uning bu vazifalari davrlar o`tishi bilan o`zgarib turadi. Adabiy til tarixining bosh masalalaridan biri tilning ijtimoiy vazifalarini aniqlash masalasidir. Bu masala adabiy til tarixining xalq madaniyati tarixi bilan, ijtimoiy tafakkur, adabiyot va adabiy yo`nalishlar, oqimlar tarixi bilan bog`liqligi
Do'stlaringiz bilan baham: |