Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’ach quyosh.
Mavlaviy janoblari bu alangali g’azalni eshitish bilan hayrat dengiziga cho’mib, shunday dedi: “Volloh, agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning o’n-o’n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g’azalga almashardim va buning yuzaga chiqishini zo’r muvafffaqiyat hisoblardim”.
Bu og’zaki bo’lib o’tgan mulohazadan ko’rinadiki, alloma Alisher Navoiy yigitlik davridayoq “o’z zamonining malik ul-kalomi” nazariga tushgan va poetik mahoratining yuksakligi sababli ularni qoyil qoldirgan.
2. Sharq mumtoz adabiyotida shoir va shoirlik haqidagi mulohazalar dostonlar, she’rlar tarkibida ifoda qilingan. Jumladan, Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida nasr va nazm, ma’no va shakl haqida shunday so’z yuritiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |