Adabiy manbalar sharxi oziq-ovqat biotexnologiyasida gen injeneriya usuli Gen injeneriyasining ahamiyati



Download 1,82 Mb.
bet3/13
Sana28.06.2022
Hajmi1,82 Mb.
#713269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1.2 Gen injeneriyasining ahamiyati
Genetik va hujayra injeneriyasi metodlarining rivojlanisni va ular yordamida sanoat miqyosida ishlatiladigan organizmlarning yuqori mahsuldor shakllarini yaratilishi. Biotexnologiya so'zi yunoncha so'zlar yig'indisi bo'lib, «bios» — hayot, «texne» - sanoat, texnika va «logos» — tushuncha, ta'limot ma'nolarini bildiradi. «Biotexnologiya» atamasini 1917-yilda venger injeneri Karl Ereki kiritgan. U bu atamani oziqa sifatida shakar lavlagidan foydalanib, cho'chqalarni boqish va ulardan qo'shimcha mahsulot olish jarayoniga nisbatan ishlatgan. Erekining fikricha, biotexnologiya - bu, «tirik organizmlar yordamida xomashyo mahsulotlaridan u yoki bu mahsulot tay-yorlashda bajariladigan barcha turdagi ishlardir».Ammo bu ilkr qanchalik aniq bo'lishiga qaramasdan, keng tarqalmadi. Uzoq vaqt davomida «biotexnologiya» atamasi bir-biridan anchagina uzoqda turadigan ikki yo'nalishga nisbatan ishlatib kelindi. Bu yo'nalishlarning biri - ishlab chiqarish darajasidagi fermentasiya jarayoni bo'lsa, ikkinchisi hozirgi vaqtda ergonomika (inson bilan faoliyat ko'rsatib turgan tizimning boshqa elemenUari orasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganadigan fan tarmog'i) deb yuritiladigan soha bo'lgan.1961-yil shved mikrobiolog Karl Gyoren Xeden «Mikrobiologik va kimyoviy muhandisiik va texnologiyalar» («Journal of Microbiological and Biochemical Engineering and Technology») jurnalida biotexnologiyani «Biotexnologiya va bioinjeneriya» («Biotechnology and Bioengineering») deb atash kerakligini asoslab bergandan keyin, hamma tortishuvlar o'z o'rnini topgandek bo'ldi. Chunki bu jurnal amaliy mikrobiologiya va sanoat fermentasiyasi sohalarida bajarilgan tadqiqotlarning natijalarini chop qilishga mo'l-jallangan edi. Shu davrdan boshlab, biotexnologiya atamasi - «tirik orga­nizmlar, biologik tizimlar va jarayonlar ishtirokida (yordamida) mahsulotlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish» jarayonlariga nisbatan ishlatiladigan bo'ldi.
1-sxema Sanoat miqyosidagi biotexnologik jarayonlar bosqichlari





Xomashyo










It










Boshlang'ich ishlov berish

1 -bosqich




Jl







■Fermentatsiya va biotransformatsiya

2-bosqich




41










Oxirgi ishlov berish

3-bosqich







JL










Mahsulot




Biotexnologiya mikrobiologiya, biokimyo, molekuiyar biologiya va kimyoviy injenerlik fanlarining yutuqlariga tayanadi. Sanoat miqyosidagi biotexnologik jarayonlar, odatda, 3 asosiy bosqichdan iborat: 1-boshlang'ich (dastlabki) ishlov berish bosqichida xomashyodan oziqa modda sifatida foydalanish maqsadida, ularda mikroorganizmlarni o'stirish va ko'paytirish mumkin bo'igan holatgacha ishlov berilad 2-bosqich — fermentatsiya va biotransformatsiya bosqichi eng murakkab bosqich bo'lib, u katta bioreaktorlarda (fermentyorlarda) tanlangan produtsent mikroorganizmni eklb ko'paytirish va ulardan kerakli metabolit, masalan, antibiotik, aminokislota, ferment, organik kislota, gormon va h.k. ajratishni o'z ichiga oladi; 3-oxirgi ishlov berish bosqichida tanlangan mahsulotni, u sintez bo'igan va to'plangan (lokalizatsiya bo'igan) joyiga qarab, yoki hujayra ichidan yoki hujayra tashqarisidan (kultural suyuq-ligidan) ajratib olinadi. Biotexnologik tadqiqotlarning maqsadi, yuqorida keltirilgan har bir bosqichning samaradorligini oshirish va inson faoliyati uchun kerakli bo'igan mahsulotlarni sintez qila oladigan (antibiotiklar, vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar va h.k.) mikroorganizmlarni tanlab topish (skrining) yoki yaratish (gen yoki hujayra injeneriyasi, mutagenez, seleksiya usullari yordamida), tanlangan rnikroorga-nizm (produtsent)ning o'sishi, rivojlanishi va kerakli mahsulot sintez qilishi uchun zarur bo'igan sharoitlarni tanlash va sintez bo'igan moddani ajratib olishning iqtisodiy asoslangan usullarini yaratishdan iborat. O'tgan asrning 60-70-yillarigacha bunday tadqiqotlar, ko'proq dastlabki ishlov berish bosqichi doirasida olib borilgan. Keyinroq, fermentatsiya va biotransformatsiya jarayonlarida ishlatiladigan bioreaktorlar (fermentyorlar)ning tuzilishini mukam-mallashtirish, darning hajmini kattalashtirish ustida ilmiy va amaliy tadqiqotlar oiib borilgan. Shu yoi bilan biotexnologik jarayonlar samaradorligining oshishiga erishilgan. Darhaqiqat, biotexnologik jarayonlarni optimallashtirish jara-yoni eng murakkab jarayon hisoblanadi.Optimallashtirish orqali mikroorganizm mahsuldorligining oshishiga erishilgan. Samaradorlikni oshirishning yana bir yoii — tabiiy produtsenilarniiig genetik konstruksiyasini o'zgartirish usuli-dir. Bu maqsadda ultrabinafsha nurlar va turii xil kimyoviy mutagen preparatlaming ta'siridan foydalaniladi. Bunday sharoitda mahsu-lotning miqdorini oshirish darajasi biologik omillar bilan chegaralab qo'yilgan boiadi. Masalan, agarda mutant shtamm u yoki bu moddani juda ko'p miqdorda sintez qiladigan boisa, u boshqa metabolik jarayonga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, oqibatda bunday mikroorganizmlarning katta hajmli bioreaktorlarda ko'pa-yishi sekinlashadi va vaqt birligida biomassa to'planishi kamayadi. Shu bilan bir qatorda, «indutsirlangan mutagenez va seleksiya» deb nomlangan, o'z davrida keng ishlatilib, an'anaga aylangan strategiya, yuqori faollikka ega bo'lgan produtsentlar yaratishda katta yordam bergan. Masalan, mana shu yo'l bilan antibiotiklar sintez qiladigan shtammlar yaratilgan. Mikroorganizmlarni genetik mukammalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat: skrining (tanlash) -> baholash. Bujarayonlar serxarajat bo'lib, uzoq vaqt talab qiladi. Bundan tashqari, ushbu usul faqatgina produtsent-mikroorga-nizmida bor bo'lgan belgilarni (xossa va xususiyatlarni) mukam-mallashtirish imkonini beradi, xolos. Mikroorganizmga yangi xusu-siyat bera olmaydi. Shunga qaramasdan, o'tgan asrning 70-yillarida shu usul bilan ko'plab fiziologik faol maoddalarni ishlab chiqarish samaradorligi oshirilgan.



Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish