Adabiy ma’lumotlarga ko’RA



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#531123
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xarakatli va estafetali oyinlar yordamida yosh basketbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish


Jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarning asosiy vositasi sifatida 
Jismoniy mashklarning samaradorligi eng avval ularning mazmuni bilan 
belgilanadi. Jismoniy mashklarning mazmuniga kiruvchi harakatlanish omillari 
harakatlar, amaliyotlar/ning asosiy xossalari bo‘lib, bunga uni bajarish davomida 
organizmdagi funksional sistemalarda hosil bo‘lgan jarayonlar kiradi. Va bunda jismoniy 
xususiyatlarning ro‘yobga chiqishi darajasi hamda psixologik jarayonlar namoyon 
bo‘ladi. 
Muntazam bajarilib turiladigan jismoniy mashqlar tanada moslashuvchi funksional 
va morfologik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Bular esa o‘z navbatida jismoniy 
rivojlanishning ko‘rsatkichlari oshishiga omil bo‘lib, kishi salomatligining holatiga ham 
xissa qo‘shadi. Muvofiq shartlarda ular muhim sog‘lomlashtiruvchi ahamiyatga ega 
bo‘lib, maxsus hollarda esa spetsifik ahamiyat kasb etadi. Jismoniy mashqlar tarbiyaviy 
rolni ham bajaradi. (16,18,23) 
Jismoniy mashqlar yordamida inson o‘z tanasini boshqarish salohiyatiga ham ega 
bo‘lib, o‘z jismoniy kuchini ishlatishga ham qodir bo‘ladi. Bular yordamida hayot uchun 


16 
muhim bulgan harakatlanish omillari shakliy jihatidan o‘rganish imkoniyati paydo 
bo‘ladi. Jismoniy mashqlarning mazmuni ularning shaxsga bo‘lgan ta’sirini belgilaydi. 
Bu mashqlar ko‘p hollarda shaxsga oid bulgan bir qator sifatlarning g‘ayrioddiy 
tarzda namoyon bo‘lishiga turtki bo‘ladi. o‘z xissiyotini boshqarish davomida inson 
o‘zida hayot uchun nihoyatda qimmatli bulgan shaxsiy sifatlarni paydo qiladi, masalan, 
shijoat, qat’iyat, mehnatsevarlik va dadillik.(25,26,27) 
Har qanday jismoniy mashqning majmuini odatda insonga ta’sirlanishning butun 
bir mazmuni bilan ajralib turadi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yoki murabbiy uchun 
kasbiy jihatdan shu narsa nihoyatda muhimki, u ishlayotgan mashqni pedagogik nuqtai 
nazardan har tomonlama baholay bilsin, uning turli jabhalarini ta’limiy va tarbiyaviy 
maqsadlarda ishlatish imkoniyatlarini chamalab chiqa olsin. 
U yoki bu jismoniy mashkning mazmun xususiyatlari uning shaklini belgilab 
beradi. Jismoniy mashqning shaklida uning ichki va tashki tuzilishi namoyon buladi.
Jismoniy mashqning ichki strukturasi turli xil jarayonlarning qonuniy munosibligi bilan 
xarakterlanadi. Bu jarayonlar harakatlanish amaliyotlarining bajarilishini ta’minlaydi. 
Jismoniy mashqlarning tashki strukturasi esa uning zahiriy shakli bo‘lib, bunda 
harakatlanishning makon, vaqt va kuch ishlatish parametrlarining ma’lum bir munosibligi 
bilan xaraterlanadi.(16,30) 
Mashg‘ulotlarning asosiy vositalarini ishlatish uslublari. 
Har qanday harakatlanish amaliyotini o‘rganish jarayonida ma’lum darajada 
poyoniga etgan bosqichlarni ajratsa bo‘ladi va qobiliyatining shakllanishidagi muayyan 
davrlariga to‘g‘ri keladi. Agarda harakat o‘qitish davomida ozmi-ko‘pmi mukammal 
mahorat darajasiga etkazilgan bo‘lsa, uning shakllanishi uch bosqichdan iborat bo‘ladi. 
Va bu bosqichlar tarbiyaviy masalalar jihatidan ham bir-biridan fark qiladi. 
Birinchi bosqichda harakatlanish amliyoti o‘rganiladi. Bunda xarakatlanish 
tatikasini umumiy shaklda bajarish qobiliyati shakllanadi.
Ikkinchi bosqichda o‘rganish jarayoni chuqurroq va batafsilroq xususiyatga ega 


17 
bo‘ladi. Natijada ushbu bosqichda xarakatlanish mahorati aniq shaklga keladi va kisman 
odat tusiga kirib qoladi. (27,28) 
Uchinchi bosqichda harakatlanish amaliyotinig mustaxkamlanishi va tobora 
takomillashishi ta’minlanadi, buning natijasida mustahkam mahorat shakllanadi: 
o‘qitilayotgan shaxs shunday sifatlarga ega bo‘ladiki, bular yordamida ushbu mahoratni 
harakatlanish amaliyotining turli holatlarida maqsadga muvofiq tarzda ishlatish 
imkoniyati hosil bo‘ladi. 
O‘z-o‘zidan ravshanki, mazkur tushuntirish ta’lim jarayonining eng umumiy 
sxemasidir 
xolos, 
aslida 
esauning 
strukturasi 
mashg‘ulotlarning 
yo‘nalishi, 
o‘rganilayotgan harakatlarning xususiyatlari hamda o‘qitilayotgan talabalarning 
qandayligiga qarab belgilanadi.
Masalan yoppasiga umumiy jismoniy tayyorgarlik shaklida olib boriladigan ta’lim 
jarayoni asosan birinchi vaikkinchi bosqichlarda amalga oshiriladi. Xuddi shu narsa 
harakatlanish amaliyotlariga o‘rgatish mobaynida ham kuzatiladi va bunda ushbu 
alomatlar asosiy harakatlanish mashqlariga deboncha sifatida qo‘llaniladi. Boshqa 
hollarda esa uchinchi bosqich muhimroq ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin va bu narsa 
sport mashg‘ulotlari uchun ayniqsa, xarakterlidir.(13,16) 
Dastlabki o‘rganish bosqichida ko‘zlanadigan maqsad bu harakatlanish amaliyoti 
texnikasining asoslarini o‘rganish hamda ushbu harakatlarni juda bo‘lmaganda oddiy 
shaklda bajarish qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida 
xususiy masalalar quyidagilardan iborat: a)harakatlanish amaliyoti vaunga ega bo‘lish 
haqidagi tushunchani hosil qilish; b) harakat texnikasining qismlari /faza yoki 
elementlari/ o‘rganish; v)harkatlanish amaliyotinig umumiy ritmikasini shakllantirish; 
g)kerak bo‘lmagan harakatlar va ijro texnikasining qo‘pol buzilgan formalarini bartaraf 
etish. 
1.2. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlarni o’tkazish uslubiyati. 
Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya metodi va vositasi sifatida boqcha, maktab, 
litsey, kasb xunar kollejlari, O.O’.Yu larida jismoniy tarbiya darsida va trenirovka, 


18 
darsdan tashqari mashg’ulotlarda keng qo’llaniladi. (13,14,16) 
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlar dastur talablariga mos ravishda 
ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalarini xal etishi uchun foydalaniladi. 
Ta’limiy vazifalarga quyidagilar kiradi: yugurish, sakrash, uloqtirish malakalarini 
mustaxkamlash va takomillashtirish shuningdek gimnastika, engil atletika, sport 
o’yinlari, mashg’ulotlarida egalagan malakalarga ega bo’ladi. 
Tarbiyaviy vazifalarga quyidagilar kiradi: jismoniy (tezkorlik, epchillik, kuch, 
tezkorlik, merganlik, chidamlilik) va axloqiy irodaviy sifatlar (jasurlik, xalollik, 
jamoatchilik va x.k). 
Sog’lomlashtirish 
vazifasiga 
o’quvchilarning 
organizimini 
normal 
rivojlantirishga, ularni sog’lig’ini mustaxkamlashga yordam beradi.
Yuqorida aytib o’tilgan vazifalar bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir. 
Ularni xal etishda o’quv tarbiyaviy jarayonni har xil tomonlarini xisobga olish kerak. 
Xuddi shunday, “Och o’rdak” o’yinini o’tkazishda chap berib yugurish tezligini 
takomillashtirish uchun, o’quvchilarda bir vaqtni o’zida dadillikni, ziyraklikni, o’zini 
kuchiga ishonishni rivojlantirish mumkin.(13) 
Jismoniy tarbiya darslaridagi o’yinlarni boshqa mashg’ulot shakllaridan farqi eng 
muximi o’yinni ta’limiy va sog’lomlashtirish tomoniga diqqatni qaratish kerak, 
shuningdek jismoniy tarbiya sifatiga ham. 
Dars uchun o’yin tanlashda, darsni vazifasini, o’quv materialini, o’yinga kiruvchi 
harakat turlarini, o’yinni fiziologik yuklamasini, ishlash uchun shart-sharoitni xisobga 
olish zarur. 
Har bir o’yinda o’yin qatnashchilaridan bilim va malakalarini namayon qilishni 
talab qiladi, uni o’yin jarayonida takomillashtiradi. Elementar o’yinlarga maxsus 
tayyorgarlikni talab qilmay. Biroq shunday o’yinlar borki, murakkab harakatlardan 
tashkil topgan o’yinlar bor. Masalan, quyidagi o’yinlarni o’quvchilarga taklif qilish 
mumkin emas, (“To’p kapitanga”, “To’p o’rtadagiga”) agarda ular to’p oshirishni uni ilib 
olishni bilmasa va raqib bilan bir-biriga tegishida uzatishni, yaxshi reaktsiyaga harakat 
koordinatsiyasini va boshqa zarur bo’lgan sifat va malakalarini egalab ololmaydi.(13,16) 


19 
O’yinga kiritilgan, murakkab harakatlarni shug’ullanuvchilar maxsus mashqlar 
yordamida o’zlashtiradilar. Istisno tariqasida avvaldan o’rgatishni talab qilmaydigan 
elementar va tabbiy harakatlar bo’lishi mumkin. Masalan, “Bo’ri zovurda” o’yinida 
yugurib kelib uzunlikka sakrash tabbiy bo’ladi. Jismoniy tarbiya boshqa vositalari 
o’rtasida o’yinni o’rnini yoki joyini aniqlash zarur va ular o’rtasidagi ketma-ketlik 
metodik jixatdan to’g’ri bo’ladi. Bu esa qo’yilgan vazifani yaxshilab xal etilgan darsni 
zichligini oshirishga va mashqni to’g’ri taqsimlashga yordam beradi. Koordinatsiyasi 
bo’yicha murakkab mashqdan keyin bir joyga to’plangan diqqatni talab qilmaydigan 
ko’proq oddiy topshiriqlarga amal qiladi. Mushaklar, faqat xozirgina tezlik bilan 
ishladilar, keyingi mashqlar (o’yinda) qariyb qatnashmadi yoki boshqacha xarakterdagi 
ishni bajaradi. Shunday qilib, yugurish, sakrash bilan bajariladigan o’yindan keyin yoki 
qarshilik ko’rsatish bilan mashq o’tkazish murakkab koordinatsiyali, muvozanatni 
saqlaydigan, aniq harakatni talab qiladigan, qarshilik ko’rsatish bilan mashqni o’tkazishni 
tavsiya qilinmaydi.
Agarda darsni asosiy qismini hammasi o’yinga bag’ishlangan bo’lsa, bunda 
ko’proq harakatli o’yinlar bilan kamroq harakatlanadigan o’yinlar bilan almashlab olib 
boriladi, shu bilan birga harakatni xarakteri bo’yicha turli-tuman o’yinlar tanlab olinadi.
Harakatli o’yinlarni darsni hamma qismlariga kiritish mumkin. O’yin mazmuni 
shug’ullanuvchilarning tarkibiga va vazifasiga bog’liqdir. Darsni tayyorlov qismiga kam 
harakatli va murakkab bo’lmagan o’yinlarni kiritilishini tavsiya qilinadi, bu o’quvchilarni 
diqqatini tashkil qilishga (“Tun va kun”) yordam beradi, shuningdek o’rtacha harakatdagi 
o’yinlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi harakterdagi mashqlar (“Taqiqlangan 
harakat”) dir. Darsni asosiy qisimda tez yugurish, chap berish yoki aldab o’tish 
chidamlilik, to’siqni oshib o’tish har xil sakrashlar qarshilik ko’rsatish, kurash, 
qo’zg’aluvchan va qo’zg’almaydigan nishonga uloqtirish bilan bajariladigan harakatli 
o’yinlardan foydalaniladi.(13,16,27,28) 
Darsni yakuniy qismida o’rtacha kam harakatchanlikka oid o’yinlar o’tkaziladi, u 
murakkab bo’lmagan o’yin qoidalari bilan diqqatni tashkil qilish uchun o’tkaziladigan 
o’yinlar, darsni asosiy qisimdagi tezlik bilan beriladigan yuklamadan keyin faol dam 


20 
olishga yordam beradi. (“Kim keldi”, “Gurux tik!”). 
Jismoniy tarbiya darsida harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasini o’ziga 
xosligi darsni zichligiga to’g’ri keladiganligini saqlab qolish zarurligi va qisqa 
muddatlilik bilan bog’liqdir. 
Vaqtdan maqsadga muvofiq foydalanishda va o’yinni o’tkazish metodikasini 
to’g’ri tanlash esa darsda zarur bo’lgan zichlikka erishiladi. Shunga erishish uchun, 
barcha o’yinda qatnashuvchi o’yinchilar taxminan bir xil yuklama oladilar. SHu bilan 
bog’liq bo’lgan barcha shug’ullanuvchilarni o’yinda faol qatnashishlari uchun teng 
sharoit yaratib berishga harakat qilishi kerak. 
Odatda harakatli o’yinlarni yoppasiga oid (frontal) metod bilan o’tkaziladi. O’yin 
qatnashchilari barchasi 2-3 guruxlarga bo’linadilar va har bir guruxda bitta va shu 
o’yinni o’zi mustaqil ravishda o’tkaziladi. 
O’yinda guruhga oid metod ham qo’llaniladi. Rahbar o’yinchilarni ikki guruxga 
bo’lib, ularga har xil o’yinlar beradi. Odatda guruxga oid metod turli-tuman ta’limiy 
vazifalarni hal etish ko’zda tutiladi. Masalan, qiz bolalarga “O’yin boshiga to’p berma” 
o’yinini taklif qiladi (basketbol o’yiniga tayyorlash uchun), o’g’il bolalarga “Aylanadan 
tashqarida” (futbol o’yiniga tayyorlaydigan).(15,17,30) 
O’g’il bolalarga chidamlilikni, kuchni rivojlantirishni tarbiyalash uchun qizlarga-
koordinatsion qobiliyatni tarbiyalaydigan o’yin beriladi. O’yinga ma’lum vaqtni 
belgilash shartdir. Chunki uni o’ynovchilarni charchashi, o’yinni etarli darajada 
o’zlashtirmaganligi va boshqa sabablar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. 
Darsda o’yin o’quvchilarni sog’lomlashtirishga qaratilgan bo’lishi kerak. 
Shuning uchun hammadan ko’ra uni maydonchada o’tkazilgani yaxshi. Agarda o’yin 
bino ichida o’tkaziladigan bo’lsa, unda ijobiy ta’sir ko’rsatadigan gigienik sharoit 
yaratilishi kerak.(22,26)) 
Jismoniy tarbiya darslarda harakatli va estafetali o’yinlar mavsumiga karab 
o’qituvchi tomonidan qo’yilgan vazifalarini xisobga olgan xolda rejalashtiradi.
O’qituvchi ishlash sharoitidan kelib chiqqan xolda bu o’yin ro’yxatiga 
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritishi mumkin: shug’ullanuvchilarning milliy tarkibi, 


21 
geografik sharoitiga, shug’ullanuvchilarning tayyorgarligiga mashg’ulotni, jixozlar va 
boshqalar uchun binolar bo’lishi zarur 
Dars mashg’ulolarini ochik xavoda o’tkazganda harakatli o’yinlar faqat aloxida 
engil atletika malakalarini mustaxkamlaydi va takomillashtirishga yordam beradi. Ana 
shu maqsadda tez yugurish, to’siqlardan oshib o’tish, sakrash va uloqtirish bilan 
estafetalar o’tkaziladi. Mashg’ulotlar bino ichida yoki sport zalda o’tkazilganda, ko’p 
joyni talab qilmaydigan o’yinlarni rejalashtiriladi. Bu vaqtda o’quv materiallarini asosini 
gimnastika mashqlari tashkil qiladi, lekin harakat koordinatsiyasini tarbiyalaydigan, 
fazoni mo’ljalga oladigan, sezgi ritmi muvozanat saqlash malakalarini rivojlantiradigan 
va mustaxkamlaydigan o’yinlarni o’tkazish foydalidir. 
O’qituvchi o’quv yilining oxirida o’quv materialini o’zlashtirilishini sifatini 
xisobga oladi va kelgusi o’quv yilida uni rejalashtirish uchun tegishli xulosalar qiladi. 
1.3. Basketbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirishda
harakatli o‘yinlarining o‘rni 
Maktab o‘quvchilari va to‘garaklari qatnashchilari kabi harakatli o‘yinlarida 
ishtirok etuvchilar ham umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari lozim. 
Maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlikka erishish jarayonida turli jismoniy 
mashqlar bilan shug‘ullaniladi. Buning uchun jismoniy mashqlar tasnifini bilish 
maqsadga muvofiqdir.(13,29) 
Tasnif – bu jismoniy mashqlarni muayyan belgilariga ko‘ra guruh va kichik 
guruhchalarga taqsimlanishidir. Turli jismoniy mashqlarning ko‘plab o‘xshash belgilarga 
taqsimlanishidir. Mashqlarni guruhlashga imkon beradigan asosiy belgini aniqlash 
muhimdir. Bu belgi pedagogik jihatdan ahamiyatli bo‘lishi lozim. Turli belgilarga ko‘ra 
tuzilgan, tasniflab ko‘plab amaldagi jismoniy mashqlar bilan tanishishga, ulardan 
zarurlarini qo‘yilgan vazifalarga muvofiq tanlashga, darslik va qo‘llanmalardan zarur 
mashqlar tavsifini tez topishga yordam beradi. 
Ayniqsa, umumiy tasniflarning asosida jismoniy tarbiya vositalarining tarixiy 
shakllangan tizimi va metodlari yotadi: gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm. Bu 


22 
guruhlarning har biri o‘ziga xos ahamiyatga ega va ular yanada kichik tasnifiy 
guruhchalarga bo‘linadi.
Harakatli o‘yinlar. Bu turdagi emotsional harakatlardan iborat murakkab 
faoliyatdir. Bu faoliyat belgilangan qoidalar asosida to‘satdan o‘zgaradigan sharoit va 
vazifalarga bajariladi.(13,30) 
Harakatli o‘yinlar boshqa jismoniy mashqlardan shug‘ullanuvchilar faoliyatini 
tashkil etish va boshqarish xususiyatlari bilan farqlanadi. O‘yin davomida to‘satdan 
o‘zgaradigan vaziyatlarda harakat qilish va tezkorlik, chaqqonlik kabi jismoniy 
fazilatlarni namoyon qilgan holda qisqa muddatda harakat vazifalarini xal etish zaruriyati 
vujudga keladi. 
Bu harakat ko‘nikmalarini mustaqkamlaydi. O‘yin paytida bolalar faoliyati 
obrazli, syujetli va o‘yin vazifalari asosida tashkil etiladi va uzoq muddat bajarishi uchun 
ijobiylarini ishtiyoq bilan va uzoq muddat bajarishi uchun ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi. 
Bu o‘z navbatda ularning organizmiga ta’sirini kuchaytiradi, chidamlilikni 
rivojlantirishga yordam beradi.(22,25,26) 
O‘yin qoidalariga rioya qilish bir-birini taqazo etadigan hatti-harakatni yuzaga 
keltiradi, ahloqiy fazilatlar o‘zaro yordam beradi. O‘yin foaliyati kompleks xarakteriga 
ega turli harakatlar uyg‘unligi ko‘riladi. 
O‘yinning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari undan kichik maktab 
yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ishda foydalanish imkonini beradi. 
Sport jismoniy mashqlarning biror turida yuqori natijaga erishiga qaratilganligi 
bilan tavsiflanadi, kishining ma’naviy va jismoniy kuchlariga yuksak talablar qo‘yadi. 
SHuning uchun u faqat muayyan yosh bosqichning rivojlanish darajasidagina qo‘llanishi 
mumkin. Bu esa jismoniy tayyorgarlik, sog‘lig‘iga muvofiq sharoitni talab qiladi.
Sport jismoniy kamol topishga xizmat qiladi va ma’naviy-irodaviy fazilatlarni 
tarbiyalashga yordam beradi. Shuning uchun sport bilan shug‘ullanish ayniqsa, kishi 
organizmining hamda inson shaxsining shakllanishi davrida foydalidir. 
Tanlab olingan xarakatli o‘yinlarini to‘g‘ri bajarish bola mushaklari, paylari, 
bo‘g‘imlari, suyuk tizimining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Puxta 


23 
shakllantirilgan harakat malakalarini amalda qo‘llash bilan, o‘yinlarni bajarish chog‘ida 
bola kuchini tejashda va uning etiborini o‘yin faoliyati paytida tasodifan sodir bo‘luvchi 
turli-tuman vazifalarni idrok qilishga imkon yaratadi. (22,29,30) 
O‘quvchilar olgan bilim qancha chuqur bo‘lsa, ular o‘yinlardan shuncha 
oqilona foydalanishlari, o‘yinlar bilan shuncha samarali shug‘ullanishlari hamda maktab 
va oila muhitida jismoniy madaniyat qurollarini mustaqil ishlata bilishlari mumkin. 
Jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanish tanda, bolalarda joriy qilingan tartibga 
rioya qilish odatini hamda o‘yinlar bilan iloji bo‘lsa xar kuni muntazam ravishda 
shug‘ullanish ishtiyoqini uyg‘otish, ularda maktab va uyda shu o‘yinni bilan mustaqil 
shug‘ullana olish layoqatini rivojlantirish, ularni o‘z tengqurlari va o‘zlaridan kichik 
bo‘lgan bolalar jamoasida o‘yinlarni tashkil qilish, ularni birgalikda bajarishga o‘rgatish 
lozim.(21,22)
O‘quvchilarda xalq xarakatli va estafetali o‘yinlarga mehr bilan, shu o‘yin 
natijalariga qiziqish bilan va sportchilar erishadigan g‘alabalariga havas bilan qarash 
tuyg‘usini tarbiyalash lozim. 
Xarakatli o‘yinlarni o‘rganish jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat 
tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Xarakatl 
o‘yinlarni bajarish chog‘ida bolalar harakatida ijobiy hamjihatlik, intizomlik, kamtarinlik, 
mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, do‘slik tuyg‘usi hamkorlik, zamon 
bilan hamnafas bo‘lib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish) ni 
tarbiyalash, shuningdek, irodaviy xususiyatlar (jasorat, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, 
qiyinchiliklarni sobitlik bilan engish, chidamlik va hakozolar) ni namoyon qilish uchun 
eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi. 
Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan samimiy va quvnoq munosabatda bo‘lish 
tuyg‘ularini tarbiyalash, shuningdek, yuz bergan salbiy ruhiy holatlarni tez bartaraf qila 
olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Buning zarurligi 
ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga foydali ta’sir ko‘rsatishida, harakat 
malakalarining jadal va mustahkam shakllanishini ta’minlashida ko‘rinadi.(21,22,29) 


24 
O‘yinlarga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘yinlarni bajarish jarayonida estetik zavqni idrok qilish va 
o‘ziga singdirishni, go‘zallik, nafosat, ma’nodorlik, qad-qomat, liboslar bejirimligi, o‘z 
atrofidagi barcha narsalarni tushunish, to‘g‘ri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga va o‘z 
xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka bo‘lgan moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va 
barcha hatti-harakatida qo‘rslik, dag‘allikka aslo yo‘l qo‘yilmaslikni rivojlantirish lozim 
bo‘ladi. (16,30) 
O‘yinlar bilan shug‘ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. 
Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi, mehnat 
faoliyati uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi.
Bolalarni mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy 
o‘yinlarining tutgan o‘rnini ularga tushuntirish va bu tushunchani ularning ongida 
shakllantirish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. 
Xulosa qilib aytganda, xarakatli va estafetali o’yinlar basketbol sport turida 
shug’ullanuvchilarning jismoniy sifatlari va rivojlanishi uchun samarali vosita 
xisoblanadi. 
O’tinlar o‘quvchilarni to‘g‘ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga 
yordam berish. 
2. O‘quvchilarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga 
gigienik bilim va ko‘nikmalarni singdirish. 
3.O‘quvchilarda 
harakat 
malakalarini 
va 
ko‘nikmalarini 
shakllantirish 
va 
takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o‘rgatish. 
4.YOshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik,
epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish.(16, 28,30) 
5.Botirlik, qatiylik, g’alabaga ishonch, jamoaga birlashish, do‘stlik hissini 
madaniy hulq ko‘nikmalarini, mehnatga munosabatini tarbiyalash.6.Turganda va 
yurganda qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalarini shakllantirish. 
7.O‘quvchilarda 
jismoniy 
madaniyat 
va 
sport 
bo‘yicha 
muntazam


25 
mashg‘ulotlarga barqaror qiziqish va ko‘nikmalarini tarbiyalash. 
1.4.Maxsus mashqlar va yordamchi mashqlarni mustahkamlash uchun harakatli 
o‘yinlar qo‘llanishi. 
To‘g‘ri tashkil qilingan milliy halq o‘yinlari bolalar aqlining rivojlanishiga qulay 
imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab tizimining ham, boshqa barcha 
a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlar paydo bo‘lishi, 
shubhasiz. 
Xarakatli o‘yinlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar xalqona an’analariga sodiq holda 
yaxshi tarbiya ko‘radi, o‘rgangan narsalarini puxta eslab qoladi. Bolalarda ruhiy 
jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning, shuningdek, fikirlash 
faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va hakozolar) 
ning, barchasi rivojlana boshlaydi. Harakatli o‘yinlar jarayonida erishilgan ilm va 
malakalardan ijodiy foydalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, 
chunki bunday layoqatga bolalar o‘zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, 
hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar. (13,17,21,22) 
“To‘p uchun kurash”, “To‘pni oldirma”, “Xo‘rozlar jangi”, “Ovchilar va 
o‘rdaklar”,“Qal’ani himoyalash”, “Quvlashmachoq”, “Kengurular”;“To‘p uchun kurash” 
o‘yini zalda yoki maydonda o‘tkaziladi, bitta basketbol to‘pi bo‘lishi kerak.O‘yinchi 
tayyorlanish. O‘yinchilar teng ikki jamoaga bo‘linadilar, o‘yin maydoni 4 tomondan 
chegeralanadi. 2 jamoa alohida onaboshilar saylanadi. O‘yinchilar 2 jamoaning bitta-
bittadan juft bo‘lib maydonda tarqoq joylashadilar.O‘yinning tavsifi: o‘yin rahbari to‘pni 
onaboshlar o‘rtasida tashlaydi. To‘pni egallagan onaboshi o‘z o‘yinchilariga uzatadi. 10 
marta uzatilganda jamoaga 1 ochko oladi. SHundan so‘ng yana rahbar maydon o‘rtasida 
onaboshilar o‘rtasida to‘p tashlab borish bilan o‘yin davom etadi.Ko‘p ochko to‘plagan 
jamoa g‘olib bo‘ladi. O‘yin 10-15 minut davom etadi.O‘yin qoidasi; 1) To‘pni qo‘lda olib 
yurish mumkin emas, faqat urib yuborish ilib mumkin. 2) Agar to‘p maydondan chiqib 
ketsa, o‘sha joydan raqib jamoa o‘yinchisi to‘pni o‘yinga kiritadi. 3) To‘p 2-jamoa 
o‘yinchisi birdan ushlab qolsa rahbar xushtak chalib o‘yinni to‘xtatadi va talashganlar 


26 
o‘rtasiga tashlaydi. 4) To‘pni ushlab yugurish mumkin emas, erda urib olib yurilsa mumkin, 
3 qadamdan ko‘p yurilsa, o‘yin to‘xtatilib shu joydan raqib jamoa o‘yinchisi tomonidan to‘p 
tashlanadi.(22,23,28) 
O‘yinchining tarbiyaviy ahamiyati. Bu o‘yin aslida basketbol yoki gandbol o‘yiniga 
tayyorgarlik mashqidir. Bu o‘yin basketbol, gandbol o‘yinlari uchun zarur malakalarni, 
ya’ni to‘pni olib yura bilish malakasini hosil qilish va mustahkamlashda yordam beradi. 
Bundan tashqari, “To‘p uchun kurash” o‘yin basketbol va gandbol o‘yinlari uchun 
zarur taktik usullarni takomillashtirishga ham yordam beradi. O‘yindagi asosiy 
xarakatlar-basketbol va gandbol o‘yinlaridagi to‘pni savatga tushirish va darvozaga 
kiritishdan boshqa hamma elementlardan iboratdir. 
1.4. Basketbol sport turini egallashda texnik tayyorgarlik haqida umumiy 
tushuncha. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish