Yangi mavzu bayoni.
Magnitofondan Bobur g'azali bilan aytilgan «Yaxshilig`» qo'shig'i eshitiladi.
Kim ko'ribdur, ey, ko'ngil, ahli jahondin yaxshilig',
Kimki ondin yaxshi yo'q ko'z tutma ondin yaxshilig'
Bu zamonni nafi qilsam, ayb qilma, ey rafiiq,
Ko'rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig'.
Dilrabolardin yamonliq keldi mahzun ko'nglima,
Kelmadi jonimga hech oromijondin yaxshilig'.
Ey ko'ngil. Chun yaxshidin ko'rdung yamonliq asru ko'p,
Emdi ko'z tutmoq ne ya'ni har yamondin yaxshilig'!
Bori elga yaxshilik qilg'ilki, mundin yaxshi yo'q,
Kim degaylar, dahr aro qoldi falondin yaxshilig',
Yaxshiliq ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko'ribdur, ey ko'ngil ahli jahondin yaxshilig'.
(xalq kuyi, Ma'murjon To'xtasinov ijrosida)
Biz Mirzo Bobur haqida ko'p va xo'b suhbatlashdik. Bobur o'z umrini yaxshilik, ezgulikka baxshida qildi. Xo'sh, Bobur haqida yana kimlar so'z aytgan?
O'quvchilar R.Gandi, J.Neru, E.Xolden, P.Qodirov, CH.Aytmatov fikrlarini aytadilar. Masalan:
«Bobur ibrat olsa bo'ladigan ijodkor» CH.Aytmatov
«Bobur-dilbar shaxs… uyg'onish davrining tipik hukmdori,
mard va tadbirkor odam bo'lgan. Javoharla'l Neru.
«Bobur-botirligining cheki bo'lmagan, uning butun hayoti
jasorat namunalari bilan to'lib-toshib yotibdi.
N.I.Veselovskiy.
«Biz Osiyodagi hukmdorlar ichidan Bobur singari genial va talantli kishilarni kamdan-kam uchratamiz. Erskin.
«Bobur fe'li- sajiyasiga ko'ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Eduard Xolden
«Farg'onalik mard, nozik did Bobur ismli yigit Gang tekisliklarimizgacha yetib kelgan, buyuk mo'g'ullar sulolasi atalgan saltanatimizga asos solib, o'zini hind deb bilgan edi.
Rajiv Gandi
- Xo'b, bu fikrlar edi. Bobur ijodiga bag'ishlangan asarlarini ham sanab o'tsak.
O'quvchilar:
- Flora Anna Stil «Boburxon»,
- F. Grenard «Bobur» Muni Lal «Boburiylar»,
- P.Qodirov «Yulduzli tunlar»,
- X.Sultonov «Saodat sohili» asarlarini sanab o'tdilar.
- bir donishmand Boburni «mard va tanti» deb atagan. Haqiqatan ham shundaymi? Misol keltiraylik-chi?
O'quvchilar P.Qodirovning «Yulduzli tunlar» asaridagi Malika Bayda Boburga zahar bergach, ularni uchrashuvlarini, Bobur mardlik qilganini sahnaviy ko'rinishda talqin etadilar.
- Bir tanada ikki ruhdir, biri suvdir, biri olov,
Biri shoir, biri shohdur, bir-biriga bo'ladi g'ov,
Bir-biriga doim raqib shoir ruhi yaratadi
Judolikda yasholmaydur podshohlikning ishi tayin.
Ushbu satrlar Boburga atalgan. Bobur kim o'zi? Shohmi? Shoirmi?
O'quvchilar ushbu muammoli vaziyat xususida bahslashadilar. O'z fikrlarini aytadilar.
1-o'quvchi:- Boburning otasi Umarshayx Mirzo Sulton Abu Said Mirzoning to`rtinchi o'g'li edi. Abu Said Mirzo Sulton Muhammad Mirzoning o'g'li bo'lib Mironshoh Mirzoning nabirasi bo'lgan. Mironshoh Mirzo Amur Temurning uchinchi o'g'li edi. (Boburnoma 1960.64-bet) bobur 12 yoshida Farg'ona viloyatiga hokim bo'ldi. U shohlar avlodidan edi.
2-o'quvchi: - Boburning ismi jismiga monand edi. Chunki Bobur arabcha «babr» so'zidan olingan bo'lib, o'zbekchada eng kuchli yirtqich hayvonlardan biri yo'lbars ma'nosini bildirgan. Haqiqatan ham, u dovyurak va tadbirkor, epchil o'g'lon bo'lib o'sdi, sherdek salobatli bo'ldi. U podshoh.
3-o'quvchi: - Bobur-mohir sarkarda. Bobokaloni Temurning xislatlarini o'zida mujassam etgan edi. Uning umri deyarli janglarda o'tdi. 2 marta Samarqandni egalladi. (1497-1498, 1500). Afg'onistonga, Hindistonga yurish qildi. Hindistonda «Bobur imperiyasi» ga asos soldi. Bobur avlodi 1858 yilgacha hukmronlik qildi. U ham shoh, ham sarkardadir.
4-o'quvchi: - Mirzo Bobur –nozikta'b shoir. Uning serzavq she'rlarini aytmaysizmi? Uning ijodi 15-16 yoshidan boshlangan. Bizgacha yetib kelgan badiiy asarlarida 200 ta ruboiy, 100 dan ortiq g'azal mavjuddir. U o'z maqsad va g'oyalari, insonni ulug'lash shaxsiy kechinmalari ishq-muhabatni yuksak darajada kuylay olgan.
Sen gulsen-u, men haqir bulbuldurmen,
Sen shu'lasen-u, ul shu'laga men kuldurmen.
Nisbat yo'qtur deb ijtinob aylamakim
Shohmen elga vale senga quldurmen.
Bobur tug'ma iste'dod egasi, shoir bo'lgan.
5-o'quvchi: - Mirzo Bobur o'zbek adabiyotida salmoqli o'rin tutadi. Uning «Boburnoma», «Mubayyin», «Mufassal», «Musiqa ilmi», «Harb ishi», «Volidiya», «Hatti Boburiy» singari asarlari mavjud. Bobur shoir hamda yetuk adabiyotshunos adibdir.
6-o'quvchi: Bobur g'azallari g'oyat yoqimli, sermazmun va chuqur falsafiy ma'noga ega, ataylab musiqiy ohangda yozilganga o'xshaydi.
Xazon yaprog'i yanglig' gul yuzung hajrida sarg'ardim,
Ko'rib rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrayzardim
Sen, ey gul, qo'ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog'ingg`a tushib barcha xazondek muncha yolbordim…
O'qituvchi munozarani yakunlaydi:
Lek adolat shamshir bo'lsa,
Aql hokim, idrok bo'lsa,
Podshohlik ham yaratadi
Dunyoga dong yaratadi
O'qituvchi ko'rgazmalardan foydalanib Boburiylar yaratgan mo''jizakor obidalar va bog'larni aytib o'tadi.
O'quvchilardan xohlovchilarni «Labirint» o'yiniga taklif etadi.
O'yin sharti. Labirint qal'asini ochish uchun yo'ldagi eshiklardan o'tishi, har eshikda topishmoqlarga javob berishi kerak. Agar kalitni to'g'ri topsa chiroq yonib yo'l ochiladi. Topolmasa boshqa o'quvchi davom ettiradi. Topishmoqning javobi «Boburnoma» da tilga olingan. Bobur sevib iste'mol qilgan mevalardan
Po'st ichida yashirinman,
Goh shirin, goh achchiqman,
Goh yumshoq, goho qattiq.
Narxim juda ham ortiq.
Besh harfli bir nomman,
Bilsang ismim… (bodomman)
Rangim sariq, qizil, ko'k,
Ta'mim shirin, nordonman.
Navlarim juda ham ko'p,
Dardlilarga darmonman.
Boburshoh suyib degan
-shu mevadan hech qolma.
Armoning yo'q bir yesang,
Men nimaman, a… (olma)
Rangim o'xshar oltinga,
Ta'mim yaxshi hidim soz.
Kuzda yaxshi pishaman,
Maqtovimga yuz so'z oz.
Derlar buning bor sehri,
Men dorivor… (behi)
Onam yapaloqoyim,
Otam bukrixo'jadir,
Mevamni yeb, sharbatim,
Hamma xo'r-xo'r ichadur.
Boburshoh hatto meni,
Hindga ham olib ketgan
Pishganimda yeganlar,
Ko'zlariga yosh olib,
Men tog'larda o'saman,
Yuz xil dardni to'saman,
G'o'raga o'xshar ta'mim,
Ko'pchilik bilmas nomim
Kiyimsiz yalang'ochman.
Men dorivor… (ravochman)
Barcha javoblarni bosh harfi qal'a darbozasi kaliti bo'ladi. Bu «Bobur» so'zi.
O'yin yakunlangach, o'qituvchi sinfning eng «Bilimdon» i, «Nodir notiq», «Boburiy» sini aniqlab ko'krak nishonlarini taqib qo'yadi. Faol ishtirokchilar rag'batlantiriladi.
Uyga vazifa beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |