Call Stack dialog oynasi
Stekda kerakli protsedurani tanlab, Show(ko‘rsatish) tugmachasini bosish mumkin. Shunda Call Stack oynasi yopiladi va modul kodi oynasida kerakli protsedura paydo bo‘ladi. Bunda kursor kod satriga o‘rnatiladi, stekning keyingi protsedurasini chaqiradi
Agar xozirgi paytdagi protsedura tanlansa, unda kursor xozirgi paytdagi komandaga o‘rnatiladi.
Call Stack oynasi bir necha usulda chaqiriladi:
Instrumentlar panelida Call Stack tugmasini bosish;
View, Call Stack komandasini tanlash;
+ tugmalar kombinatsiyasini bosish;
Locals oynasi o‘ng burchagida uch nuqtali tumani bosish.
Bu oyna faqat to‘xtash rejimida ochilishi mumkin.
Hodisani qayta ishlash protsedurasini yaratish
Makroslar yoki makrokomandalardan emas Visual Basic komandalaridan iborat hodisani qayta ishlash protsedurasini yaratish uchun quyidagilar bajariladi:
Hodisa ushlab olinadigan ob’уekt xossalari oynasini ochish.
«События» qo‘shimcha sahifasida kerakli hodisa qarshisidagi satrda «protsedura obrabotki» punktini tanlash.
Paydo bo‘lgan satr yonidagi tahrirlash nuqta ustida sichqoncha tugmasini tez bosish. Visual Basic muharriri ochilib, unda qayta ishlash protsedurasi shabloni ko‘rinadi.
Qayta ishlash kodini yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |