O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI
“KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI 961-20 GURUH TALABASI 961-20 GURUH TALABASI SOBIROV JAMSHIDNING WEB DASRURLASH FANIDAN
LABORATORIYA ISHI
Mavzu: 2.HTML ga kirish. HTML da hujjatlar tuzilishi. HTML ning asosiy teglari, atributlari. sarlavha teglari, rasm va jadvallar bilan ishlash teglari, havolalar ro’yxatlar bilan ishlash teglari. HTML formalar.
TOPSHIRDI: Sobirov Jamshid
QABUL QILDI:
HTML ga kirish. HTML-hujjatlar tuzilishi. HTML ning asosiy teglari, atributlari. sarlavha teglari, rasm va jadvallar bilan ishlash teglari, havolalar ro’yxatlar bilan ishlash teglari. HTML formalar.
REJA:
HTML ga kirish.HTML-hujjatlar tuzilishi
HTML ning asosiy teglari, atributlari. sarlavha teglari, rasm va jadvallar bilan ishlash teglari, havolalar ro’yxatlar bilan ishlash teglari.
HTML formalar.
HTML ga kirish
Internetning eng ma’lum va keng tarqalgan qismi bu WWW (World Wide Web) deb nomlanuvchi to’rdir. Bu to’r Web saytlar va alohida Web sahifalardan tashkil topgan. Web sahifalar esa HTML tili yordamida yaratiladi.
HTML tilidan foydalanish uchun dasturchi mutaxassis bo’lish shart emas, chunki bu til juda oddiy va har kim undan foydalanishi mumkin. HTML da ishlash uchun oddiy kompyuter foydalanuvchisi bo’lish va internetda ishlash bo’yicha ozgina malakasi bo’lsa yetarli. HTML tili yordamida har kim o’zining shaxsiy Web sahifasini yoki butun boshli bir Web saytini yaratish orqali o’zini butun dunyo axborot fazosida his qilishi mumkin. Albatta faqat HTML ni bilish interaktiv savdo saytlarini yaratish uchun yetarli emas. Bunday jiddiy maqsadlar uchun dasturlash bo’yicha yaxshi bilim va internetning har xil texnologiyalarini bilish talab qilinadi.
Ammo HTML ning qulayligi shundaki bu sodda instrument orqali zarur axborot Web saytlarini yaratish mumkin. HTML (jihozlari) tarmoq foydalanuvchilari uchun 5-10% ni inobatga olmaganda hamma imkoniyatlarga ega. Agarda o’zingizning saytingizda biror maxsus texnologiyalarni qo’llash zarurati tug’ilsa, u holda yana boshqa adabiyotlarni o’rganish lozim bo’ladi. Yangi tarmoq dasturini o’rganishdan oldin esa HTML ning imkoniyatlarini qo’llashni o’rganish lozim. Ushbu qo’llanmadan biz bu imkoniyatlar haqida deyarli hamma narsani bilib olamiz.
HTML boshqa zamonaviy tarmoq dasturlari texnologiyalariga nisbatan sodda bo’lsada, internet – butunjahon to’ri shu til (HTML) yordamida yaratilgan bir qancha xususiy va korparativ saytlarning majmuasidir. Internet texnologiyasi va shu bilan birga HTML tili ham kompyuter industriyasining rivojlanishiga bo’lgan bir yordam bo’ldi.
Internet - bu cheksiz imkoniyatdir, ammo bu imkoniyatlardan foydalanish uchun saytlarni yaratish bilan bog’liq uslublarni o’rganish o’rinlidir.
HTML (Hyper Text Markup Language) deb nomlandi. HTML tilida yozilgan Web sahifa faylida axborotning qanday tasvirlanishi haqidagi yo’l yo’riqlar ketma – ket joylashgan bo’ladi. Bu fayl oddiy matnli fayl bo’lib uni maxsus brouzer dasturlarsiz o’qish qiyin. Grafik chizmalarni esa umuman ko’rib bo’lmaydi chunki uning o’rnida brouzer dasturga biror chizma kerakligini ko’rsatuvchi TEG turadi. Agar biz o’z Web sahifamizni yaratmoqchi bo’lsak, albatta HTML tilini yaxshi bilishimiz kerak bo’ladi.
HTML ning konstruksiyasi TEG lar deyiladi. Brouzer TEG larni oddiy matnlardan farqlashi uchun ular burchak qavslarga olinadilar. TEG tasvirlash jarayoni hatti harakatlarining boshlanishini bildiradi. Agar bu harakat butun hujjatga talluqli bo’lsa, bunday teg o’zining yopiluvchi juftiga ega bo’lmaydi. Juft teglarning ikkinchisi birinchisining harakatini yakunlaydi. Masalan, har bir Web sahifa tegi bilan boshlanib tegi bilan yopilishi kerak. Etibor bergan bo’lsangiz yopiluvchi teg ochiluvchidan « / » belgisi bilan farq qiladi. Teg nomlari katta yoki kichik harflar bilan yozilishi mumkin, Bularni brouzer bir xil qabul qiladi. HTML tilida boshqa kompyuter tillaridagi kabi izoh berish imkoniyati mavjud. Izoh quyidagi «<- - » va «- ->» belgilar orasiga yoziladi.
Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |