aniq tillarning yoki til oilalarining paydo bo`lishi masalalarini aralashtirmaslik
lozim. Hozir yer yuzida mavjud bo`lgan millat, elatlarga tegishli jonli tillarning,
ba‟zi bir o`lik tillarning ham kelib chiqish tarixi o`rganilgan, o`rganilmoqda. Bu u
qadar qiyin masala emas. Chunki ba‟zi bir muayyan tillar va shi tillarga qardosh
bo`lgan tillar turli davrlarda , har xil shart – sharoitlarda, bilvosita va bevosita
sabablarga ko`ra paydo bo`lgan.
“Til~nutq~nutq sharoiti” aspektida olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlar
samarasiga tayangan holda komil ishonch bilan ayta olamizki, tilning paydo
bo`lishi ong va jamiyatning paydo bo`lishi bilan, qolaversa, yer yuzida inson
zotining paydo bo`lishi bilan uzviy bog`liqdir. Ilmiy gepoteza(taxmin)lar
odamning paydo bo`lish evolyutsiyasi va jamiyatning shakllanishini uch bosqichga
bo`lib ko`rsatadi:
1. Yuqori darajada taraqqiy etgan avstralopiteklar davri. Bu bosqichda ilk
ibtidoiy odamlar ikki oyoqlab yurishga o`tib, tayoq, tosh,suyak
parchalaridan qurol sifatida foydalanganlar. Bu bizdan ikki – uch million yil
oldingi davrga to`g`ri keladi.
2. Paleantroplar bosqichi. Bu davrda paleantroplar, ya‟ni eng qadimgi odamlar
sun‟iy qurollar, turar joy tayyorlaganlar, yirik hayvonlarni jamoa bo`lib ov
qilish bilan shugullanganlar. Bu bizdan taxminan bir million yillar oldingi
davrga to`g`ri keladi.
3. Hozirgi zamon kishilari bosqichi. Ilmiy taxminlar bu davr 40-50 ming yillar
oldin paydo bo`la boshlaganligini ko`rsatadi. Chamasi, bir million yillar
avvalgi eng qadimgi odamlar uzoq va murakkab jarayon davomida insonga
xos biologik hamda sotsial xususiyatlarga ega bo`la boshlaydilar. Aniq nutq
ularga hayvonot dunyosidan ajralish, jamiyat bo`lib uyushish, uyushgan
holatda mehnat qilish hamda tafakkurning rivojlanishiga turtki bo`ladi.
Tilning paydo bo`lishi uchun faqat biologik zaminlargina emas, jamiyatning
paydo bo`lishi ham nihoyatda zarur edi. Antropologiya (odam hamda irqning kelib
chiqishini o`rganuvchi fan), arxeologiya (tarixiy dalillar va madaniy yodgorliklar
asosida odamning o`tmish tarixini o`rganuvchi fan) fanlarning uzoq davrlardan
beri olib borayotgan tekshirishlari, ilmiy izlanishlari natijasida kishilik tarixi ikki
davrdan iborat degan fikrga kelingan. Bular – tarixgacha bo`lgan davr va tarixiy
davr. Tarixgacha kishilarning ibtidoiy jamoa bo`lib yashashi ya‟ni kishilik
jamiyatining shakllanish, tiklanish, uyushish davridir.
Ibtidoiy kishilar jamoasi sotsial - biologik organizm bo`lgan. Ularda
instinktiv mehnat qobiliyati rivojlangan bo`lib, asosan, tabiatdagi tayyor
narsalardan foydalanganlar. Instinktiv mehnat ong va tilning paydo bo`lishi uchun
shart – sharoit yaratgan. Olimlarning faraz qilishicha, mehnat, ibtidoiy mehnat
qurollarini yasash inson tana a‟zolarini asta – sekin, juda uzoq muddatli tabiiy
jarayonda
takomillashtirib, til va tafakkurning rivoj topishida beqiyos rol o`ynagan.
Albatta, dastlab paydo bo`lgan til va nutqni bizning tilimizga yoki nutqimizga aslo
tenglashtirib bo`lmaydi. Ehtimol, dastlabki tilda har biri alohida narsani, harakatni
yoki holatni bildiradigan so`zlar bo`lmagandir; o`sha davrdagi tilga xos so`zlar
butun boshli voqea - hodisani ifodalagandir. O`sha davrda insonning tovush
chiqaradigan a‟zolari hozirgidek takomillashmagani uchun nutqda dastlab paydo
bo`lgan so`zlarning talaffuzi aniq bo`lmagan. Demak, mehnat qilish, mehnat
qurollarini yasash jarayonida odamlar jamoasi borgan sari uyushib boradi, natijada
kishilik jamiyatining ilk ko`rinishlari vujudga keladi. Hayvonot dunyosidan ajralib
chiqqan odamlarda jamoa bo`lib mehnat qilish jarayonida bir – birlariga nimadir
deyish ehtiyoji tug`iladi. Ana shu zaruriy ehtiyoj tilning yaralishiga sabab bo`ladi.
Til bilan bir paytda tafakkur ham paydo bo`ladi. Demak, uch omil -
“mehnat~til~tafakkur” bir – biriga ta‟sir etib, ularning rivoj topishiga sabab
bo`lgan. Ijtimoiy mehnat natijasida nihoyatda katta (kuchli) zaruriy ehtiyoj talabi
bilan til nutq a‟zosi sifatida va miyaning asta – sekin takomillasha borishi biologik
jihatdan xarakterlansa, til va tafakkurning paydo bo`lishi, tasavvurning, fikrning
nutqda
voqelana olishi ijtimoiylik, ya‟ni kishilik jamiyati bilan uzviy bog`liqdir.
Inson tovush tili tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqdi. Tovush tili esa
tafakkursiz mavjud bo`la olmaydi. Ma‟lumki, tafakkurda bor narsa tilda aks etadi,
tilda bori esa nutqda voqelanadi. Ayni paytda miyada paydo bo`ladigan har qanday
oddiy tushuncha ham til orqali nutqqa ko`chmas ekan, ya‟ni nutq tovushlari,
so`zlar orqali ifodalanmas ekan, bunday tushuncha o`zicha hech kimga, hatto fikr
qiluvchining o`ziga ham ma‟lum bo`lmaydi. Qisqasi, tilsiz tafakkur, tafakkursiz til
mavjud emas.
Ko`rinadiki, tilning paydo bo`lishi, bir tomondan, kishilik tanasining
evolyutsiyasi bilan, ikkinchi tomondan, ibtidoiy jamoaning jamiyatga aylanishi
bilan bog`liq bo`lgan. Hozirgacha tilning paydo bo`lishi haqida turli nazariyalar
yaratilgan Har bir nazariyada bu masalaga turlicha yondashiladi. Quyida ularning
ba‟zilari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: