Abuzalova M



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

ga, sha va h.z. Agar boshqa unlini talaffuz qilish zarur bo`lsa, unda harflarning yo 
ustiga, yo tagiga ma‟lum belgilar qo`yiladi. Devonagarida 50 ta belgi bor: 13 tasi 
unli va so`z yoki bo`g`in boshida keluvchi diftongni, 33 tasi bo`g`inni ko`rsatadi. 4 
ta  yordamchi  belgi.  Bo`g`in  belgilari  sillabogramma  deyiladi.  Bu  yozuvdan 
Shimoliy  Hindiston  hindilari  foydalanadilar.  Arab,  misr,  efiopiya,  yapon  (kana), 
koreyscha (kunmun) yozuvlari ham bo`g`in- yozuv turiga kiradi. 
Fonografik  yozuv  tizimini  keyingi  taraqqiyoti  harf-tovush  yozuvi  bo`lib, 
fanda  inqilobiy  hodisa  sifatida  e‟tirof  etiladi.  Bu  yo`nalishdagi  ilk  yozuv  finikiy 
yozuvidir. Birinchi marta  sof  tovush  yozuvi, sanoqli  harflardan  iborat  mukammal 
alfavitning  yuzaga  kelishi  jamiyatdagi  yozuvni  biladigan  kishilar  doirasini 
kengaytirib  yuborgan.  Bu  jarayon  mil.av.  9-asrdan  boshlangan.  Hozirgi  kunda 
bizga ma‟lum bo`lgan harf-tovush tizimidagi yozuvlarning beshdan to`rt qismidan 
ko`prog`i finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Harf-tovush tizimi, hozirda, asosan 4 xil 
yozuv  tizimidan  iborat:  lotin  yozuvi  (jahondagi  30  %  aholi),  slavyan  –  kirillitsa 
(10%), arab yozuvi (10%), hind yozuvi (20%). 


O`rta Osiyodagi xalqlar, jumladan, o`zbek xalqi turli yozuvlardan foydalanib 
kelgan.  Bu  yozuvlar  avesto,  pahlaviy,  o`rxun-enasoy  (runik),  turkiy  (uyg`ur), 
sug`d, arab, kirill, lotin yozuvlaridir. 
Yozuvning,  xususan  harf-tovush  tizimining  takomillashuvi  –  alifboni  yuzaga 
keltirdi.  Alifbo  (arab  alfavitining  boshlang`ich  ikki  harfi  –  alif  va  bo  nomidan 
olingan)  –  biror  tilning  yozuviga  qabul  qilingan  va  ma‟lum  an‟anaviy  tartib 
berilgan yozuv belgilari yoki bo`g`in belgilar (devonagari) majmui bo`lib, mil.av. 
2000-yillar  oxirlarida  qadimgi  Uyurit  va  finikiy  yozuvi  tovush  tizimidan  kelib 
chiqqan. Turkiy xalqlarning runik va turkiy (uyg`ur) yozuvlari bo`lgan. Ammo bu 
o`ziga  xos  turkiy  yozuvlar  alifbosi  haqida  ma‟lumot  uchramaydi.  Ularga  oid 
harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi ma‟lumotlar hamda 
shu  yozuv  yodgorliklari  asosida  tuzilgan.  Qadimgi  turkiy  yozma  yodgorliklariga 
turkiy  run  (o`rxun-enasoy),  uyg`ur  va  qisman  moniy  (monoviy),  brahmon,  sug`d  
va so`ryoniy yozuvlarida yozilgan obidalar kiradi. Run va uyg`ur yozuvlari turkiy 
xalqlarga  xos  yozuvdir.  Toshga  o`yib  yozilgan  run  yozuvi  XIX  asr  oxirida 
Mo`g`ulistonning  O`rxun  daryosi  bo`yida  topilib,  bu  yozuvni  dastlab  daniyalik 
tilshunos V.Tomson va rus turkologi V.Radlov aniqladi. Hozirgi paytgacha o`rxun 
yozuvida  yozilgan  ko`plab  tosh,  idish,  asbob,  tangalar,  kitob,  kitob  varaqlari  va 
ayrim  qog`ozlar  ham  ma‟lum.  Talas  va  Yenisey  obidalaridagi  yozuv  O`rxun 
obidalariga nisbatan harflarning, shakliy variantlarining ko`pligi bilan farq qiladi. 
Uyg`ur  yozuvida  yozilgan  asarlarning  hammasi  ham  qadimgi  turk  davriga 
oid  emas,  chunki  bu  yozuv  XVIII  asrgacha  qo`llandi.  Uyg`ur  yozuvini  Mahmud 
Qoshg`ariy  “turk  yozuvi”  deb  ataydi  hamda  bu  yozuvda  18  ta  harf  borligini  va 
turkiy tillarda mavjud bo`lgan 7 ta tovush (p, j (portlovchi), j (sirg`aluvchi), f, g`, 
ng, g) uchun maxsus harflar yo`qligini, unlilarning esa arab tilidagidek harakatlar 
bilan  emas,  harflar  bilan  ifodalanishini  aytib  o`tadi.  Mahmud  Qoshg`ariy  turk 
(uyg`ur) harflarining alohida va qo`shib yozilgandagi ko`rinishlarini bergan. 
Yozuv  taraqqiyotida  grek  yozuvi,  lotin  yozuvi  va  kirill  yozuvi  muayyan 
sharoitlarda  yuzaga  keldi.  Greklar  dastlab  konsonant  yozuvidan  fodalanishgan. 
Eramizdan  oldingi  VII-VI  asrlarda  vokal-tovush  namunalari  uchraydi. 
Eramizgacha  403-yilda  Evklid  tomonidan  Afinada  mumtoz  grek  alifbosi  kiritildi. 
Qadimgi grek yozuvi 24 ta harfga ega (17 ta undosh va 7 ta unli).  
Grek  yozuvi  asosida  latin  alifbosi  shakllandi.  Sharqiy  grek  yozuvi  asosida 
esa  kirill,  gruzin  va  arman  alifbolari  yaratildi.  Lotin  yozuvi  G`arbiy  Yevropada 
keng  tarqaldi.  XIV  asrda  qog`ozning  paydo  bo`lishi,  kitob  nashr  qilishning  kashf 
etilishi bu yozuvning keng tarqalishida muhim omil bo`ldi. Qadimgi lotin yozuvida 
23 ta harf bor edi (tovushlar 35 ta bo`lgan: 16 ta unli, 19 ta undosh). 
Slovyan alifbosi esa IX asr oxiri – X asr boshlarida paydo bo`ldi, chunonchi, 
ikki ko`rinishda qo`llanila boshlandi: glagalitsa va kirillitsa. 
Kirill yozuvi janubiy (bolgar, serb, makedon) va sharqiy slavyanlarga tarqaldi. Bu 
alifbolarning yaratilishi Kirill va Mefodiy (aka-ukalar) nomlari bilan bog`liq. Kirill 
alifbosida 43 ta harf bor edi, tovushlar esa 44 ta: 11 ta unli va 33 ta undosh. Kirill 
yozuvi asosidagi zamonaviy rus alfavitida 33 ta harf, 43 ta tovush: 6 ta unli va 37 
ta undosh mavjud. 


Aslida, yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, bir-biri bilan to`la mos keladigan 
jarayon emas. Tildagi u yoki bu o`zgarish tadrijiy ravishda, asta-sekin yuz beradi. 
Yozuv  haqida  esa  bunday  deb  bo`lmaydi.  Odamlar,  aniqrog`i  xalqlar  til 
xususiyatlariga  yanada  moslashtirish  uchun  yozuvga  turli  o`zgarishlar  kiritadilar, 
islohotlar  qiladilar,  bir  yozuv  tizimini  boshqasi  bilan  almashtiradilar.  Masalan, 
o`zbek  xalqi  asrlar  davomida  arab  alifbosidan  foydalanib  kelgan.  O`zbekistonda 
1929-yilda lotin yozuvi asosidagi o`zbek alifbosiga o`tilgan, 1940-yildan esa kirill 
yozuvi joriy etilgan. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 2-sentabrda 
“Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonun qabul 
qilindi.  Bu  qonunga  va  uni  amalga  kiritish  tartibi  haqidagi  O`zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  1995-yil  6-mayda  o`zgarishlar  kiritadigan  qonun  qabul 
qildi. Bu hujjatga ko`ra lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosi 26 ta harf 
va 3 ta harflar qo`shilmasidan iborat.  
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish