bo`lgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo
bo`lishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira
boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat yozuv dunyoga kelgan. Aslida,
belgilar tizimi sifatidagi yozuv paydo bo`lishidan oldin inson ramziy vositalardan
keng foydalangan. Masalan, slavyan qabilalarida non-tuz – do`stlik ramzi, trubka-
tinchlik, atirgul-sevgi ramzi va h.k. belgilar “buyumli yozuv” xarakteriga ega edi.
Fanda turli xil yozuv ko`rinishlari aniqlangan va yozuvning tadrijiy tarixi
isbotlangandir.
Piktografik (lat. pictus - chizmoq), rasmli yozuv dastlabki yozuv turidir.
Piktografik yozuv ibtidoiy tasviriy san‟at namunasi bo`lib, toshlarga, suyaklarga,
g`or devorlariga o`yib ishlangan. Piktografiyada hayotiy vaziyatlar (ov, sayohat),
narsalar (qayiq, uy, oy, quyosh, yer), mavjudotlar (inson, sigir, qo`y) kabilar aks
ettirilgan edi. Yozuvning rasm bilan aloqador hodisa ekanligini turkiy tillardagi
bitik (yozuv) so`zi tarkibidagi biti-xitoycha
bi: mo`yqalam bilan aloqadorligi,
shuningdek, slavyan tillaridagi
писать (jivopis) fe‟lining o`zagi lаt.
“pingere” –
rasm solmoq tushunchasi bilan bog`liqligi, gotcha
melian (yozmoq) fe‟lining
dastlabki ma‟nosi ham
mo`yqalamda rasm solmoq bo`lib, hozirgi nemis tilida
“
malen” –
rasm chizmoq” ma‟nosida qo`llanilishi tasdiqlab turibdi.
B.N.Golovin piktografiya hodisasini shunday tushuntiradi: “Piktografik
maktublar bilan muloqot qilmoqchi bo`lgan ikki hozirzamon do`stlarni tasavvur
qilaylik. Ulardan biri qorong`u osmondagi yarimoy tasvirini, chiqayotgan quyosh,
qayiqdagi odam, baliq va qarmoq rasmini chizdi. Keyingisi javob tariqasida
botayotgan quyosh, qorong`u osmondagi yarimoy, paravoz va uch vagon va ular
oldida odam hamda Moskva Kremlning tasvirini bergan. Shuningdek, vagonni
quyosh bilan bog`laydigan chiziq (liniya)ni ham ko`rsatgan. Demak, bulardan
birinchisining mazmuni:
“Men ertaga baliq oviga boraman”. Ikkinchisi esa:
Bugun kechqurun (oqshomda) men poezdda Moskvaga ketaman”, - degan
ma‟nolarni anglanadi.
1
Darhaqiqat, olim juda to`g`ri tasavvur, mulohaza keltiradi.
Ibtidoiy tafakkur va yozuvning tabiatini shu kabi ko`rinishlarda kuzatish mumkin.
Shu boisdan ham, rasmli (piktografik) yozuv dunyodagi mavjud barcha
yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo`lgan, degan fikrga kelish to`g`ridir.
Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash, yuborish mumkin
ekanligini odamlar juda qadimiy davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun ham
rasmli yozuvning og`zaki til bilan bog`liq bo`lmaganligi uning turli til vakillari
tomonidan ham tushunilaverishini ta‟min etgan, ammo unda ifodalangan
mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yo`l qo`ygan, abstrakt
tushunchalarni bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin bo`lmagan. Davlat
tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin
qilinishiga bo`lgan ehtiyoj kuchayib borgani sari piktografik yozuvning ojiz
tomonlari ko`proq ko`zga tashlana boshlagan. Bu hol rasmli yozuvning
taraqqiyotiga, ideografik va ieroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan.
1
Головин Б.Н. Введение в языкознание. М., 1977. стр.: 232.