Abuzalova M


Anjumanning yalpi yig„ilishi 2018-yil 28-noyabr soat



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/271
Sana09.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#438691
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   271
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Anjumanning yalpi yig„ilishi 2018-yil 28-noyabr soat 
9.30da BuxDUning katta yig„ingohida boshlanadi. 
Anjuman ishtirokchilari 28-noyabr soat 8.30dan 
9.30ga qadar BuxDUning bosh binosi(1-qavati)da 
ro„yxatga olinadi. 


55 
kundalik turmushdagi tarbiyaviy, iqtisodiy va siyosiy masalalar 
yoritiladi. Publitsistik nutqda ta‟sirchan so„z va birikmalardan, maqol va 
hikmatli so„zlardan, ritorik so„roq gaplardan, takror, murojaat, undov, 
yoyiq undalmalar, chaqiriqlardan foydalaniladi. Publitsistik uslubda 
qurultoy, anjuman, deputat, kengash, hukumat rahbarlari, davlat 
kabi ijtimoiy-siyosiy so„zlar ko„p qo„llaniladi.Gap bo„laklari, ko„pincha, 
odatdagi tartibda bo„ladi, gap kesimlari buyruq va xabar maylidagi 
fe‟llar bilan ifodalanadi. 
So„zlashuv uslubi uchun xos bo„lgan eng asosiy xususiyat bu 
uslubda adabiy til me‟yorlariga rioya qilinishi va nutqning dialogik 
xarakterda ekanligidir. Bu uslub uchun xos bo„lgan xususiyatlar 
quyidagilar: 
1)
uslubiy bo„yoqdor so„zlardan foydalaniladi: 
do„ndiq, vaysamoq, 
bashara 
kabi; 
2)
nutq 
jarayonida tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi 
kuzatiladi: 
matbachi (matbaachi) mazza (maza), haqqi (haqi) 
kabi; 
3)
izohlovchilardan ko„proq foydalaniladi: 
Salima opa, Toshpo„lat 
do„xtir 
kabi; 
4)
iboralar, maqol, matal, hikmatli so„zlar ko„p uchraydi: 
jonim 
chiqdi, boshi ochiq,
... kabi; 
5)
 
so„zlar tarkibidagi unli, undoshlarni cho„zish: 
ka-a-atta, huv-v-v 
kabi; 
6)
gap bo„laklarining tartibi erkin bo„ladi, to„liqsiz gaplardan, 
undalmali gaplardan foydalaniladi. 
Nasriy, nazmiy va sahna uchun mo„ljallangan dramatik asarlar 
badiiy uslubda bo„ladi. Badiiy asarlar kishiga ma‟lumot berishi bilan 
birga obrazlar vositasida estetik ta‟sir ham ko„rsatadi. Badiiy uslub 
aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda yozuvchi tilda mavjud 
bo„lgan vositalarning hammasidan foydalana oladi. Hatto tasvirlanatgan 
davrning ruhini yoki nutq momentida asar qahramonining holatini 
tasvirlash uchun eskirgan so„zlar, vulgarizmlar, shevaga xos so„zlardan 
ham foydalanishi mumkin. 
Barcha nutq uslublari o„zaro aloqador bo„lib, bir uslubda boshqa 
nutq uslublarining ko„rsatkichlari ham uchraydi. Ayni zamonda har bir 
uslub o„ziga xos fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarga ega. 


56 
So„zlashuv uslubida hamda badiiy uslubda fonetik vositalardan 
ko„proq foydalaniladi. Fonetik vositalar deganda ba‟zi nutq tovushlari, 
urg„u, ohang va ularning nutqiy ta‟sirchanligi tushuniladi. 
So„zdagi unlilarning cho„zib talaffuz qilinishi ajablanish, ta‟kid, 
kuchaytirish, hayajon,olqish, erkalash, yalinish kabi konnotativ 
ma‟nolarni ifodalaydi. Chunonchi, 
Qorako„z opaaa, sizga xaaat! Katta 
konvertda xaaat!!! 
(N.Qobul) Undoshlarni ikkilantirish kuchli hayajonni, 
qo„rquv yoki nutqiy kamchilikni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, 
Bbbo„la qoling, ssovqotib ketdim-ku! 
(M.Ismoiliy) 
Leksik uslubiyat deganda denotativ va konnotativ 
ma‟noli 
so„zlardan, ko„chma ma‟noli so„zlardan, so„zlarning shakl va ma‟no 
munosabatiga ko„ra turlari (omonim, sinonim, antonim, paronim, 
giponim, partonim...)dan, chegaralangan qatlamdagi so„zlar (eskirgan 
so„zlar, jargon, argo, dialektizmlar, vulgarizmlar...)dan, evfemizmlardan, 
iboralardan nutq sharoitiga mos ravishda to„g„ri foydalana olish usullari 
tushuniladi. 
Funktsional-uslubiy bo„yoqqa ham, hissiy-ta‟sirchan bo„yoqqa ham 
ega bo„lgan grammatik shakllarning barchasi morfologik uslubiyatning 
o„rganish obyektini tashkil etadi. 
Sintaksisning ham o„ziga xos uslubiy imkoniyatlari mavjud. Nutq 
uslublariga xos turli sintaktik vositalar, so„z birikmalari va gaplardagi 
sinonimiya, polisemiya, omonimiya hodisasi, so„z tartibi, ifoda 
maqsadiga va tuzilishiga ko„ra gap turlarining nutqda ishlatilishi, 
ko„chirma va o„zlashtirma gaplarning uslubiy xususiyatlari va boshqalar 
sintaktik 
uslubiyatning 
asosini 
tashkil 
etadi. 
Sintaktik 
konstruksiyalarning uslubiy bo„yog„i shu konstruksiyalarda ifodalangan 
so„zlar, shaxs-son, kelishik, modallik va so„z tartibi kabi grammatik 
ma‟nolar bilan bevosita bog„lanadi. Chunki tovushlar va qo„shimchalar, 
lug„atning hamma qatlami faqat jumlada ma‟lum bir mazmun ifodalaydi. 
Har bir so„z va grammatik shaklning mazmuni hamda ijtimoiy qimmati 
gap ichida ravshanlashadi. Chunonchi, 
Navdalarni bezab g„unchalar, 
Tongda aytdi hayot otini 
Va shabboda qurg„ur ilk sahar, 
Olib ketdi gulning totini... 
(H.Olimjon.) 


57 
Ushbu she‟riy misralardagi hamma so„zlar badiiylikka, go„zallikka, 
zavq-shavqqa xizmat qilgan. Deyarli barcha so„zlar ma‟no jihatidan 
ko„chgan. Ayniqsa, salbiy bo„yoqli qurg„ur so„ziga ijobiy tus berilgan. 
Dunyo tillarining deyarli barchasida so„zlashuv, badiiy, rasmiy- 
idoraviy, publitsistik, ilmiy uslub mavjud bo„lib, ular ijtimoiy hayotda, 
o„zaro munosabatlarda, nutqning og„zaki va yozma ko„rinishlarida til 
imkoniyatlaridan me‟yoriy foydalanishni ta‟minlaydi. 
Biroq til imkoniyatlari har bir tilda o„sha tilning tabiati, qonun- 
qoidalariga bo„ysungan holda turlicha bo„lib, ular o„ziga xos uslubiy 
vazifalarni bajaradi. Har bir tilning o„ziga xos bo„lgan fonetik, leksik, 
morfologik, sintaktik vositalarini bilish, ularning har qaysisidan o„z 
o„rnida ustalik bilan foydalana olish muhimdir. Ma‟lum bir nutq uslubiga 
mansub bo„lgan jihatlarni boshqa uslubda asossiz (noto„g„ri) qo„llash 
nutqiy g„alizlikni keltirib chiqaradi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish