Juftlash
har xil so„zlarni – ma‟nodoshlarni
(baxt-saodat)
, zid
ma‟nolilarni
(
yaxshi-yomon
),
giponimlarni
ulov-
(ot-eshak),
darajalanuvchilarni
(qo„y-qo„zi),
umumiste‟mol arxaizmlarni (
bola-
chaqa
,
cho„pon- cho„liq
) ─ o„zaro qo„shish orqali har xil grammatik
ma‟nolarni ifodalash ham tilimizda anchagina.
Yuqorida sanalgan olti usul tilimizning ichki qurilishiga xos bo„lgan
grammatik ma‟nolarni ifodalashning yetakchi usulidir. Bundan tashqari
tillarda ichki fleksiya, suppletivizm kabi vositalar ham mkavjud. Ichki
fleksiya turli Grammatik ma‟nolarni ifodalash uchun so„z tarkibidagi
tovushlarning o„zgarishidir. Bu vosita hind – yevropa va semit tillarida
keng qo„llaniladi. Masalan: ingliz tilida: see-saw-seen; nemis tilida
fahren – fuhr. O„zbek tilida juda kam qo„llaniladigan suppletivizmlar,
chunonchi, (
men -biz, sen -siz
; eski o„zbek tilida
u- alar, anga, anda, ani,
aning )
, arabcha so„zlar orqali o„zlashgan ichki fleksiya usullari mavjud:
Kitob - kutubxona
xabar - axbor
fikr - afkor
ilm - ulum
taraf - atrof
va boshqalar.
7.
Urg„u.
Dynyo tillarining barchasida grammatik ma‟nolarning
ifodalanishida urg„u ham ajratiladi. Tilshunosligimizda ham urg„uni
shunday vosita sifatida ajratib kelganlar va
tugmà
(ot) -
tùgma
(fe‟l)
yozmà
(sifat
)- yòzma
(fe‟l)
studentsíz
(sifat)-
studèntsiz
(kesim)
xìmik
(sifat) -
ximìk
(ot) kabi so„zlarning o„zaro farqlanishini
urg„uning turli xil o„rni bilan bog„laganlar. Lekin urg„uning o„zbek
tilida ma‟no farqlash vazifasi munozaralidir. Urg„uning ma‟no
farqlash vazifasi tilimizda rus tilidan ko„chirilgan hodisadir. Chunki
145
"
Tugmang tushdi
" va "
Belbog„ni tugmang
" gaplaridagi "
tugma
"
so„zida urg„u har ikki holatda ham
"a"
tovushiga tushadi.
Hozirgi tilshunoslikda grammatik ma‟noni alohida til hodisasi
sifatida o„rganish endi boshlandi. Shu kungacha grammatik ma‟no
grammatik
shaklning
bir
tomoni
sifatida
o„rganilib kelindi.
Grammatik ma‟noni ifodalashning rang - barang usullarini ko„rib
o„tgach, biz ayta olamizki, ayni bir grammatik ma‟no xilma-xil vositalar
bilan ifodalanishi mumkin. Chunonchi, son ma‟nosi o„zbek tilida
affiksatsiya 0/-
lar
, ya‟ni birlik/ko„plik son shakllari paradigmasi
doirasida ko„rib chiqilgan. Son shakllarining ma‟nosi deganda mana shu
ikki
morfema
nazarda
tutilgan.
Tilimizda
son
ma‟nosining
ifodalanishi yana boshqa vositalar orqali ro„yobga chiqadi. Chunonchi,
ko„plik ma‟nosi takror, juft so„zlar bilan ham, birlik ma‟nosi juz‟iy
reduplikatsiya (takror) yoki so„z- so„zsimon
(kitob - mitob, non -
pon, meva - cheva)
bilan ham ifodalanishi mumkin.
Hozirgi fanimizda son ma‟nolarining o„xshashlik va
farqli
tomonlari, shuningdek,
"Kitobni akam uchun oldim"
va
"Kitobni
akamga deb/ atab oldim"
kabi hosilalar orasidagi ma‟no farqlari
deyarli o„rganilmagan. Ya‟ni ayni bir ma‟noni turli xil vositalar bilan
ifodalash yo„llari fanimizning o„rganilmagan muammolari sirasiga
kiradi. Bularni tadqiq qilish bugungi kunning vazifasidir.Quyida
shunday izlanishlardan namuna keltiramiz.
Aslida, gnosseologik (bilish) nuqtai nazardan materiyaning yashash
shakli, hodisalarning izchil almashinish tarzi sifatida tadqiq qilinadigan
zamon (payt) ma‟nosining lisoniy tizimda voqelashish hodisasi tilning bu
kategoriyani yuzaga chiqarish imkoniyatlari keng,
rang-barang
ekanligini dalillaydi. Bu tillararo xususiyatlarni, xususan, ingliz va
o„zbek tillaridagi payt ma‟nosini ifodalashning lisoniy vositalarini
tekshirganda yanada yaqqol ko„rinadi. Zamon (vaqt, payt) tushunchasini
payt grammatik ma‟nosi, mazkur kategoriyani yuzaga chiqaruvchi usul
va vositalarni esa payt ma‟nosini ifodalovchi grammatik vositalar deb
hisoblaymiz. Ingliz va o„zbek tillarida payt ma‟nosini ifodalash lisoniy
hodisasidagi tillararo uyg„un, o„xshash xususiyatlarni- umumiy (integral)
belgilar, o„ziga xos xususiyatlarini esa farqlovchi (differensial,
oppozitsion, zid ) belgilar sifatida tekshiramiz. Payt ma‟nosining
146
qiyoslanayotgan tillarda yuzaga chiqish imkoniyatlarini quyidagi
jadvalda umumlashtirishga harakat qilamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |