jazoning darajasi, ma’lum bir muddatda saqlanib turilganidan so‘ng,
pasaytirilishi mumkin.
Davlat soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan haddan
tashqari qattiq moliyaviy jazolarni qo‘llashdan manfaatdor emas.
Davlat soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan ta’sirchan
moliyaviy jazolar tizimini qonuniy tarzda joriy etishi lozim bo‘ladi.
Ashaddiy bo‘lmagan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga
nisbatan sharoitga va ularning moliyaviy
holatlaridan kelib chiqib,
moliyaviy jazo summalarining undirilish muddatlarini ta’sirchan tarzda
ortga surish, moliyaviy ahvolini yaxshilab olishga imkon berish, bir-
ikki marta “kechirish”, shu bilan birga ashaddiy soliq to‘lashdan bo‘yin
tovlovchini aniqlab, unga nisbatan qattiq moliyaviy jazo qo‘llash orqali
boshqalarga namuna qilib ko‘rsatish choralari amalga oshiriladi.
Ammo soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlar uchun juda ham kam
miqdorda moliyaviy jazo qo‘llanishi hech qanday samara bermaydi va
uning samaradorligini va ta’sirchanligini yo‘qqa chiqarishi mumkin
92
.
Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda soliqni o‘z
vaqtida to‘lamaslik va ularni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari uchun
qattiq moliyaviy jazo, hatto jinoiy ishlar qo‘zg‘atiladi. Masalan, taniqli
sport
ustalari, san’atkorlarning soliqni o‘z vaqtida to‘lamaganliklari
yoki undan bo‘yin tovlaganliklari uchun butun dunyo ommaviy
axborot vositalarida sharmanda qilinganliklari va jinoiy ishlar
qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida bot-bot xabarlar tarqatiladi. Masalan, o‘z
vaqtida mashhur nemis tennischisi B.Bekker 1992-1996
yillar
mobaynida olgan daromadlarining bir qismini soliq tashkilotlariga
kamaytirgan holda ko‘rsatganligi uchun sud unga nisbatan shartli
ravishda 2 yil qamoq jazosi belgilangan.
Italiyalik mashhur tenor
L.Pavarotti soliq qonunchiligiga qisman rioya etmaganligi uchun soliq
to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanib, ommaviy axborot vositalari
orqali butun dunyoga sharmandai sharmisor qilingan. Mashhur
kinoaktrisa S. Lorenga nisbatan ham shunday munosabat bildirilgan
edi
93
. Yaqin yillar ichida mashhur futbolistlar Leonel Messi, Krishtian
Ronaldular ham soliq to‘lashdagi xatoliklari
uchun jazoga tortilish
xavfi ostida soliq va jarimalarni to‘lab qutilib qolishgan edilar.
92
Маликов Т.С., Жалилов П.Т. Бюджет-солиқ сиёсати.-Т.:Akademnashr,
2011.-398-398-бетлар.
93
O‘sha yerda, 399-400-betlar.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi soliq to‘lovchining soliq
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan
majburiyatini soliq majburiyati, deb e’tirof etib,
uning tizimini
belgilab beradi. Shunga mos ravishda soliq to‘lovchi tomonidan
ushbu majburiyatlar tizimini buzish bilan bog‘liq huquqshunoslik
sodir etilganda qo‘llaniladigan jazo
tizimi umumiy shartlari ham
Soliq kodeksida belgilangan. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun
javobgarlik boshqa turdagi huquqshunosliklar uchun qo‘llaniladigan
jazo bilan choralaridan farq qiladi. Ushbu toifaga kiruvchi
huquqshunosliklar faqat ma’muriy
yoki jinoiy jazo bilan
chegaralanmaydi. Soliqqa oid huquqshunoslik uchun qo‘shimcha
ravishda moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi (6.4.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: