amaldorlar o‘z faoliyatining asl natijalarini
ataylab yashirgan
bo‘lishlari ham mumkin. Amaldor-agentning rostgo‘yligini to‘liq
nazorat qilib bo‘lmaganligi sababli, agent rostgo‘y bo‘lish yoki
bo‘lmaslikni o‘zi hal etadi. Amaldorning qarori halol mehnati uchun
olishi mumkin bo‘lgan haq va suiiste’mollik uchun kutilayotgan
jazoga bog‘liqdir.
Amaldor-agentga uning mijozlaridan
beriladigan noqonuniy
mukofotlar turli sabablar bo‘yicha berilishi mumkin. Fuqaro yoki
firma amaldorga
tegishli xizmatlarni tez, “navbatdan tashqari”
ko‘rsatishi uchun pora berishi mumkin (tezlashtiruvchi pora).
Ko‘pincha, amaldorlarga davlat tomonidan tayinlangan xizmatlarni
ko‘proq ko‘rsatib, soliqlarni qonunchilik bilan belgilangan hajmdan
kamroq darajada olish uchun pora beriladi (to‘xtatuvchi,
sekinlashtiruvchi pora). Amaldor turli o‘ylab topilgan bahonalar bilan
faoliyatga halaqit berishning
keng imkoniyatlariga ega; bunda
amaldorga o‘zboshimchalik qilmasligi uchun pora beriladi (“yaxshi
munosabatda bo‘lish uchun” pora).
Korrupsiyani oldini olish maqsadida javobgarligi katta bo‘lgan
xodimlarga juda yuqori maosh belgilanadi
va shu bilan birga ular
tomonidan xizmat burchini bajarmaganligi uchun jazo choralari
qat’iylashtiriladi.
Ammo
ko‘pchilik
tadqiqotchilarning
ta’kidlashlaricha, aksariyat hollarda davlat
tomonidan beriladigan
maosh potensial pora beruvchilarning moliyaviy imkoniyatlari bilan
raqobatlasha olmaydi. Agentning yetarli darajadagi maoshi
zaruratdir, lekin u korrupsiyani oldini
olishga yetarli chora
hisoblanmaydi. Shu sababdan davlat-prinsipal yuqori darajadagi
rag‘batlarni “halol mehnatga chaqiriq” bilan to‘ldiradi. Bu, hukumat
agentlarni o‘z manfaatlarini o‘ylashlariga qarshi ruhiy to‘siq
yaratishga intilishini anglatadi. Buni qo‘shimcha ta’lim va ideologik
(g‘oyaviy) targ‘ibot mexanizmlari orqali amalga oshirish mumkin.
Undan tashqari, hukumat-prinsipal amaldor-agentlar faoliyati ustidan
nazorat qilishning muhim vositasi
hisoblangan mijozlar bilan
bevosita aloqa o‘rnatish (aholidan shikoyatlar qabul qilish)ni
rag‘batlantiradi.
Shunday qilib, “agent-mijoz” o‘zaro munosabatlari agentlar
maoshi va ularning vakolatlari kengligiga bog‘liqdir, “prinsipal-
agent” o‘zaro munosabatlari esa – prinsipalning
agentlar ustidan
nazorati va mijozlarning prinsipalga ta’siri darajasiga bog‘liqdir.
Ahloqiy me’yorlar bu tizimda barcha munosabatlar turlariga ta’sir
etib, qonunchilik me’yorlaridan chetlashish mumkin bo‘lgan darajani
aniqlaydi.
Korrupsiyaning asosiy sabablarini ba’zi iqtisodchilar quyidagi
formula orqali ifodalashadi:
Do'stlaringiz bilan baham: