Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Download 3,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/158
Sana07.03.2022
Hajmi3,96 Mb.
#486009
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158
Bog'liq
- P2

corrumpire
», ya’ni aynish, poraga sotilish 
atamalarining sinonimi bo‘lib mansabni suiste’molchilikning barcha 
turlarini ifodalashga xizmat qilgan. 
Markazlashgan hukumat hokimiyati kuchsiz bo‘lgan davrda 
(masalan, Yevropada o‘rta asrlarning dastlabki bosqichlarida) xizmat 
holatidan aholidan shaxsiy manfaat uchun pora olish umumqabul 
qilingan normaga aylangan edi. Rossiyada o‘rta asrlarda voyevoda va 
amaldorlar g‘aznadan ish haqi va pomestyalar olishdan tashqari 
nizolarni hal qilganliklari uchun aholidan haq olishlari odatiy hol 
hisoblangan. 
Davlat hokimiyati markazlashib borgani sari fuqarolarning 
mustaqilligi tobora cheklanib borgan. Bu esa quyi va oliy toifadagi 
amaldorlar tomonidan qat’iy nazoratdan qochishni istagan fuqarolar 
foydasiga qonunni yashirincha buzishga yo‘l ochgan. Poraxo‘r 
amaldorlarni omma oldida qattiq jazolash ham odatda natija 
bermagan, 
chunki 
ularning 
o‘rnini 
yangilari 
egallagan. 
Markazlashgan hukumatda amaldorlarni yalpi nazorat qilish 
imkoniyati bo‘lmagan. Shu boisdan korrupsiyaning “chidasa 
bo‘ladigan normasi” bilan cheklanishga, faqat uning eng xavfli 
ko‘rinishlariga qarshi choralar ko‘rilgan. Bunday holat ayniqsa, osiyo 
ishlab 
chiqarish 
usuli 
jamiyatlarida 
mavjud 
bo‘lgan. 
Mustamlakachilikdan oldingi Sharq mamlakatlarida hukmdorlar 
umumiy “nazorat va hisob” tizimini joriy qilishga intilgan 
bo‘lsalarda, boshqa tomondan muntazam ravishda o‘z cho‘ntagini 
davlat g‘aznasi bilan almashtirib qo‘yayotgan amaldorlarning 
ochko‘zligidan shikoyat qilishgan. Masalan, “Artxashastra” muallifi 
ochko‘z amaldorlar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlashning 40 ta 
vositasini keltirgan va asalni faqat og‘izga solgan vaqtdagina his 
qilish mumkin bo‘lgani kabi podsho mulkini uni boshqaruvchi 
amaldor tomonidan eng oz miqdorda bo‘lsa ham o‘zlashtirilmasligi 
mumkin emas”, deb ta’kidlagan.
Davlat 
amaldorlarining 
shaxsiy 
daromadlariga 
jamiyat 
tomonidan munosabatda tub burilish G‘arbiy Yevropda yangi tarixiy 
davrda tubdan o‘zgardi. Jamoat shartnomasi g‘oyasiga ko‘ra 
fuqarolar davlatga soliq to‘laydilar, davlat esa maqbul bo‘ladigan 
qonunlarni ishlab chiqadi va ularning so‘zsiz amalga oshirilishini 


nazorat qiladi. Shaxsiy munosabatlar o‘rniga xizmat yuzasidan 
bo‘ladigan munosabatlar qaror topadi, shu boisdan amaldorlar 
tomonidan ish haqidan tashqari shaxsiy daromad olishlari ijtimoiy 
ahloq va qonun normalariga zid deb targ‘ib qilish boshlandi. Bundan 
tashqari neoklassik iqtisodiy nazariya g‘oyasi iqtisodiy erkinlik 
g‘oyasini ilgari surib, kishilar o‘z ishlarini o‘zlari bajarishini va o‘z 
yo‘llaridan yurishlarini, davlatning esa iqtisodiyotga aralashmasligi 
lozimligini asosladilar. Agar amaldorda tartibga solish imkoniyatlari 
kamaysa, u holda ularning pora olish imkoniyatlari ham kamayadi. 
Pirovardida markazlashgan davlatda amaldorlarning korrupsiyasi 
yo‘q bo‘lmagan bo‘lsa ham, har holda keskin kamayadi. 
Rivojlangan 
mamlakatlarda 
korrupsiya 
rivojlanishi 
evolyutsiyasida XIX va XX asrlar yangi bosqich bo‘ldi. Bu davrda bir 
tomondan, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, shuningdek 
amaldorlar hukmronligi kuchaydi. Ikkinchi tomondan, yirik biznes 
vujudga kelib, raqobat kurashida “davlatni sotib olish” usulidan keng 
foydalana boshlandilar. Bunda ular siyosatchilar va yuqori davlat 
xizmatchilari faoliyatini yirik kapital manfaatlarini himoya qilishga 
bo‘ysundira boshladilar. Rivojlangan mamlakatlarda, shu jumladan, 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida, ikkinchi jahon urushidan keyin 
siyosiy partiyalar ahamiyati osha borgani sari partiyaviy korrupsiya 
avj ola boshladi. Yirik kompaniya, moliyaviy-sanoat guruhlar, 
o‘zlarining manfaatlariga mos keladigan qonunlarni qabul qilinishini 
ta’minlash maqsadida ro‘yobga chiqarish uchun saylovoldi 
jarayonlarida partiya kassalariga mablag‘ ajrata boshladilar. Yirik 
siyosatchilar o‘z mavqeilaridan shaxsiy daromad olish manbai 
sifatida foydalana boshladilar. Masalan, Yaponiyada hozirgi vaqtda 
ham siyosiy arboblar xususiy kompaniyalarga foydali shartnomalar 
olishlarida ko‘maklashganlari uchun kelishuvdan foiz olishga harakat 
qiladilar. Keyingi yillarda Janubiy Koreya Respublikasining bir 
necha prezidentlarining korrupsiya majoralari tufayli javobgarlikka 
tortilganliklari ham bunga misol bo‘ladi. Ayni paytda ichki firma 
xizmatchilari mustaqilligining oshirilganligi tufayli, ularning ham o‘z 
mavqeilarini suiste’mol qilish holatlari ko‘paymoqda. 
XX asrning ikkinchi yarmida ko‘plab “uchunchi dunyo” 
mamlakatlari mustaqillikka erishganlarida so‘ng ularda ham 


korrupsiya kuchaydi. Bunga Filippin, Indoneziya va boshqa ko‘plab 
rivojlanayotgan mamlakatdlarda yuz bergan korrupsiya majorali 
misol bo‘ladi. Misol uchun Filippindagi prezident Markos va 
Indoneziya prezidenti Suxarto o‘z davrida korrupsion faoliyatlari 
natijasida juda katta boylik to‘plaganlari hamda shuning uchun ham 
ular hokimiyatdan sharmandalarcha chetlatilganlar. Filippin, 
Paragvay, Gaiti va ko‘plab afrika mamlakatlarida kleptokratik 
rejimlar vujudga kelgan ediki, ularda korrupsiya barcha ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarni, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini 
qamrab olgan bo‘lib, porasiz hech nima qilib bo‘lmay qolgan edi. 
Bunday mamlakatlarda oilaviy klanlar paydo bo‘lgan edi. 
Korrupsiyaning “pastdan yuqoriga”, ya’ni boshliq barcha 
ayblovlarni quyi pog‘ona amaldorlarga to‘nkash imkoniyatiga ega 
bo‘ladigan tizimi bilan birga “yuqoridan pastga” tizimi ham mavjud 
bo‘lgan. Bu tizimda boshliq porani bevosita o‘zi olib, uni o‘zining 
qo‘l ostidagi xodimlari bilan bo‘lishgan. Bunday tizim Janubiy 
Koreyada mavjud bo‘lgan
62

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va savdo aloqalarining 
rivojlanishi ham korrupsiyani rag‘batlantiridi. Yirik transmilliy 
kompaniyalar 
muzokaralar 
o‘tkazish 
xarajatlariga 
yuqori 
lavozimdagi amaldorlarga beriladigan sovg‘alarni (poralarni) 
kiritadigan bo‘lishdi. O‘tgan asrning 70-yillarida amerika “Lokxid” 
firmasining GFR, Yaponiya va boshqa davlatlardagi yuqori martabali 
siyosatchilariga 
o‘zlarining 
unchalik 
yaxshi 
bo‘lmagan 
samolyotlarini sotishda yordam berganliklari uchun juda katta 
miqdorda sovg‘a (pora) berganliklari bilan bog‘liq majoralar sodir 
bo‘lgan edi.
Korrupsiya 1990 yilarda sobiq sotsialistik, ya’ni bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilayotgan 
o‘tish iqtisodiyoti davlatlarida juda keng rivoj topdi. Davlat 
hokimiyati tarkibida faoliyat yuritayotgan yuqori davlat amaldorlari 
bir vaqtning o‘zida ham davlat ishida, ham o‘zlarining tijorat ishlarida 
katta lavozimlarida ishlab, o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida 
mavqelarini suiste’mol qilganlar. Bunday holat hozirgi vaqtda ham 
62
Qarang: Теневая экономика: учеб. пособие / И.П. Овсянникова; ФГБОУ ВО 
РГУПС. – Ростов н/Д, 2015. – С.26. 


bir qancha o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida davom etmoqda. XXI 
asrning boshlarida jahon va Yevropa futbol uyushmalari rahbarlari 
bilan bo‘lgan korrupsion majoralar bunday illatning jamiyatning 
barcha sohalariga va global miqyosda keng yoyilganligidan dalolat 
beradi. 

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish