Rasmiy guruh – munosabatlar rasmiy me'yorlar va huquq burchlar tizimi bilan belgilangan guruh.
Referent guruh – shaxs uchun shunday odamlar guruhi bo’ladiki, ularning niyatlari, qiziqishlari, harakat me'yorlari, g’oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo’ladi, harakatlaridan andoza oladi, ularga taqlid qiladi.
Reproduktiv tafakkur – ko’rgan – bilgan narsamizni aynan qanday bo’lsa, shundayligicha, o’zgarishsiz qaytarish va shu asosida fikrlash.
Realistik baho – shaxsni o’rab turganlarning o’rinli va asosli bahlari, real samimiy munosabatlarining mahsuli bo’lib, shaxs bu munosabatlarni ilk yoshligidanoq holis qabul qilishga, o’z vaqtida to’g’rilashga o’rgatilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |