Aksioma (yunon. axioma–aniq ochiq narsa) – ko’pchilik tomonidan tan olingan, o’z–o’zidan ma'lum, isbot talab qilmaydigan haqiqat.
Akt (lat. actus–xulq, hatti–xarakat) – psixologiyada akt deganda organizmning turli–tuman harakatlari masalan, sensor akt, ideomotor akt kabi.
Aktivlashtirish (lat. activus–faol, ishchan) – muayyan faoliyat jarayonida shaxsning aqli, hissiyoti va irodasini kuchaytirish, takomillashtirish orqali uning ish qobiliyatini oshirish. Masalan, dars jarayonida o’quvchilarni aktivlashtirish.
Aqliy faoliyatni aktivlashtirish – turli metodik usul va vositalardan foydalanish orqali aqliy jarayon (sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur kabi)larning ish qobiliyatini oshirish natijasida bilim, ko’nikma va malakalarning samarali o’zlashtirilishini, faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishini ta'minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |