68
MNO2q0,08 g/s yoki 0,03 t/yil
3- chiqindi jins yoki atvallardan hosil bo’ladigan changlar.
Puch tog’ jinslaridan 630 t/yil
4 - tog’ sanoati texnikalaridan chiqayotgan chang, tutun, qurum va gazlar
5 - shaxta va kar'yerdan chiqayotgan oqava suvlar
Zarmitan konidan chiqayotgan zararli moddalar
sanitar normalari bilan
tartibga solinib turiladi. Konda chang qum korbanat angidrid va boshqa gazlar
chiqadi. Changni yo’qotish uchun shaxtada tuman xosil qiluvchi shamollatish
tizimi qo’llaniladi. Bundan tashqari ratsional chang ushlagichdan va tashqariga
chiqishdan chang o’tiradigan xonadan chiqariladi.
Chiqindilarning ko’plab to’planishi
atrof muhitga, odamlarga va
hayvonlarga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Bu chiqindilarni yo’qotish maqsadida
rekultivatsiya ishlari olib borilmoqda.
Zarmitan konidan chiqayotgan chiqindi jinslar to’planib usti tekislanishi va
ustiga tuproq to’kilib ekinzorlarga, daraxtzorlarga aylantirish
ishlari loyihada
ko’rsatilgan.
Zarmitan va G’ujumsoy konidan chiqadigan tarkibida bir qancha zararli
moddalardan iborat suvni yer yuziga chiqarib ekin maydonlariga va oqava suvlarga
qo’shish chuchuk suvlarni zaxarlaydi. Shu bilan bir qatorda yerdan va suvdan
foydalanuvchiga, hamda ekinzorlarga zarar keltiradi. Kon chiqindi suvlarida tirik
organizm uchun xavfli bulgan xar xil kislotalar, fenallar, vodorod sulfidi, ammiak,
mis, rux, simob, ionid, texnik moylar va boshqa zararli moddalar mavjud.
Zarmitan shaxtasidan oqib keluvchi oqava suvlar ikkita hovuzga yig’iladi.
Shu hovuzlardan shaxta tashqarisiga suv tozalash manbalariga yuboriladi.
Shaxtadan chiquvchi oqava suvlarni tozalashning quyidagi usullari mavjud:
-
mexanik;
-
kimyoviy;
-
fizik-kimyoviy;
-
termik;
-
biologik.
69
Burg’ilab portlatish ishlarida “Xavfsizlik qoidalari birliklari va tog’
ma'danchilik korxonalarini yer osti usulida texnologik
usulda loyihalashning
me'yoriy birliklari” ga tavsiya etiladi.
Mehnatni muxofaza qilish tadbirlari loyihasida quyidagilar ko’zda tutiladi:
aktiv suniy shamollatishni saqlash, yuvinish xonasi va tibbiy davolash punkti
bo’lishi kerakligi va yo’lak lahimlarini qo’zg’almas elektr yoritkichlar bilan
ta'minlash.
ma'muriy-maishiy xizmat inshoatlarini qurish va unda toza kiyim
va ishchi kiyim
yer ostida ishchilar ko’p to’planadigan joylarda qo’zg’almas bochkalarda
qaynatilgan yoki toza ichimlik suvi bilan ta'minlanishi kerak.
Kon korxonalari sharoitida hamma ishlab chiqarish jarayonida chang ajralib
chiqishi kuzatiladi. Ko’proq chang miqdori burg’ilab portlatish ishlarida, tog’
jinslarini transport vositalariga yuklash va yuksizlantirish ishlarida ajralib chiqadi.
Kon lahimlarida havoga chang chiqishini kamaytirish uchun injener texnik
tadbirlar majmuasidan foydalaniladi. Kon ishlarining
turli xil jarayonlarida
changga qarshi kurash tadbirlari quyidagilardan iborat:[10]
Burg’ilash ishlari sharoitida:
Burg’ilash ishlari jarayonida changga qarshi kurashishining eng oddiy va
samarali usullaridan biri suv bilan yuvib burg’ilashdir. Shpurlarni yuvib
burg’ilashda chang chiqishini kamaytirish uchun AQP-2 burg’ilash kallagi
qo’llaniladi.
Rudnikdagi barcha perfaratorlar avtomatik qurilmalar bilan ta'minlangan,
bu esa
xavfsizlikni ta'minlashda katta ahamiyatga ega.
Portlatish ishlarida:
Korxonaning chang muvozanatida portlatish ishlaridan ajralib chiqqan chang
asosiy o’rinni egallaydi.
Shaxta atmosferasi qisqa vaqt ichida changlanadi, bundan tashqari portlatish
ishlari vaqtida kon lahimlariga o’tirgan chang havoga ko’tariladi. Portlatish
ishlarida changni bostirish uchun tuman hosil qiluvchi shamollatish vositalari
70
samarali hisoblanadi. Tuman hosil qiluvchi vositalar bir necha minut oldin ishga
tushiriladi.
Qazib olish ishlari sharoitida:
To’dalab qazib olish tizimida changni yotqizish uchun suv sepish va tuman hosil
qiluvchi vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: