Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshohga xizmat qilmay, balki podshoh jamiyatga xizmat qilishi lozimligini aytadi. «Tabiatan boshqarishga moyil» bo‘lgan hokim, -deb yozadi u - o‘z fikri va qarorlarida qa’tiy bo‘lishi kerak, o‘z ishlarini amalga oshirishlarida faylasuflarning. . . fikrlariga amal qilishi lozim; «shohning o‘zi ham» yaratuvchilik ongiga ega bo‘lmog‘i, ayniqsa, dehqonlar to‘g‘risida ko‘proq g‘am eyishi kerak. «Podshohlik» dehqonchiliksiz yashay olmaydi, – deb yozgan edi u. - Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshohga xizmat qilmay, balki podshoh jamiyatga xizmat qilishi lozimligini aytadi. «Tabiatan boshqarishga moyil» bo‘lgan hokim, -deb yozadi u - o‘z fikri va qarorlarida qa’tiy bo‘lishi kerak, o‘z ishlarini amalga oshirishlarida faylasuflarning. . . fikrlariga amal qilishi lozim; «shohning o‘zi ham» yaratuvchilik ongiga ega bo‘lmog‘i, ayniqsa, dehqonlar to‘g‘risida ko‘proq g‘am eyishi kerak. «Podshohlik» dehqonchiliksiz yashay olmaydi, – deb yozgan edi u.
Beruniy mamlakat ravnaqi, el-yurt farovonligini ilm-fan taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. U: «har bir olim o‘z muhokamasida amaliyotga asoslanishi, o‘z tadqiqotida aniq maqsadga ega bo‘lishi, tinimsiz mehnat qilishi, xatolarni qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har xil uydirma, yuzakichilikka qarshi kurash olib borishi zarur»,-deb yozgan edi. Beruniy mamlakatda xalqlar do‘st, inoq, ittifoq bo‘lib yashashi uchun kurashib, insoniyatga qirg‘in keltiruvchi urushlarni qattiq qoralaydi va kishilarni tinchlikka chaqiradi. - Beruniy mamlakat ravnaqi, el-yurt farovonligini ilm-fan taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. U: «har bir olim o‘z muhokamasida amaliyotga asoslanishi, o‘z tadqiqotida aniq maqsadga ega bo‘lishi, tinimsiz mehnat qilishi, xatolarni qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har xil uydirma, yuzakichilikka qarshi kurash olib borishi zarur»,-deb yozgan edi. Beruniy mamlakatda xalqlar do‘st, inoq, ittifoq bo‘lib yashashi uchun kurashib, insoniyatga qirg‘in keltiruvchi urushlarni qattiq qoralaydi va kishilarni tinchlikka chaqiradi.
- Vatandoshimiz Beruniyning bu g‘oyallari bugunki kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Aksincha, uning juda ko‘p g‘oyalari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ular yurtboshimizning nutqlari va maqolalarida, ilmiy risolalarida yanada rivojlantrilmoqda, hamda ular O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanib borishda xizmat qilmoqda. Bugungi kunda Beruniyning ona Vatani-mustaqil O‘zbekistonda uning ijodiga juda katta e’tibor berilib, uni har tomonlama chuqur o‘rganilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |