Abu Rayxon Beruniy asarlari bibliogrfiyasini tuzish.
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad G’azna (hozirgi Afg’onistonda)973 yil 9 sentabrda tug’ilgan. Ulug’ o’zbek mutafakkir olimi, o’rta asrning buyuk daholaridan. O’z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot , ilohiyot, ma’danshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. Uning nasl-nasabida «berun» so’zi «tashqi shahar», «Beruniy» esa «tashqi shaharda yashovchi kishi» ma’nosini bildiradi. Beruniyning ilm-fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli bo’lgan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo’lida ta’lim oladi. Ibn Iroq falakiyot va riyoziyotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag’ishlaydi. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zo’r hurmat bilan tilga oladi. Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shug’ullandi. Sharqning boy fan va madaniyatini puxta o’rganib, yunon ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik olim bo’lib yetishdi. Beruniy shoir, adabiyotshunos ham edi. Ona tilidan tashqari arab, sug’diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini egalladi. Keyinchalik, Hindistonda sanskrit tilini o’rgandi. O’z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, Beruniy Xorazmda yashagan davrida 990 yildan Kot shaxrida muhim astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ixtiro etgan. Mamlakatda taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermadi. Qoraxoniylar somoniylarga qarshi hujum boshladi. Buning natijasida Xorazmda ham davlat to’ntarishi bo’lib, Kot Urganch amiri Ma’mun I tomonidan bosib olindi. Beruniy hayoti xavf ostida qolgaini sezib, 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi. U qadimdi Ray shaxriga (hozirgi Tehron yaqinida) boradi. Rayda ancha og’ir hayot kechiradi, moddiy qiyinchiliklarga duchor bo’ladi. Olim 998 yildan keyin Jurjonga keladi va bu yerda ikkinchi ustozi tabib, falakiyotshunos va faylasuf Ali Saxl Iso al-Masixiy bilan tanishib, undan ta’lim oladi. O’sha vaqtda Kaspiy oldi viloyatlarida Ziyoriylar sulolasi (928—1042) hukmronlik qilgan; bu sulolaning vakili Qobus ibn Vashmgir yosh olimni o’z himoyasiga oladi. Yoqut Hamaviynij yozishicha, Qobus ibn Vashmgir Beruniyga vazirlik lavozimini taklif qilgan, lekin olim bunga rozi bo’lmagan.
ABU RAYXON BERUNIY ASARLARI;
1.Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlilar.
2.Xorazmning mashxur kishilari.
3.Turar joylar masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash.
4.Geodeziya.
5.Munajjimlar bashoratidan tushunchalar.
6.Munajimluk san’atidan boshlang’ich tushunchalar.
7.Hindiston.
8.Qonuni mas’udiy.
9.Mineralogiya.
10.Saydana.
11.Beruniy ziji.
12.Dengizlar quruqlikka quruqlik dengizga aylanadi.
13.Oq kiyimliklar qarmakiylar habarlari haqida.
14.Xorazm habarlari haqida kitob.
15.Sulton Maxmud davri tarixining kitobi va otasi haqidagi habarlar.
16.Oliy martabalar quyoshi
17.Xronologiya.
18.Maqolalar e’tiqodlar dinlar haqida kitob.
19.Astralogiya.
20.Astranomiya kaliti.
21.Dorivor o’simliklar haqida kitob.
22.Istagan xil astralyabiyani tayyorlashning turli uslublari haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |