Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniyning
hayoti va ijodiga bag`ishlangan matematik kechaning bayonnomasi
Assalom, davrimizning eng aziz ustozlari,
Assalom, ilmu fanning sohibi davronlari!
1-boshlovchi Assalom, ey aziz do`stlar, hamfikrlar assalom,
Assalom, dil to`ridan, qalb qo`ridan assalom!
Zamonlarning zamonida rivojlangan, yetilgan,
Bobolarning merosidan bizga taqdim etilgan,
2-boshlovchi Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ulug`beklar boyitgan,
Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan.
Eslatay bobolarning durdona so`zin,
Hisob-kitob ochmish aqlning ko`zin.
1-boshlovchi “Matematika-fanlarning podshohidir”
Har ish sohasida ko`rsatar o`zin.
Bobomiz Beruniyga bag`ishlangan kechamiz,
Ko`p bebaho asarlarin ma`nosini yechamiz.
2-boshlovchi Ruxsat bering boshlamoqqa matematik kechamiz,
Turli-tuman savol bilan barchani o`ylatamiz.
1-boshlovchi Assalomu alaykum, aziz ustozlar va qadrdon talabalar!
Biz sizga matematika, fizika, astranomiya, etnografiya, ma`danshunoslik, tilshunoslik, tarixshunos va falsafa fanlarining buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag`ishlab tayyorlagan kichik bir matematik kechamizni havola etamiz!
2-boshlovchi Tarihingdir ming asrlar
Ichra pinhon o`zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon o`zbegim.
So`ylasin Afrosiyobu
So`ylasin O`rxun xati,
Ko`hna tarix shodasida
Bitta marjon o`zbegim
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,
Al-Farob avlodidan,
Asli nasli balki O`zlik,
Balki Tarxon o`zbegim
O’rta asrda yashab ijod etgan sharqning mashhur olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy Xorazm vohasidagi qadimiy shahar-
lardan biri bo’lgan Kot shahrida 973-yilning 4-sentabrida dunyoga kela-
Uning yoshlik davri O’rta Osiyoning markaziy shaharlaridan bo’lgan xozirgi Beruniy — qadimgi Kot shahriga o’tadi. Unda aniq fanlarga qizi-
qish va uning tarmoqlarini egallashga intilish bolalik chog’laridanoq ro’yobga chiqa boshlaydi.
Yosh Beruniydagi bunday iste’dotni sezgan o’sha davrning buyuk donishmand olimi – matematik va astranom Abu Nasr ibn Mansur Iroq uni o’z tarbiyasiga oladi va uni o’z o’g’lim deb ataydi,chunki Beruniyning ota-onasi erta o’lib ketgan bo’lib, u yetimlik mashaqqatlari-
ni chekayotgan bir davr edi.
Beruniy yoshligidanoq mehnatsevar bo’lib, ko’p vaqtini turli kuza-
tishlar bilan o’tkazardi. U 995-996-yillarda astranomik asbob devor kvadrantini yasaydi. Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shug’ullandi, Kot shahrida diametri 49 sm chamasida bo’lgan Ziro-
qadimgi o’lchov birligi bo’lgan astranomik asbob bilan Quyoshning eng tik holatdagi ko’rinishini o’lchaydi va 994-995-yillarda dunyoda birinchi bo’lib Xorazmda globus yasaydi.
Abu Rayhon Beruniydan bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, u 17 yoshida ijodiy ishlar bilan shug`ulanadi hamda o`sha zamonning olimlari mashxur tabib Abu Ali Ibn Sino, faylasuf Abu Sahr Ibn Masihiy, Abu Hasan Hammor, adib Abu Mansur As-Saolibiy va boshqa bir qancha olimlar bilan hamkorlik qiladi.
Abu Rayhon Beruniy o`zining eng katta birinchi “O`tmish yodgorliklari” asarini 998-1004 yillarda yozadi. Beruniy bu asarda Sharq mamlakatlari xalqlarining kalendarlari, fan va madaniyatlari haqida ko`p fikrlarni bayon etadi. Bu asari orqali uning shuhrati butun Sharqqa tarqaladi. Uning “O`tmish yodgorliklari” asarida kecha va kunduz to`g`risida kitobxonga aniq ma`lumot beradi. Quyoshning burjlar falagida bir marotaba aylanib chiqishida quyosh yili kalendari tuzilgan. Ana aylanish muddatida oy ham 12 yarim marta o`sha doirani aylanib chiqadi. 12 marta osmonda yangi oy paydo bo`ladi. Shu kuzatishlar asosida Qamariya oy kalendari vujudga keladi. Quyosh yili 365 kun bo`lib, 12 oyning har biri 30-31 kundan iborat bo`lib, ortib qo`lgan chorak kunlar 4 yilda bir marta 29 kunni hosil qilgan oy sanaladi. Bu yil Kabisa yili deb ataldi. Har bir oy o`zining alohida nomiga ega bo`lib, bu oylarning nomi va miqdori quyidagichadir.
Yanayur – 31 kun (yanvar)
Fabarayur – 28-29 kun (fevral)
Marsa – 31 kun (mart)
Abrar – 30 kun (aprel)
Maya – 31 kun (may)
Yuniya – 30 kun (iyun)
Yuliya – 31 kun (iyul)
Ag`ust – 31 kun (avgust)
Satanbar – 30 kun (sentabr)
Oktubar – 31 kun (oktabr)
11. Nuvanbar – 30 kun (noyabr)
Dahimbar – 31 kun (dekabr)
Abu Rayhon Beruniy tuzgan bu quyosh yo`li kalendari hozirgi kunda ham o`z ahamyatini yo`qatmay kelmoqda.
1010-yili Xorazm Shohi Ma`mun Beruniyni Xorazmga chaqiradi va uni fan sohasida asosiy maslahatchi qilib tayinlaydi. Beruniy Ma`mun “Donishmandlik uyi”ning a`zosi bo`lib, u yerda 7 yil ilmiy ishlar olib bordi va o`zining “Xorazmning mashhur zotlari” asarini yozdi. “Geodeziya” asarini yozish uchun materiallar yig`ishni boshladi. 1012-yilda Beruniy G`aznaga keldi. U G`aznada 1018-yildan 1025-yilgacha “Geodeziya” asarlarini yozib tugatdi. Olim bu kitobda harakatsiz yulduzlar va quyosh orqali shaharlarni joylashgan kengliklarini aniqlash usulini aniq va mukammal bayon qildi. Shu bilan birga Oy tutilishi va uni tutar joylari o`rinlarini aniqlashdagi ahamyatini ham ko`rsatib berdi. Beruniy bu asarda Bog`dod, Rey, Jurjoniya, Buxoro, Sheroz, Balx va boshqa shaharlarning o`rnashgan joylari ular orasidagi masofa farqlarini maxsus jadvallarda ko`rsatib bergan.
Beruniy yaratgan “Geodeziya” asari geologiya, geografiya, geodeziya va yer haqidagi fanlar taraqqiyotiga qo`shilgan muhim hissadir.
Abu Rayhon Beruniy fan sohasidagi shon – shuhrati boshqa mamlakatlarga yoyila boshladi. Uni iste`dotli ajoyib olim sifatida taniy boshladilar. Bu buyuk olim o`zining yana bir nodir “Kitob at-tafhim” asarini 1029-yilda yozib, uni Xorazm go`zali Rayhonaga bag`ishlaydi. Uning ushbu asari savol-javob usulida yozilgan bo`lib, arifmetika, geometriya, astranomiya va geodeziya fanlariga doir bilimlar haqida ma`lumot beradi. “Kitob at-tafhim”asarida 533ta savol-javoblar bo`lib, shundan 119 donasi matematikadir:
a) 1dan-37gacha savollar, planimetriyaga;
b) 38dan-56gacha savollar, nisbatlar nazariyasiga;
d) 57dan-71gacha savollar, stereometriyaga;
e) 72dan-91gacha savollar, musiqa nazariyasiga;
f) 92dan-108gacha savollar, arifmetikaga;
g) 109dan-115gacha savollar, algebra va harflar bilan hisoblashga; qolgan savollar esa astranomiya, astrologiya va geodeziyaga bag`ishlangandir.
Beruniy o`zining “At-tafhim” asarini matematika va astranomiya sohasida darslik bo`lib qolish maqsadida yozgan edi. Haqiqatdan ham, mutahasis o`qish kitobi 3 asrdan ortiq Sharq mamlakatlariga amaliy darsliklarda biri bo`lib hizmat qilib kelgan edi.
“At-tafhim” so`zining lug`aviy ma`nosi “tushuntirish” demakdir.
Biz yuqorida bu kitobni Xorazm go`zali Rayhonaga bag`ishlanadi, deb aytgan edik. Rayhona kim? Nima uchun unga Beruniydek buyuk olim o`z asarini bag`ishladi?
1029-yilning erta bahor oqshomi Beruniy ijod qilish bilan band. Ayvonga ohista kirib kelga uy hizmatchisi o`z xojasining mashg`ulotiga halal bermaslik maqsadida, Beruniy ishlab o`tirgan xontaxta ustiga bir qog`ozni qo`yib, tovush chiqarmay orqaga qaytib chiqib ketadi. Beruniy ijoddan to`xtagach qog`ozni olib, xatni o`qiy boshlaydi. Bu maktub Beruniyning ona tilisi Xorazmiy tilida yozilgan edi. Maktubni yozgan Rayhona ismli qiz bo`lib, u o`zining Xorazmlik ekanini otasining ismi Hasan-al Xorazmiy deb yozgan edi. Rayhona ilm zakovatli qiz bo`lib, Beruniyning barcha yozgan kitoblarini o`qiganini, bu ishda otasi yordam berganini, o`zi esa ko`proq astranomiyaga oid kitoblarga qiziqishini va astranomiya sohasida shug`ullanayotganini bildirib, o`zini qiynab qo`ygan bir necha savollariga javob berishini Beruniydan iltimos qilib yozilgan maktub edi.
Beruniy Rayhona yo`llagan ilmiy savollarga javoblar yozadi. Bu savol-javoblar alohida bir kitobni tashkil etadi. Bu kitobning nomi qisqartirib “at-tafhim”(tushuntirish) deb ataladi. Beruniy bu yangi asarini Rayhona Hasan-al Xorazmiy qiziga bag`ishlagan edi.
Mahmud G`aznaviy Xorazmni bosib olgandan kegin poytaxt qilib G`azna shahrini belgiladi va Hindistonning shimoliy va g`arbiy hududini o`z mamlakatiga qo`shib oladi. Mahmud o`zining Hindistonga qilgan harbiy yurishlariga saroy olimlarni ham olib borar edi. Shuning uchun Beruniy ko`p yillarini Hindistonda o`tkazdi. U hind xalqining madaniyati va fani, turmushi va adabiyotiga juda qiziqdi va uni o`rgandi. U qadimiy hind tili-sanskrit tilini o`rganib, hind olimlarini bir qancha asarlarini arab tiliga tarjima qiladi, hamda 1031-yilda “Hindiston” nomli kitobni yozib tugatdi. Bu kitobda hindlarning matematika va astranomiya fanlar sohasidagi ilmiy ishlar va fanlarning taraqqiyoti bayon etilgan. Hindistonning mashhur jamoat va davlat arbobi marhum Javaharlal Neru: “Beruniy yunon falsafasini bilib olib, hind falsafasi bilan tanishish uchun Sanskrit tilini o`rgandi. Beruniy hind va yunon falsafasini bir-biri bilan solishtirib, bulardagi umumiylikni ko`rib hayratda qoldi. Beruniyning kitoblari faqat ilmiy ma`lumotlar emas, balki urush, talon-taroj, ommaviy qirg`in bo`lishiga qaramay, fan ahllari o`z ishlarini davom ettirganligini ko`rsatib beradi. Ikki orani nafrat va xudbinlik kayfiyati buzib turgan paytlarda ham Beruniy begona millat odami bo`la turib u o`lka kishilari ahvolini tushunishga harakat qiladi,” –deb yozgan edi.
Beruniy “Hindiston” asarini yozishi bilan faqat sharq mamlakatlariga emas, butun yer yuzidagi mamlakatlariga ham taniladi. Sharq va G`arb olimlari shu kitob orqali qadimiy o`lka-Hindistonning fani va madaniyati bilan tanishdilar.
Podshoh Mahmud G`aznaviy 1030 yilda vafot etgan, ko`p o`tmay G`azna sulton Mas`ud ihtiyoriga o`tadi. Abu Rayhon Beruniy ham o`zining shoh asari “Qonuni Mas`udiyni” 1031-1037 yillarda yozib tugallab uni sulton Mas`udga taqdim etadi. Bu asar Beruniy yaratgan juda ko`p ilmiy asarlar ichida o`zining g`oyat mazmundorligi, keng ko`lamligi, ko`p ma`lumotlarni o`z ichiga olganligi bilan ajralib turadi.
“Qonuni Mas`udiy” asarini 11 ta ulkan bo`limda iborat bo`lib, bu bo`limlarni olim maqola deb ataydi. Har bir maqola shakl va mazmun jihatdan ayrim sohasiga oid alohida katta bir kitob kabidir.
1-maqolada — olamdagi mavjudotlar,ularning umumiy shakillari to’g’risida hikoya qiladi.
2-maqolada — turli halqlarda ishlatiladigan eralar to’g’risida so’z boradi.
3-maqolada — trigonometriya haqida bayon etgan.
4- maqolada –yoylar va burchaklar miqdorlari haqida.
5- maqolada – geodeziyaga bag’ishlangan.
6- maqolada – quyosh harakati haqida.
7- maqolada – oy harakati to’g’risida so’z boradi.
8- maqolada – quyosh va oy tutilishiga bag’ishlanadi.
9- maqolada – yulduzlar harakati va holati to’g’risida.
10- maqolada – Saturn, Ypiter, Mars, Zuxra va Merkuriy sayyoralarining harakati to’g’risida hikoya qiladi.
11- maqolada – osmon sferalarining diametriyasi,yoritgichlarning harakatlari, ularning o’rnashgan joyi, bir-birlariga nisbatan qiladigan harakatlari kabi masalalarga bag’ishlangan.
Hozirgi zamon olimlari yer kattaligini o’lchash sohasida Beruniy tomonidan erishilgan aniq natijalarni, O’rta asrlarda astranomiya sohasida erishilgan katta yutuqlardan biri deb hisoblaydilar.Hozirda
“ Qonuni Mas’udiy ” asarining 7 ta qo’lyozma nushasi London, Parij, Berlin, Istanbul va Qoxira shaharlarining va poytaxtimizdagi sharqshunoslik institutining kutubxonalarida saqlanmoqda.Abu Rayhon
Beruniy umrinining so’nggi daqiqalarida ham ijod qilishdan to’xtamay-
U 1037-1048-yillarda “ Mineralogiya “, “ Farmakologiya “ va “ Say-
dona “ asarlarini yaratgan.” Saydona “ asarida 4500 dan ortiq dorivor o’simliklar, hayvonlar minerallar va ulardan olinadigan ozuqalarning nomlari va izohlari keltirilgan edi.
“ Ilimni uning mohiyati uchun o’rganadigan.Ilm o’zi lazzat bag’ish-
laydi.Odamlar ilm tufayli ezgulikka erishadilar. Ular ilm tufayli yovuzlikdan holos topadilar.Shuning o’zi eng aniq foyda,eng katta davlat emasmi,axir!” Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy 1448-yili G’azna shahrida 75 yoshida bu yorug’ olamni tark etadi. Abu Rayhon Beruniyning o’lmas asarlari asrlar davomida ilm ahlining qo’lidan tushmagan. Ular avlodlardan – avlodlarga o’tib el ko’nglidan yanada chuqurroq joy ola brogan. Chunki,buyuk mutafakkir halqparvar va insonparvar olim Beruniy o’zining butun umrini bakamol ijodi va yorqin isdedodini chin yurakdan,el-u yurt,odamlar,ilm-u ma’rifat uchun bag’ishlagan edi. Hozirgi vaqtda Beruniyning nomi butun jahonga mashhurdir.
Boshlovchi:
Matematika fani yuksalmoqda kun sayin,
Bo`limlari xilma-xil, qay birini aytayin?
Qancha-qancha muomma hal etilgan shu on.
Kompyuterlar savodi quloch yoymoqda chunon.
Endi navbat buyuk olim Beruniy bobomizning hayoti va ijodiga bag`ishlangan sahna ko`rinishiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |