Markazdan qochma cho’ktirma nasos qurilmalar bilan jixozlangan quduqni ishlatish va montaj qilishda xavfsizlik texnikasi MQChENQ ni montaj, demontaj qilish va ishlatish bo’yicha barcha ishlar neft qazib olish sanoati xavfsizlik texnikasi, elektroqurulmalarni ishlatish talablari va texnika xavfsizligi qoidalari asosida olib boriladi.
Ishni xavfsiz olib borishning maxsus talablarida quyidagi qoidalarni bajarish ko’zda tutiladi:
1) apparatning ishonchli mahkamlanganligini, tok kuchi yordamida yuritiladigan elektrojixozlar va boshqa ishlar faqat qurilma o’chirilgan holatda amalga oshiriladi;
2) transformator va boshqaruv stansiyasi korpusi, shu bilan birgalikda kabel zirhi yerga ulangan bo’lish shart;
3) quduqning mustahkamlovchi quvurlar tizmasi yerga ulanuvchi kontur bilan ulanishi shart;
4) qurilma “Pusk” va “Stop” tugmachalari yordamida yoki boshqaruv stansiyasi tashqi tomoniga o’rnatilgan muruvatli qo’shgich yordamida maxsus ko’rsatma bilan tanishgan I guruh kvalifikasiyasiga ega nazoratchi tomonidan ishga tushiriladi;
5) montaj, tekshirish, sozlash, ta’mirga va boshqaruv stansiyasiga o’lchov apparatlarini va rele apparatlarini o’rnatish, shu bilan birgalikda transformator chiqishini almashtirish, faqat qurilmani o’chirgan holatda amalga oshiriladi. Qurilmani o’chirishda ikki kishi qatnashib, birining kvalifikasiiyasi III guruhdan past bo’lmasligi kerak;
6) kabel boshqaruv stansiyasidan quduq ustigacha yer yuzasida 400 mm oraliqdan kam bo’lmagan masofada maxsus tayanchlarda o’tkaziladi;
7) sinash uchun qo’shish va ishlash vaqtida kabelga teginish taqiqlanadi;
8) qurilmanig izolayasiya qarshiligi 1000V gacha kuchlanishda megometr bilan o’lchanadi;
9) rubilnik–saqlagich blokini almashtirish va ta’mirlash boshqaruv stansiyaning o’zida almashtirish uchun boshqaruv stansiyasidan 380 V kuchlanishdagi tarmoqni uzib amalga oshirish talab qilinadi (ochirish 6/0,4 kV transformatori III guruhdan kichik bo’lmagan kvalifikasiyali xodim yordamida amalga oshirish talab qilinadi);
10) cho’ktirma agregat qismlarini ulashda shlisali muftani qo’l bilan ushlash taqiqlanadi.
15.2. Quduqda yer osti ta’mirini o‘tkazishda asosiy texnika xavfsizligi qoidalari.
Neft qazib olish sanoatida quduqni yer osti ta’miriga bog’liq ishlar bir muncha murakkab va xavfli hisoblanadi. Shuning uchun, bu yerda har bir ishchi mexanizmlar bilan muloqot qilish qoidalarini bilishi va ishni o’tkazish uchun mo’ljallangan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi talab qilinadi. Yer osti ta’miri brigadasining har bir ishchisi texnika xavsizligi bo’yicha maxsus kursni tamomlagan bo’lishi va kondagi ishni xavfsiz o’tkazish bo’yicha ko’rsatmalar va qoidalar bilan tanishgan bo’lishi kerak. Yer osti ta’miri brigadasining asosiy ishlab chiqarish agregati ko’tarib tushiruvchi inshoat va mexanizmlar, ya’ni minora, ko’targich va tal tizimi hisoblanadi. Birinchi navbatda ularning mustahkamligi va ishonchligiga e’tibor berish kerak bo’ladi. Ko’tarib–tushirish jarayonidan oldin minora va machtani, tal tizimini diqqat bilan ko’zdan kechirib chiqish kerak bo’ladi. Po’lat arqonli tortqich minora tepasiga va yakor pastiga yaxshi mahkamlangan bo’lishi kerak. Agar tortgich bo’shagan bo’lsa uni mahkamlash talab qilinadi. Barcha zinapoyalarni, maydonchalarni, oyoq va minora yuqorisini ko’zdan kechirib chiqish kerak bo’ladi. Minora yuqorisida hech qanday narsa qolmasligi kerak, yuqorida kichik narsaning (bolt, gayka) tushib ketish og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Ishlatuvchi quvurlar usti atrofida ishchi maydon quvurlarni yechish va qotirish uchun mustahkam va yetarli o’lchamda doska bilan jixozlangan bo’lishi kerak. Bu joy toza, oyoq toymaydigan va surinib ketmaydigan bolishi kerak. Har bir quduq burg’ilash maydonini, to’kilgan neft va loylarni yuvish uchun mo’ljallangan suv shlangalarda keltirilgan bo’lishi kerak. Traktorist ish o’rni yomg’ir va quyoshdan himoyalangan bo’lishi kerak. Ishdan oldin quvurni ko’tarib tushirish mexanizmlarining ovoz chiqarayotgan qismlarini moylash talab qilinadi, aks holda avarya holatlari ro’y berishi kuzatiladi. Ko’taruvchi kryuk ish vaqtida ochilib ketishidan saqlovchi qulfga ega bo’lishi kerak. Barcha asbob-uskunalar toza va soz holatda bo’lishi talab qilinadi. Nosoz elevator ko’tarish vaqtida ochilib ketishi natijasida ko’tarilayotgan quvur quduqqa tushib ketishi yoki ishchiga zarar yetkazishi mumkin. Zanjirli kalitning nosozligi quvurlarni qotirish va bo’shatish vaqtida ishchiga jarohat olib kelishi mumkin. Ko’zni sim bo’laklaridan asrash uchun himoya ko’z oynagini taqish talab qilinadi. Po’lat arqon bilan ishlashda qo’lqop kiyish kerak. Favvora va gazlift armaturalarini yechish va nasos qudug’idan nasos kompressor quvurini ko’tarishdan oldin quvur va halqali qismdagi bosim atmosfera bosimigacha tushirilishi kerak bo’ladi. Nasos qudug’ida ta’mirlash ishlarini olib borishdan oldin balansir boshchasi orqaga yoki biron tomonga olinishi talab qilinadi. Stelajga bittadan shtangalarni qo’yish va ko’tarishga ruxsat beriladi. Stelajga shartli diametri 60 mm bo’lgan uzunligi 16 m dan uzun bo’lmagan ikkita nasos kompressor quvurini qo’yish va ko’tarish mumkin, ko’taruvchi inshoat balandligi 22 m dan past bo’lmasliga va minora darvozasidan quvur erkin o’tishi kerak.