8.5-rasm. “Favvora-nasos” turida MQEBN qо‘llab ikki qatlamni alohida ishlatish sxemasi: 1- paker; 2- PED; 3-maxsus kojux; 4- ajratgich; 5- plunjerning shtuseri; 6-quvurli yakor; 7-NKQ; 8- elektr kabeli; 9- favvora armaturasi; 10-boshqaruv stansiyasi; 11-transformator; 12-aylanma quvur .
|
8.6-rasm. Shtangali quduq nasoslari yordamida “nasos-nasos” usulida ikki qatlamni alohida ishlatish qurilmasining sxemasi:
a – paker tagidagi gazni UGR1-V qurilmasi yordamida chiqarib yuborish;
b- paker tagidagi gazni U GR2-V qurilmasi yordamida chiqarmaslik.
|
Pastda joylashgan qatlamdan paker tagidagi suyuqlik pastki SHQN (1) yordamida olinadi va yuqoridagi SHQNning (3) aylanma kanallari orqali NKQning fazosiga uzatadi. Yuqoridagi qatlamdan suyuqlik о‘tqazish qurilmasidagi (4) yon teshik (5) orqali yuqoridagi nasosning qabuliga kirib keladi. Yuqoridagi SHQNdan ham suyuqlik NKQga uzatiladi.
Yuqoridagi SHQNning о‘tqazish qurilmasi pastda joylashgan qatlamning pakeri tagidagi gazni quvur oralig‘idagi halqali fazoga chiqarib yuborishi uchun chiqaruvchi kanallar bilan ta’minlanadi. Bunday holatda nasoslar oralig‘idagi masofaga NKQning (6) qо‘shimcha kolonnasi osiladi. Qо‘shimcha kolonna evaziga paydo bо‘lgan quvurlar oralig‘idagi fazodagi ajratilgan gaz pastki nasosning qabulidan yuqorida joylashgan SHQNning (4) о‘tqazish qurilmasini kanallari orqali quvurning oralig‘idagi fazo orqali chiqarib yuboriladi.
8.4. Bir vaqtda suvni alohida haydovchi jihozlarning sxemasi
Kо‘p qatlamli neft konlarini ishlashda asosiy masalalardan biri qatlamga suv haydab qatlamning differensial bosimi saqlab turiladi. Kuchsiz о‘tkazuvchan qatlamlarni ishlatishga jalb qilish uchun har bir qatlamda bosimlar farqini alohida boshqarish talab qilinadi.
Qatlam bosimini saqlab turish tajribalari shuni kо‘rsatadiki, ixtiyoriy tartibda qatlamlar har xil о‘tkazuvchanlik sharoitiga ega bо‘lganda, har xil bosimda suv haydalganda jihozlarning talab qilingan rejimni ta’minlashi kerak; unga haydaladigan suyuqlikning bosimi bir necha marta farq qiladi, quduqni ta’mirlash NKQni kо‘tarib olmasdan amalga oshiriladi, jihozlarning metall sarfi kichik bо‘lishi kerak; quduq ichidagi jihozlarni katta bosimda siqishni amalga oshirish hamda har bir qatlamda alohida tadqiqot olib borish ta’minlanadi.
Bir quduq orqali ikki qatlamga alohida suv haydash jihozlarida ikki mustaqil kanal yordamida har xil bosimda haydash imkoniyatlari kо‘rib chiqiladi. Bosimni differensatsiyalash ikkita suv yetkazgichlarni tarmoqli nasos stansiyasiga yaqin joylashtirib har xil bosimda (har xil nasoslar) yoki umumiy suv uzatma orqali bosimni drossellab quduqning usti qismidan shtuser orqali tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri haydaladi.
Ko’p holatda umumiy suv uzatmadagi bosim yomon о‘tkazuvchan qatlamnikiga teng yoki undan katta bо‘ladi. Bosimni drossellash energiyani yо‘qotish bilan bog‘liq va energetik tomondan foydasiz. Ikki qatlamga 146 mm.li (ORZ-2P-5) (8.8-rasm) va kolonna 168 mm.li (ORZ-2P-6) alohida haydaydigan yer osti jihozlarini konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Nasos quvurlari (1) birikmasiga quduqqa maxsus konstruksiyali shlips paker (3) tushiriladi. Oddiy tugunlarga qо‘shish uchun pakerda (3) chorbarmoq oqimli mufta (4) mavjud, prujinali yuvuvchi klapan (9) va markaziy quvurcha (6) va eng pastki uchi salnik orqali (8) о‘tkazilgan. Suvni alohida haydash jihozlarda suv yutuvchi qatlamlarning filtrlarini tiklanishi yoki qabul qiluvchanligi kuchaytirish uchun davriy ravishda yuviladi. Sxema bо‘yicha yuqorida joylashgan suv yutuvchi qatlamga quvurlar oralig‘idagi fazo orqali suv haydaladi, markaziy quvur orqali pastki suv yutuvchi qatlamga haydaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |