14.11-rasm. Hajmi 100 000 m3 bo’lgan suyuqlikli zatvоrli quruq gazgоlder: 1-yopilmasi; 2-shaybaning yuqоri hоlati (pоrshen); 3-chiqish narvоri; 4-ko’taruvchi panjara; 5-gazgоlder devоri; 6-shayba; 7-tashqi ko’targich; 8-gaz uzatma.
Ishlatishdan оldin, ya’ni teleskоp va qo’ng’irоq pastki hоlatida rezervuar suvli hammоm rоlini bajaradi va suv bilan to’ldiriladi, bir vaqtda qo’ng’irоq va teleskоp zatvоri ham suv bilan to’ldiriladi. Teleskоp va qo’ng’irоq pastga tushganda rezervuarning tagligida o’rnatilgan maxsus tayanchga o’tiradi. Gazgоlderda gaz berilganda birinchi navbatda teleskоp ko’tariladi. Teleskоpning yuqоrigi zatvоriga yetganda, qo’ng’irоq ko’tariladi. Teleskоp chegara tayanchigacha ko’tariladi. Gazgоlderdan me’yoriy fоydalanish uchun va yuqоri bоsimda kоrpusning pоrtlashini оldini оlish uchun avtоmatik sistema, ya’ni gaz kiruvchi liniyani o’chirish qo’llanadi. Rezervuar tagligidagi va halqasimоn zatvоrlardagi suvlarning muzlashi o’ta xavfli hisоblanadi. Buning uchun, mahalliy sharоitlardan kelib chiqqan hоlda mоs uslublar bilan оldini оlish lоzim.
Nazorat savollari
Gаzdаn suyuqliklаrni аjrаtish jihоzlаrini sanab o’ting
Quduqning mаhsulоtlаrini o’lchаsh uchun jihоzlаrdan foydalaniladi?
Neft, gaz va neft mahsulotlarini saqlash inshootlariga nimalar kiradi?
Sharsimоn rezervuarlar va ular qanday maqsadlarda ishlatiladi?
15-BOB. NEFT VA GAZ KONLARI MASHINA VA JIHOZLARINI ISHLATISHDA XAVFSIZLIK HAMDA TEXNIKA QOIDALARI 15.1. Neft va gaz quduqlarini ishlatishda texnika xavfsizligi. Favvora qudug’ini ishlatishda xavfsizlik texnikasi
Favvora armaturasini ishlatishning birdan bir asosiy sharti, uning barcha qismlarining zichligi va maksimal mustahkamligidir. Armatura birikmalaridagi mustahkamligiga flanesning qalinligi oshirilish va yuqori sifatli boltlar va kam uglerodli po’latdan tayorlangan prokladkadan foydlanish orqali erishiladi. Armatura brikmalarida qo’rg’oshinli yoki yengil eriydigan metallardan tayyorlash tavsiya qilinmaydi, bunday prokladkalarni qizdirilsa tezda eriydi va gazning chiqishi kuzatiladi. Quduq armaturasi bosim ostida kelayotgan gaz va qum yemirishiga bardoshli bo’lishi shart. Favvora armaturasini ajratgich bilan imkon qadar to’g’ri quvur bilan bog’lash talab qilinadi. Quvuruzatgichlar bir yarim baravar ortiq bosim bilan sinash tavsiyia qilinadi. Barcha armatura yig’ilib bo’lgandan keyin mustahkamlik va zichlikka sinab ko’riladi. Berilgan armaturaga mo’ljallangan sinash bosimiga tekshirish buferdagi teshik orqali suv bilan amalga oshiriladi. Bu bilan deyarli to’liq ochiq favvoralanish xavfidan holi bo’linadi. Favvora qudug’iga xizmat qilishda xavsizlik choralari quduq ishi va jixozlarini doimiy kuzatishga asoslanadi. Barcha manomertlarni rejalashtirilgan vaqt oralig’ida tekshirib borishni taqozo etadi. Xizmat qilish vaqtida barcha brikmalarni mustahkamlikka tekshirish kerak bo’ladi. Birikmalarda kichik gaz qo’yilishi kuzatilsa ham nosoz qismini zudlik bilan almashtirish tavsiya qilinadi. Asosiy kuzatuv shututserga qaratilishi lozim. Uning konstruksiyasi almashtirish uchun yengil va oson bo’lishi kerak. Agar favvora armaturasining balandligi 2 m dan baland bo’lsa, unga xizmat qilish oson bo’lishi uchun maxsus maydon va zina bilan jixozlangan bo’lishi kerak. Favvora quvurini ishga tushirishda ochiq favvoralanishni oldini olish uchun bajariladigan tadbirlar: 1) quduqni ustigacha suyuqlik bilan to’ldirish; 2) oqimga qarshi burg’ilash eritmasi bo’lishi shart; 3) quyida ko’rsatilgan texnik kuzatuvni amalga oshirish. Gaz muhiti sharoyitida quvurni tushirish vaqtida bajariladigan ishlar: a) quvur muftasi flanesga urilib uchqin chiqishini oldini olish uchun quduq ustiga mis voronka o’rnatish; b) uchqun bermaydigan mis asboblar bilan ishlash; v) elektr toklarni o’chirib, 30 m dan uzoqqa joylashtirilgan projektor bilan ishlash. Agar ochiq favvorani o’chirish imkoni bo’lmasa, unda: barcha ishchilarni ho’llanmaydigan kiyim bilan ta’minlash; ishchilarni gazli muhitda 15 minutdan uzoq qolmasligini ta’minlash; ishlovchilarni uchqun bermaydigan soz asbob bilan ta’minlash; protivagaz va dori–darmonli aptechka bilan ta’minlash, faqat projektor bilan ishlash. Ochiq favvora vaqtida quduq atrofiga qo’riqchilar qo’yish va quduq atrofidan 200 m radiusda ochiq alangaga yo’l qo’ymaslik va ishlayotgan va burg’ilanayotgan quduqlarni to’xtatish kerak bo’ladi. Gazlift qudug‘ini ishlatishda xavfsizlik texnikasi
Kompressor usulida ishlatishda armaturaning sozligi va zichligini doimiy ravishda tekshirish, o’z vaqtida joriy ta’mir ishlarini olib borish va shtutser va flanes prokladkasini almashtirish kerak bo’ladi. Mahsuloti tarkibida ahamiyatsiz miqdorda qum bo’lgan kompressor qudug’ida cho’yan armatura o’rnatsa ham bo’ladi. Yuqori bosimli qazib olinayotgan mahsulotida mexanik qo’shimchalari mavjud yarim favvorali kompressor qudug’i po’lat armaturalar bilan jixozlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan quduqlarda uchlik tagida kerak bo’lganda quduqni to’xtatishga mo’ljallangan zadvijkalar o’rnatiladi. Armaturaning yuqori qismini sozligini tekshirish uchun havoza billan jixozlangan bo’lishi kerak. Kompressor armaturalari mustahkamlik va zichlikka ishchi bosimdan 1,5 baravar katta bosim bilan tekshirilgan bo’lishi kerak. Gaz va havo o’tkazgichlar ta’miri bosim atmosfera bosimigacha tushirilgandan keyin o’tkazilishi kerak bo’ladi. Quduqdan chiqish va boshqa joylarda muzlagan qismlarni issiq suv va bug’ bilan eritish talab qilinadi. Kon maydonida yon’g’inga xavfli joy bu taqsimlovchi butka sanaladi. Butkani ishlatish vaqtida flanes va salniklardan sizib chiqishi gazning yig’ilib qolishiga olib keladi. Butkada portlovchi aralashma hosil bo’lishini oldini olish uchun shamollatib turilish talab qilinadi. Yonuvchi aralashmaning yonib ketish sabablari: ochiq olov, temir buyumlarning bir-biriga urilishdan chiqadigan uchqun, elektr asboblardan (rubilnik pechlarda) chiqqan uchqun va boshqalar. Shuning uchun, butkada chekish va payvandlash ishlarini o’tkazish qat’iyan man qilinadi. Faqat uchqun chiqarmaydigan asboblardan foydalanishga ruxsat beriladi (misli). Ishlov beriladigan material yaxshilab moylangandan keyin temir keskichdan foydalanishga ruxsat beriladi. Butkaning yoritish tizimini jixozlashda gaz yig’ilib qolishi mumkinligini e’tiborga olib amalga oshirish kerak bo’ladi. Taqsimlovchi butkaning konstruksiyasi yengil va yong’inga bardaoshli materiallardan tayyorlanishi kerak; gaz yig’ilib qolish mumkin joyi bo’lmasligi kerak; poli uchqun chiqarmaydigan materialdan tayyorlangan bo’lishi kerak; eshik va derazasi tashqariga ochiladigan bo’lishi kerak.