Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li Abu Nasr Forobiyning ilmiy me`rosi Farobiy Fozil davlat haqida


Falsafaning umumiy masalalariga, ya'ni bilimning umumiy xususiyatlari, qonuniyatlari va turli katеgoriyalariga bag’ishlangan asarlar



Download 96 Kb.
bet4/5
Sana11.03.2022
Hajmi96 Kb.
#489325
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li

Falsafaning umumiy masalalariga, ya'ni bilimning umumiy xususiyatlari, qonuniyatlari va turli katеgoriyalariga bag’ishlangan asarlar: «Substantsiya haqida so’z», («Kalom fi-l javhar»), «Masalalar manbai» («Uyunul masoil»), «Qonunlar haqida kitob» (Kitob fi-l navomis ) «Falak harakatining doimiyligi haqida» («Kitob fi-l harakat al–falaka doimatun») va boshqalarga,
FAROBIY FOZIL DAVLAT HAQIDA
Farobiy “Fozil shahar aholisning maslagi” risolasida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi:
Har bir inson tabiatan shunday tuzulganki, u yashar va oily darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko`p narsalarga muhtoj bo`ladi, u bir o`zi bunday narsalarni qo`lga kirita olmaydi, ularga ega bo`lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug`uladi…Bunday jamoa a’zolrining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo`lgan narsaloarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko`paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o`rnashdilar, natijada, inson jamoasi vujudga keldi”.
Farobiy talqinicha, insoniyat jamiati turli xalqlardan tashkil topgan bo`lib, ular bir-birlaridan tillari, urf-odatlari, mamlakatlari, xususiyatlari bilan farq qiladilar. Farobiy davlatning vazifasi baxt saodatga olib borishdir. Bu esa ilim va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritiladi deb yozadi. Farobiy davlatlarni:

  1. O`z aholisini baxt-saodatga yetkazuvchi fozil davlat (Al-Madina al-fazila)larga.

  2. boshqa xalqlarni bosib olib, ualrni qul sifatida foydalanadigan, o`z boyligini, farovonligi shu tarzda ta’minlaydiga adolatsiz, johil davlatlar (Al-Madina al-johiliya)larga bo`ladi.

Farobiy davlatni:



  • Yetuk shaxslar (monarxiya).

  • Yetuk hislatlarga ega bo`lgan bir necha shaxslar (aristokratiya).

  • Saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi.

Farobiy “Fozil jamiyat va fozil shaxarlar (davlat) shunday bo`ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo`lgan har biro dam kasb-hunar bilan shug`ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo`ladilar… Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo`ladi”, deydi. Farobiy bunday fozil jamoani boshqaruvchi podsho, rahbarlarga ham ma’lum talablar qo`yadi. U xal haqida doim g`amxo`rlik qilishi, boshqalar manfaatini o`z manfaatidan qo`ya bilishi zarur. Bunday jamoani idora etuvchi yoki idora etuvchilar guruhi o`zlarida muhim oltin xislatni ifodalashi kerak, ya’ni:



    • Adolatli bo`lish.

    • Dono bo`lish – bilimli bo`lish.

    • Qonunlarga rioya etishi.

    • Qonunlar yarat olishi.

    • Kelgusini oldindan ko`ra bilish.

    • Boshqalarga jamxo`r bo`lishi kerak.

Forobiy tahminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar chekkasidagi bog`da qorovul bo`lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug`ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda ham bo`lgan. So`ng yana Damashqga qaytib, shu yerda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as – sag`ir» qabristoniga dafn qilingan. Rivoyatlarga ko`ra Abu Nasrning hikmat falsafani o`qishiga bir kishi sabab bo`lgan ekan. O`sha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu yerda tura tursin, keyin olib ketaman deb qo`yib ketgani sabab bo`lgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga ko`zi tushib, ularning Abu Nasrning ko`ngliga ma`qul bo`lib qoladi va o`qishga kirishadi natijada yetuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan ham Abu Nasr Forobiy o`rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o`zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo`lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 – sog` – salomat bo`lib, o`z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam, 4 – zehni o`tkir, 5 – o`z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 – bilim-ma`rifatga havasli, 7 – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o`zini tiya oladiga bo`lishi (qimor yoki boshqa o`yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo`lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo`y odamlarni sevadigan, yolg`onni va yelg`onchilarni yomon ko`radigan, 9 – o`z qadrini biluvchi va oriyatli bo`lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – qatiyatli, sabotli, jur`atli, jasur bo`lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko`rishni istaydi5.
Forobiy o`zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo`ladi. Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy hususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim ko`nikmalariga e`tibor berishlik zarur deydi. U o`zning «Baxt saodatga erishuv yo`llar haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritadi». Forobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim daydi; ya`ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo`lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko`ra bilishi, boshqalarga g`amxo`r bo`lishi lozim deydi.6
Forobiy ta`lim tarbiyaga bag`ishlangan asarlarida ta`lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e`tibor berish zarurligi, ta`lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to`g`risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma`nolari to`g`risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o`z ifodasini topgan.
Forobiy o`z ishlarida ta`lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta`lim bergan bo`lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o`z o`rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta`kidlaydi.


XULOSA

Butun Sharqu-G`arb olamiga "Al-muallim-as-soniy", "Sharq Arastusi" degan nomlar bilan mashhur alloma Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug ibn Tarxon al-Farobiy yoshligidan juda iste' dodli, zehni o`tkir, xotirasi kuchli bo'lgan. Farobiy Eron va O`rta Osiyolik mutafakkirlar Nazzam, Ravandiy, ar- Poziy, arab olimlari Jahid, al-Kindiy, qadimgi yunon faylasuflari: Aristotel, Platon, Suqrot, Galiley, Ginokrat ta"limotlarini chuqur o'rgandi. Farobiy Ibn Sino, Beruniy Firdavsiy kabi mutafakkirlar singari oila ,farzand, uy-joy orzusini ilmyo'lida qurbon qilib, butun umrini fanga bag'ishladi. Alllomaning "Fozil odamlar shahri"deb nomlangan asari sharq ilmida, ma naviyatida yangi sahifa ochdi, Farobiyni CTrta asrning buyuk mutafakkiri nomiga sazovvor qildi.Farobiy "Fozil odamlar shahri", "Baxt saodatga erishuv haqida","Baxt saodatga erishish yo'llari haqida ko"rsatmalar","Shahar siyosati to`g`risida” Buyuk kishilarning naqllaridan","Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida"kabi asarlarida insonlarni eng oily kamolot va baxt-saodatga erishishlarining asosiy vositalari va yo'llarini ilmiy asosda bay on etib bergan.


Farobiy yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan jamiyatdagi muhit, hayotiy tajriba, talim-tarbiyaning ta'sirivabu ta'sir natijasidaular o'zlaridagi ijobiyyoki salbiy xislat-fazilatlarni namoyon qilishlarini aytadi. "Insonlar tug"Uganda kamolotli bo"lib tug'imaydi, ularni orasida aslida farq ham bo'lmaydi, ularning xulqi, faoliyati, hayoti o'xshash bo'ladi, keyinchalik esa o'zgaradi, ya ni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda odamlar ming yillardan beri amal qilib kelayotgan qadiriyatlarni va me'yorlarni qabul qiladilar. Ularga moslashadilar voqealar va muhit ta'sirida yaxshi yoki yomon odatlarni o'rganadilar, shu bois odamlardagi xato va kamchilik, yutuq va muvaffaqiyatlar ularda jamiyatda keyinchalik shakllanadi. Inson jamiyatdagi qarama -qarshiliklarni o'ziga singdira boshlaydi, har xil mushkulotlarga duch keladi.
.



Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish