Abu nasr farobiy



Download 3,87 Mb.
Sana20.05.2023
Hajmi3,87 Mb.
#941823
Bog'liq
Abu Nasr Farobiy....

ABU NASR FAROBIY

Reja:

  • Abu Nasr Farobiy hayoti
  • Abu Nasr Farobiyning ijodi
  • Abu Nasr Farobiyning asarlari
  • Farobiy ilmlarni tavsiflashi
  • Farobiyning e’tiborga sazavor fikrlari
  • Abu Nasr Farobiyning musiqaga qo’shgan hissasi

Abu Nasr Farobiy hayoti

  • Forobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Forob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning ulug Turkiy mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor boʻldi. F. Sirdaryo sohilidagi Forob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi

Abu Nasr FarobiyNING IJODI

  • Farobiy yashagan davrda O’rta Osiyoda feodal urushlar avjga chiqqan, ilm va ma’rifat e’tiborsiz qolgan edi. Shu sababli ko’p olimlar Arab halifaligining markaziy shaharlariga masalan Bog’dod shahriga borib o’z bilimlarini oshirishga harakat qilgan edilar. Farobiy shu maqsad bilan Bog’dodga jo”naydi. Bog’dod yirik markaziy shahar bo’lib, unda turli xalq vakillari uchratish, ilmning juda ko’p sohalariga doir kitoblarini topish mumkin bo”lgan. Farobiy Bog’dodda tashkil etilgan “Baytul_Hikmat”da halifalikni turli o’lkalaridan jumladan O’rta Osiyodan kelgan yirik olimlar bilan birga hamkorlik qildi, ulardan ko’p ilmlarni o’rgandi.

Farobiy ilmlarni o’rganishda diniy e’tiqodlarga rioya qilmaydi, u tip va mantiq ilmini Harron shahriga borib nasroniy tabib Yuxanna ibn Qunnoyidan hikmat va yunon tilini nasroniy Abu Bashar Mattodan o’rganadi. Farobiy matematika va mantiq ilmiga juda ko’p qiziqdi. U turli tillarni o’rganish bilan shug’allanib arab tilini ham Bog’dodda o’rgandi. Farobiy dariy(fors-tojik), yunon, suryoniy kabi ko’p tillarni bilgan.

  • Farobiy ilmlarni o’rganishda diniy e’tiqodlarga rioya qilmaydi, u tip va mantiq ilmini Harron shahriga borib nasroniy tabib Yuxanna ibn Qunnoyidan hikmat va yunon tilini nasroniy Abu Bashar Mattodan o’rganadi. Farobiy matematika va mantiq ilmiga juda ko’p qiziqdi. U turli tillarni o’rganish bilan shug’allanib arab tilini ham Bog’dodda o’rgandi. Farobiy dariy(fors-tojik), yunon, suryoniy kabi ko’p tillarni bilgan.
  • Farobiy o’sha davrlarda matematika fanining bir tarmog’I hisoblangan muzika bilan ko’p shug’ullanadi. Meditsina sohasida ish olib borib, uni yaxshi egallaydi. Farobiy ayniqsa falsafa bilan ko’p shug’ullanadi, bu fanni chuqur o’rganish uchun boshqa fanlardan foydalanadi.

ABU NASR FAROBIYNING ASARLARI

  • Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, Farobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning bugok olim ekanligidan dalolat beradi.

FAROBIY ILMLARNI TAVSIFLASHI

Farobiy ilmlarni quyidagicha tasniflaydi:

  • 1) til haqidagi ilm (grammatika, sheʼriyat, toʻgʻri yozuv va boshqalarni oʻz ichiga oladi);
  • 2) mantiq (8 boʻlimdan iborat boʻlib, tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika, sofistika va boshqalarni oʻz ichiga oladi);
  • 3) matematika (arifmetika, geometriya, astronomiya, mexanika, optika, sayyoralar, musiqa va ogʻirlik haqidagi ilmdan iborat);
  • 4) tabiiy ilmlar, ilohiy ilmlar yoki metafizika;
  • 5) shahar haqidagi ilm (siyosiy ilm, fiqh, pedagodika, axloqshunoslik va kalom kiradi).

FAROBIYNING e’tiborga sazavor fikrlari

  • Farobiyning eʼtiborga sazovor fikrlaridan biri jamiyat taraqqiyotida geografik muhitning oʻrni masalasidir. Uning oʻylashicha, kishilarning muayyan qududda yashashi ularning turmush tarzi, urfodatlari, axloqi, xulq-odobiga taʼsir koʻrsatadi, jamoaga birlashuviga yordam beradi. U mukammal jamiyat toʻgʻrisidagi taʼlimotida odamlarni turli guruhlarga ajratadi. Bunda u insonlarni qaysi dinga eʼtiqod qilishiga, irqiga qarab emas, balki aqliy qobiliyati, bilimi, ilm-fanga qiziqishini inobatga oladi. Farobiy din inson kamolotiga, maʼrifatga xizmat qilishi lozim, degan fikr tarafdori edi. Olimning dunyoqarashi diniy xurofotdan xoli boʻlib, din erkinligiga asoslangan. U islom diniga, Qurʼonga katta hurmat bilan qaradi. Uni kishilarni xulq-odobga oʻrgatuvchi manba deb bildi. Ayni vaqtda undan oʻz garazli va shaxsiy manfaatlari yoʻlida foydalanuvchi, jaholatga undovchilarning fikriga qoʻshilmadi.

ABU NASR FAROBIYNING MUSIQAGA QO’SHGAN HISSASI

  • Farobiy musiqani inson tarbiyasiga taʼsir qiluvchi omillardan biri deb billi. U musiqani insonga nafosat, estetik zavq bagʻishlovchi, histuygʻulari va axloqini tarbiyalovchi muhim vosita, deb hisoblaydi. Mutafakkir "Musiqa haqida katta kitob" nomli koʻp jildli asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida maʼlumot berdi; ilmi iyqo, ilmi taʼlif fanlariga asos soldi.

ABU NASR FAROBIY AYTGAN:

  • Kikmki hikmat ilmiga kirishmoqchi bo’lsa, u, avvalo… har tomnlama odob ilmini o”rgangan odan bo”lishi kerak. Avvalo unday kishi Qur’on, til va qonunshunoslik ilmini egallashi kerak. Unday kishi odamlarga mehribon, pokiza, to’g’ri so’z bo’lishi kerak.
  • Kishi ilmini kasb, hunar qilib olmasligi va inu mol-dunyo topish vositasiga aylantirmasligi kerak.
  • Bordi-yu, axloqi hozir biz aytgan gaplarga teskari bo’lgan kishilar topilguy bo’lsa, undaylar hech qachon hakimlar jumlasiga kirmaydilar…
  • Darxtning kamolga yetgani mevasidan bilingaidek, baxt-saodat yaxshi xulqlar bilan mukammal bo’ladi.
  • Kimki o’zini o’z darajasidan yuqori qo”ysa, unday kishi uchun kamolat yo’li to’siladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !


Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish