فَلَمَّا رَأَى الْقَمَرَ بَازِغًا قَالَ هَذَا رَبِّي
“Chiqayotgan Oyni ko’rib: «Mana shu – rabbim», – dеdi”.
Ibrohim alayhissalom quyosh va yulduzlar haqida shu kabi so’zlarni aytgan. Yusuf alayhissalom Rabbisiga quyidagicha duo qildi: تَوَفَّنِي مُسْلِمًا وَأَلْحِقْنِي بِالصَّالِحِينَ
“(Ajalim yеtganida) musulmon holimda vafot ettir va mеni solihlar (qatori)ga qo’shgin!”
Og’a-inilari Yusuf alayhissalomni arzimagan pulga sotib yubordilar. Aslida, hur kishini sotish harom. Agar payg’ambarlar haqida vahiydan oldin gunohdan ma’sum bo’lishi vojib bo’lganida va ular vahiydan oldin payg’ambar bo’lganida, ular tomonidan bunga o’xshash ishlar joiz bo’lmas edi”.
Bu e’tirozlarga javob berib aytish mumkinki: هَذا رَبِى oyati “Bu Rabbimmi?” ma’nosidadir. Ba’zi ulamolar aytadi: Ibrohim alayhissalom kofirlar ustidan istehzo qilish uchun shunday dedi. Boshqa ulamolarning so’zlariga ko’ra, Ibrohim alayhissalom oyning chiqayotganini ko’rganida uning bir yaratuvchisi borligini bildi, so’ng “mana (shu oyning yaratuvchisi) – Rabbim dedi. Ali ibn Abu Tolibdan (karramallohu vajhahu) rivoyat qilinadi: “Men biror narsaga nazar qilsam, albatta unda Allohni ko’raman”, ya’ni uning yaratilishida Allohni taniyman. Shu ma’noga ko’ra Ibrohim alayhissalom oyning yaratuvchisini iroda qilib shunday degan.
وَاجْنُبْنِي وَبَنِيَّ أَنْ نَعْبُدَ الْأَصْنَامَ oyatiga kelsak, bu duodir. Payg’ambarlarning bunday duo qilishi joiz. Chunki pay’ambarlarning Allohni tanishi boshqalarga qaraganda kuchliroq bo’ladi. Chunki ular boshqalar ko’rmaydigan narsalarni ko’radi. Ular Allohning ulug’ligi, sultoni, haybati va jalolini yaxshiroq bilishgan. Holbuki, payg’ambar alayhimussalomlar yomon xotima xavfidan omonda bo’lishgan. Ammo bandalik qo’rqinchi ularni tark etmaydi. Alloh taoloning haybati va jalolidan qo’rqqanlari uchun shunga o’xshash duo qilganlar. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga qabr azobi bo’lmasa ham, ular bu azoblardan panoh tilaganlar. Bu o’rinda ham shunga o’xshash bo’lgan.
Taklif va toqat haqida
Alloh taolo insolarni toqatlari yetmaydigan narsalarga taklif qilishi imom Moturidiy nazdida joiz emas, imom Ash’ariy nazdida esa joiz.
Imom Ash’ariy bunga dalil qilib quyidagi oyatni hujjat qilib keltiradi.
وَلَنْ تَسْتَطِيعُوا أَنْ تَعْدِلُوا بَيْنَ النِّسَاءِ وَلَوْ حَرَصْتُمْ
“Har qancha istasangiz ham xotinlaringiz o’rtasida adolatli (hammasiga bir xil munosabatda) bo’la olmaysiz.
Ularning mazkur dalillariga quyidagicha javob beriladi:
وَلَنْ تَسْتَطِيعُوا أَنْ تَعْدِلُوا بَيْنَ النِّسَاء
“Har qancha istasangiz ham xotinlaringiz o’rtasida adolatli (hammasiga bir xil munosabatda) bo’la olmaysiz…” oyatida quvvat jihatidan yuzaga keladigan qudrat iroda qilinmagan, balki nafaqa manfaat yetkazishdagi qudrat iroda qilingan. Biz: “Odatda er kishida ayollarini rozi qilish va manfaat yetkazishda adolat qilish qudratining imkoni yo’q, ammo quvvat jihatidan adolat qilish qudrati yetishi mumkin”.
Alloh taolo payg’ambar alayhissalomdan xabar berib: رَبَّنَا وَلَا تُحَمِّلْنَا مَا لَا طَاقَةَ لَنَا بِه
…“Ey, Rabbimiz, toqatimiz yetmaydigan narsani bizga yuklab tashlama!”, dedi. Agar toqatdan tashqari ishga taklif qilish joiz bo’lmaganida Payg’ambar alayhissalom tomonidan bunday duo qilish joiz bo’lmas edi. U zot alayhissalom shunday duo qilganlar va bu joizdir.
Imom Moturidiy nazdida: “Ey, Rabbimiz, toqatimiz yetmaydigan narsani bizga yuklab tashlama!” oyatidan “bizga doimiy mashaqqat bo’ladigan ishlar” ma’nosi iroda qilingan, xuddi oldingi ummatlarga bo’lgani kabi, deyilgan. Chunki Alloh taolo oldingi ummatlarning zimmalariga toqati yetmaydigan ishlarni yuklamagan, balki bajarishi qiyin bo’lgan ishlarni yuklagan. Shuning uchun Payg’ambar alayhissalom Alloh taolodan bajarish qiyin bo’lgan ishlarni yengillatishini so’radilar. Bu bilan toqati yetmaydigan ishga taklif qilish lozim bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |