Abu Bakr Narshaxiyning,,buxoro tarixi’’ asari asosida ishlangan mustaqil ish varianti



Download 14,99 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi14,99 Kb.
#360822
Bog'liq
Abu Bakr Narshaxiyning

Abu Bakr Narshaxiyning ,,BUXORO TARIXI’’ asari asosida ishlangan mustaqil ish varianti

Ubaydulloh Ibn Ziyodning farmoni bilan daraxtlarni kesdilar qishloqlarni vayron qildilar;shahar ham xatarda edi;xotin odam yuborib omon tiladi,bir million dirham barobariga sulh tuzildi.

[Xotin] mol yubordi ma’nosida. Ubaydulloh ibn Ziyod molni olib qaytdi va mazkur to’rt ming buxorolik asirlarni ham o’zi bilan olib ketdi. U ellik oltinchi yili [25 noyabr 675 --- 13 noyabr 676] Xuroson amirligidan tushirilgandan keyin Said ibn Usmon Xuroson amiri bo’ldi va Jayxun daryosidan o’tib Buxoroga keldi.

Xotin unga odam yuborib ,, Ubaydulloh ibn Ziyod bilan tuzgan sulhimdan barqarorman’’ dedi va moldan bir ozini yubordi. Nogoh shu asnoda Sug’d,Kesh[SHaxrisabz] va Naxshab [Qarshi]

lashkarlari yetib keldilar. Ularning soni 120 ming edi.Xotin sulh tuzganligi va mol yuborganligiga pushaymonlik bildirdi. Said ,,Men ham shunday fikrdman’’ dedi-da, molni qaytarib yuborib ,, Bizning oramizda sulh yo’q’’ dedi . SHundan keyin lashkarlar yig’ilishib bir-birlariga qarama-qarshi turib saf tortdilar. Xudoyi taolo kofirlar diliga vaxima solib , ularning lashkarlari urushsiz orqaga qaytdilar. Xotin yolg’iz qolib yana odam yubordi va [Saiddan] sulh so’radi, mol[miqdorini] qaytarib hammasini yubordi.Said ,,Men endi Sug’d va Samarqandga boraman , sen mening yo’limdasan , qaytishimda mening to’smasliging va meni ranjitmasliging uchun sen tomondan biror garov bo’lishi lozim’’ dedi. Xotin malikzodalar va Buxoro dehqonlaridan 80 kishini garov qilib Saidga berdi. Said Buxoro darvozasidan qaytib ketdi va shu ketganicha ketmoqda. Hikoyatda keltirishlaricha o’z reining xizmatkorlaridan biriga oshiq edi ; odamlar uning o’g’li Tag’shoda o’sha kishidan bo’lgan va xotin bu bolani o’z eridan bo’lgan deb ko’rsatadi, ammo bu bola Buxorxudotdan emas deb gapirar edilar . Uning lashkarlaridan bir guruhi esa ,,Biz uning mamlakatini beshak podshoxzoda bo’lgan boshqa xudotzotga beramiz’’ der edilar; xotin ularning qasdlaridan ogoh bo’lib , ularni o’zidan daf qilish uchun tadbir qidirar edi. Said bilan sulh tuzilib , Said undan garov talab qilgach , xotin xiyla qildi va haligi maqsadni mo’ljallagan o’sha guruhni garovga berib , ulardan xalos bo’ldi va Saiddan ham qutuldi.



Yana Said haqida hikoyat qiladilarki , u xotin bilan sulh tuzganida ,,Menga salom berish uchun xuzurimga chiqishing kerak ‘’, degan; xotin uning aytganidek salomga chiqqan , u yana ,,Mening sarkardalarim oldiga ham salomga chiqishing kerak’’ degan . Xotin uning sarkardalaridan har biri uchun ham salomga chiqqan. Saidning lashkarboshilaridan bir Abdulloh Hozim edi , u o’zining chodiri ichida kata gulxan yoqishga buyurdi va o’zi olov yonida o’tirdi. CHodir ichi juda issiq edi , Abdulloh rangi qizil kishi bo’lib , olovning issig’idan uning ko’zlari ham qizarib ketgan edi va kallasi kattaligidan uni Bayg’oriya deb masalda keltirar edilar; vaxshatli bir kishi edi .
Download 14,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish